Shimoliy Parfiya. Bu hudud O'rta Osiyoning boshqa hududlari kabi Aleksandr Makedonskiy vafotidan bir necha yillar o'tib, vujudga kelgan selevkiylar davlati tarkibida bo'lgan. Mil.avv. 250 yil mahalliy yunon zodogoni Androgor selevkiylar davlatidan mustaqil bo'lib olgandan so'ng mamlakat mil.avv. 247 yili shimoldan kelgan ko'chmanchi dah (dai) yoki dai tomonidan bosib olinib, arshakiylar sulolasi tarkib topadi. Arxeolog olima L.M.Levina Arshak boshchiligidagi dah (dai) qabilalari migraciyasini Sirdaryo deltalaridan birida rivojlangan Chirikrabod madaniyat qurgoqchilik tufayli inqirozi uchrashi natijasi bilan boglaydi. Mil.avv. II asrlarda Parfiya davlatining qudrati yanada kuchayib, mamlakat chegaralari Suriyaga qadar erlarga kengayib yirik imperiyalardan biriga aylanadi. Bu davrda Margiyona ham bosib olinib, Parfiya tarkibiga kiritiladi. III asrning birinchi choragida Eronda tobora kuchayib borayotgan sosoniylar Parfiya davlatiga barham berib, Shimoliy Parfiya va Murgob vohalari bosib olinadi.
Shimoliy Parfiya hududining antik davri yodgorliklarini o'rganish 1930 yildan boshlangan. Vohaning antik davri moddiy madaniyat meroslarini o'rganishning yangi bosqichi 1946 yili Janubiy Turkmaniston arxeologik kompleksi tashkil etilgandan so'ng boshlanadi. O'tgan asrning ikkinchi yarmi davomida M.Е.Masson, A.A.Marushenko, G.A.Kosholenko, D.Durdiyev, V.N.Pilipko va boshqa arxeolog olimlar tomonidan amalga oshirilgan turli darajadagi tadqiqotlar davomida barcha turdagi arxeologik yodgorliklar o'rganilgan.
Eng yirik yodgorliklar sirasiga Yangi Niso, Eski Niso, Kohna Qaahka, Yariqdepa, Husravqala kabi qadimgi shahar xarobalari qala-qorgon, dehqonchilik qishloqlari yoki alohida maqsadlar uchun xizmat qilgan manzilgohlar (Eski Niso, Mansurtepa) aniqlanib, ularda turli darajadagi qazishma ishlari amalga oshirilgan.
Hozirgi Ashgabod shahridan 18 km. garbda joylashgan Yangi Niso kohna shahri xarobasi nisbatan yaxshi o'rganilgan bolib, o'z davrida sun'iy do'nglikda joylashgan ark (4 ga. atrofida) va unga tutash shahar (18 ga.) va shahar atrofdan tashkil topgan qadimgi shaharning uchala qismlari alohida mudofaa devorlari bilan muhofaza qilingan.
Muhim maqsadlarda foydalanilgan manzilgohlar sirasiga kiruvchi Eski Niso ehtimol Mitridat I (mil.avv. 171-138 yy.) hukmronligi davrida barpo qilingan Parfiya hukmdorining qo'riqxona qalasi-Mihrdatkirt (Mitridatokert) yodgorligi markazida saroy-ibodatxona majmuasi va ular uchun xizmat qilgan xojalik hamda yashash xonalari joylashgan. “Kvadrat zal”, “Aylana ibodatxona” va “Minorasimon ibodatxona”lar muhim o'rin tutadi.
Ulardan birinchisi tomonlari (20x20 m. ichki tomondan 8-9 m.) ikki yarusli qilib qurilgan. Birinchi yarus xom gishtdan ko'tarilgan, ikkinchisi esa yogoch ustunlarga tayangan. Ular o'rtasidagi maxsus tuynuklarda haykallar joylashgan. Bu zal bir necha asrlik faoliyati davomida ichki tomondan ko'p bor qayta pardozlangan. Birinchi yarus ustunqoshlar, ikkinchi yarus rang-tasvir bezaklari bilan bezatilgan. G.A.Pugachenkovaning taxminlariga ko'ra bu imorat dastlab dunyoviy maqsadlarda foydalangan bo'lsa, o'z faoliyatining ikkinchi bosqichida ajdodlar ruhiga siginuvchi ibodatxona sifatida foydalaniladi. Ikkinchi imorat aylana ibodatxona (diametri-17 m., balandligi-12 m) ham ikki yarusdan iborat. Uning birinchi yarusi devori ganch bilan oq suvoq qilingan bo'lsa, ikkinchi yarusi maxsus tuynuklarda joylashgan haykallar o'rin olgan. Boshqa bir ibodatxona esa Yangi Niso kohna shahri mudofaa devori yonida joylashgan bo'lib, u ham ikki yarusdan iborat bo'lgan. Yogoch ustunlar odatda togri burchakli yoki aylana shakldan iborat marmarsimon toshlardan yasalgan tagliklarga tayangan tepasi akant shakl bezaklar bilan jihozlangan.
Ayrim oldindan rejalashtirish asosida aniq o'lchamda barpo qilingan shahar turidagi manzilgohlar odatda qalin mudofaa devorlari bilan muhofaza qilinib, togri to'rtburchak burjlar bilan ta'minlangan. Shuningdek, aylana yoki kvadrat o'lchamga asoslangan manzilgohlar qala vazifasini bajarib, ularning atrofi odatda zichlangan tuproq devorlar (val) muhofaza qilingan. Bu davrda asosiy qurilish ashyosini tuproq tashkil etib, odatda xom gisht va paxsa sifatida foydalanilgan. Xom gishtlar togri to'rtburchak va kvadrat o'lchamlardan iborat. Ayrim ko'tarma devorlar pishgan gishtdan barpo qilingan. Imorat tomlari asosan yogoch bolar asosida tekis, ayrim hollarda esa gumbaz qilib, aylana moratlar chodirsimon shaklda yopilgan.
Shimoliy Parfiyaning asosiy xojaligi sugorma dehqonchilik, chorvachilik va hunarmandchilik shakllaridan iborat bo'lgan. Hunarmandchlikda birinchi navbatda dehqonchilik ish qurollari yasash asosiy o'rin egallagan. Bu davrdagi harbiy qarama-Qarshilik qurol-yaroglar ishlab chiqarishga bo'lgan talabni kuchaytirishi tabiiy, edi. Qazishmalarda bronza va temirdan ishlangan kamon oqlari so'nggi Parfiya davrlari madaniy qatlamlarida saqlanib qoladi. Ogir qurollangan parfiyalik otliq harbiylar qo'shinlarning asosiy quroli yirik nayza hisoblangan. Ilk Parfiya davrida kalta qilich-aqinakdan foydalanilgan bo'lsa, keyingi bosqichda yirik uzun qilichlar ko'payadi. Eski Nisodan jangavor bolta, yirik sekira, turli shakllardagi sovutlar topilgan.
Shimoliy Parfiyaning nisbatan yaxshi o'rganilgan hunarmandchilik turlaridan biri-kulolchilik sopol parchalari, xumdonlar ko'plab yodgorliklarda o'rganilgan. O'rganilgan xumdonlar aylana shakldagi ikki yarusdan iborat. Angob berish va pardozlash keng qollanilgan antik davri sopollari yuqori sifati bilan ajralib turgan. Bu davrda kosalar, piyolalar, ko'zalar va bokalsimon idishlardan foydalanilgan. Antik davrining oxirlarida angob berish va pardozlash susayadi. Angoblar qizil, qizil-jigar va jigar ranglaridan iborat. Bu davrda ayniqsa, tagli bokalsimon idishlar urf bo'lgan.
Shimoliy Parfiya san'at yodgorligi namunalari nisbatan Eski Niso qazishmalari davomida o'rganilgan moddiy topilmalar orqali yaxshi ma'lum. Ular marmar toshlardan yasalgan ellin haykallari, fil suyagidan yasalgan ritonlar va mo'jaz haykalchalardan “Niso mabudasi”, “Rodoguna”, Afrodita haykali boshi, Artemida-ning marmardan ishlangan haykali oyoq qismi muhim ahamiyat kasb etadi. Niso ma'budasi xiton kiygan. Bu haykal ellin haykaltaroshligining arxaik yo'nalishiga tegishli, ishlanish usuliga ko'ra u so'nggi klassik davri attika san'ati maktabi an'analari bogliq ekanligining guvohi bo'lish mumkin. Rodogunaning tepa qismi oq, pastki qismi qizil marmardan ishlangan. Bu san'at asari ellin davri haykaltaroshlik maktabi mahsuloti sanalib, ishlanish usuliga ko'ra Aleksandriya maktabiga tegishli bo'lib, mil.avv. III-II asrlar bilan sanalgan. Afinaning kumushdan ishlangan kichik haykalchasi Eronning kumushdan yuqori darajada ishlangan erkak bosh qismidan iborat predmet va Yunonistonda ishlanib, import qilingan san'at namunalaridan sanaladi. Mahalliy Parfiya san'atiga taalluqli namunalar Eski Niso saroyi va ibodatxonasidan topilgan erkak va ayol tasviridagi haykallardan iborat bo'lib, ular arshakiylar sulolasi xudolari yoki iloanchashtirilgan sulola vakillarining tasvirlari sifatida taxmin qilinadi. San'atning boshqa bir turi kumushdan turli hayvonlar ayrim afsonaviy hayvonlar tasviri ko'chmanchilar madaniyatidan dalolat beradi. Boshqa bir namunasi fil suyagidan ishlangan ritonlar karnizi 12 olimp xudolari tasviri tushirilgan. Shuningdek, muhrlarda yunon xudolarining tasvirlari berilgan, fil suyagidan mebellar yasashda foydalanilgan.