Ibragimov r. Z. Markaziy osiyo arxeologiyasi



Yüklə 0,59 Mb.
səhifə44/60
tarix06.04.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#94228
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   60
Ibragimov r. Z. Markaziy osiyo arxeologiyasi (4)

Margiyona. Margiyona O'rta Osiyoning antik davri yirik tarixiy madaniy o'lkalaridan biri bo'lib, Margiyona Turkmaniston Respublikasining Murgob vohasi hududida joylashgan.
Ma'lumki, mil.avv. 521 yil Frada boshchiligidagi qo'zgalon Doro I buyrugi bilan Baqtriya podshosi Dadarshish tomonidan bostirilgandan so'ng Margiyona o'lkasi Baqtriya satrapligi tarkibiga kiritilib, mil.avv. II asr o'rtalarida o'lka Parfiya davlati tomonidan bosib olingunga qadar Yunon-Baqtriyasi podsholigi tarkibida bo'lgan. Keyinchalik esa II asrning birinchi choragida Parfiya davlati vorisi sifatida vujudga kelgan sosoniylar davlatining tarkibida rivojlanadi.
O'lkaning Aleksandr Makedonskiy bosqinidan keyingi tarixiga oid qisqacha ma'lumotlar yunon-rum mualliflarinig asarlari va keyichalik xitoy manbalarida uchraydi. Pliney Iskandar Margiyona Aleksandiyasiga asos solganligini va keyinchalik shahar vayron qilinib, selevkiylar hukumdori Antiox qayta tiklab, o'z nomi bilan yuritganligi togrisida ma'lumotlar qoldirgan bo'lsa, boshqa bir yunon muallifi Strobon ma'lumotlarida Antiox shahar barpo etish bilan birgalikda voha atrofini mudofaa devori bilan o'rab olganligigi togrisida xabar beradi.
Kvint Kurciy Rufning yozib qoldirgan ma'lumotlarda “Aleksandr Oh va Oks daryosiga yaqinlashib, Margiyona shahrini zabt etadi va uni o'zining nomi bilan nomlaydi” (Qarshiliksiz olinganligi tufayli bu shahar vayron bo'lmagan). Keyinchilik vayron etilgan bu shahar, salavkiylar hukmdori Antiox tomonidan qayta tiklanganligi togrisida ham ma'lumotlar mavjud. Kvint Kursiy Ruf ma'lumotlarida esa antik davrida oltita muhofazalangan manzilgohlar qurilganligi keltiriladi.
Margiyonaning antik davri moddiy madaniyati XIX asrning oxiri va XX asrning boshlaridagi arxeologiyaga havasmand olimlarning diqqatini o'ziga jalb qilib kelgan. O'lka arxeologiyasini ilmiy jihatdan o'rganish ishlari ikkinchi jahon urushidan keyin Janubiy Turkmaniston arxeologik kompleks ekspeditsiyasi (JTAKE) tashkil etilgandan so'ng boshlanadi. O'rta Osiyo Davlat universiteti (hozirgi O'zMU) “O'rta Osiyo arxeologiya” kafedrasi ilmiy jamoasi 30 yildan ortiq davr mobaynida vohaning antik davri markazi bo'lgan Gaurqala va Erkqala yodgorliklarida keng ko'lamdagi arxeologik qazishmalarni olib boradilar. Mazkur tadqiqot ishlarida kafedra arxeolog olimlaridan M.Е.Masson Z.I.Usmanova, M.I.Filanovich va boshqalarning xizmatlari katta. Mahalliy arxeologlardan D.Durdiyev va antikshunos arxeolog olim G.A.Kosholenkolar ham vohadagi boshqa bir arxeologik yodgorliklarni o'rganishga o'z hissalarini qo'shishgan.
O'lkada saqlanib qolgan antik yodgorliklar arxeologik belgilariga ko'ra qadimgi shaharlar va qadimgi dehqon jamoalarining qishloqlarini tashkil etadi. Vohaning antik dariga oid manzilgohlaridan Gaurqala, Erkqala, Kohna Kishman, Jintepa, Takirjatepa, Durnali va Devqala kabi yodgorliklar arxeologik jihatdan yaxshi o'rganilgan.
Ular orasida hozirgi Bayramali shahrining shimoli qismida joylashgan Erkqala va harbiy qismida unga tutash joylashgan Gaurqala yodgorliklari muhim o'rin egallaydi. Ushbu manzilgohlar o'z davrida bitta shahar majmuasinining tarkibiy qismlarini (birinchisi-ark, ikkinchisi-shahriston) tashkil etib, mil.avv. I ming yillikning o'rtalarida shakllangan. Ularning umumiy maydoni taxminan 90 ga.dan iborat. Arxeologik qazishmalar natijalariga ko'ra antik mualliflari ma'lumotlarida qayd etilgan ikki buyuk sarkardalari tomonidan vayron qilinib, qayta barpo etilgan shahar aynan mana shu yodgorliklar bo'lganligini tasdiqlaydi. Shaharning tashqi muhofaza devori mil.avv. III asrning boshlarida ellin o'lchamidagi gishtlardan qayta qurilish ishlari amalga oshirilganligi arxeologik jihatdan tasdiqlangan.
Togri to'rt burchak shakldan iborat manzilgohni ikkita o'zaro kesishgan markaziy ko'chalar shaharning to'rt tomonidagi darvozalarga tutashgan.
Shaharni o'rab olgan mudofaa devori mil avv. I ming yillikning o'rtalarida paxsadan barpo qilingan. Devorda keyingi bosqichlarda bir necha marotaba (mil.avv. III asrning birinchi yarmi, mil.avv. II-I asrlar, milodiy II va IV asrlarda) qayta qurish va ta'mirlash ishlari bajariladi. Ilk marotaba unda antik davri o'lchamidagi kvadrat (38x38x10, 42x42x12) gishtlardan foydalanilgan. Bu bosqichda togri to'rtburchak burjlar bilan kuchaytirilgan qalin muhofaza devorlari bilan o'rab olingan. Devorlari antik davri standartidagi xom-gishtlardan barpo qilingan. Gaurqalada shaharlikliklar mahallalaridan tashqari, tegirmonchilar mahallasi, kulolchilik xumdoni, temirchilik ustaxonalarining o'rni aniqlangan. Yodgorlikda buddaviylik ibodatxonasining o'rni ochib o'rganilgan. Uning hovlisida stupa joylashgan. Shaharda hayot ilk o'rta asrlar davriga qadar davom etadi.
Boshqa bir yirik shahar markazlaridan Ko'hna Kishmana ham yaxshi o'rganilgan. U ahamiyatiga ko'ra vohada Marvdan keyingi (may.112 ga.) shahar markazi hisoblanadi. Margiyonaning antik davri imoratlari togri to'rtburchak (50x30x10) kvadrat (40x42x10) gishtlar va paxsadan barpo qilingan.
Qadimgi Margiyonaliklarning asosiy mashguloti sugorma dehqonchilik bo'lgan. Qadimgi Xitoy yozma manbalarida bugdoy, guruch, uzum, yunon va sopol buyumlari tez aylantiradigan charxda ishlangan. Yodgorliklardan temirdan ishlangan ro'zgor anjomlari, Mehnat qurollari va qurol yaroglar yasalgan. Shuningdek, zeb-ziynat buyumlari, ayol va ma'buda tasvirlari berilgan terrakotik haykalchalar qadimgi Margiyonaliklarning boy moddiy madaniyatidan dalolat beradi
Baqtriya Aleksandr Makedonskiy (Iskandar Zulqarnayn) yurishiga qadar ahamoniylar imperiyasi tarkibi, mil.avv. 327 yildan Iskandar, keyin selevkiylar tarkibidagi satraplikni tashkil etgan. Mil.avv. III asr o'rtalaridan yunon zodogon-laridan bo'lgan Diodot selevkiylardan mustaqil bo'lgan Yunon-Baqtriyasi davlatiga asos solgan. Bu davrda (Еvtidem, Demetriy, Еvkratid) mamlakat hududi Hindistonning shimoli-garbiga qadar kengayadi. Ayrim ilmiy farazlarga ko'ra Sugd hududlari ham ushbu mamlakat tarkibda bo'lgan. Mamlakat makazlashgan monarxiyaga aylanadi. Mil.avv. II asrning o'rtalarida (Mitridat I davrida) garbda Parfiyaning qudrati kuchayib, Margiyona bosib olinadi. Sugd ham taxminan mana shu davrlarda mustaqil siyosat yurita boshlagan bo'lishi mumkin.
Tinimsiz olib borilgan urushlar mamlakat harbiy qudratining pasayishiga sabab bo'lib, shimoldan kelgan sak-yuechji qabilalarining hujumi uning batamom tanazuliga sabab bo'lgan. Bu voqea taxminan mil.avv. 140/130 asrlarda sodir bo'lgan. Yozma manbalarda keltirilgan ma'lumotlarning guvohlik berishicha I asrga kelib, besh guruhdan iborat da-yueji (da-katta, buyuk) ittifoqidan tashkil topgan davlat o'rnida Kushon podsholigi qaror topadi. Kanishka hukmronligi davridan mamlakat hududi Hindistonning shimoliga qadar kengayib, o'z qudratining yuqori cho'qqisiga chiqadi. Kanishkadan keyin mamlakatning kuchayish jarayoni kuzatilmaydi. Keyingi kushonshohlar davrida mamlakat qudrati susayib, Eronda vujudga kelgan sosoniylar sulolasi tomonidan bosib olinib, III asrning ikkinchi choragidan saltanat boshqaruvi toliq ular hukmronligiga o'tadi.
Baqtriyaning antik davriga oid kohna shaharlarini tadrijiy jihatan bir necha guruhga bo'lish mukin. Birinchi guruh shaharlari mil.avv. I ming yillikning o'rtalarida shakllanib, ellinlar davrida ham faoliyat yuritgan (Talashkontepa II, Jondavlattepa, Hayitabodtepa, Qalai Mir). Ikkinchi guruh shaharlar Yunon-Baqtriya davrida (Eski Termiz, Dalvarzintepa, Kampirtepa-Kofirqal'a, Keykabodshoh, Saksanohur), uchinchi guruh shaharlar esa Kushonlar davrida (Zartepa, Budrach, Gavurqala, Shohtepa va boshqalar) vujudga kelib, faoliyat yuritgan.
Yunon manbalarida Tarmita, xitoy manbalarida Tami nomlari bilan keltirilgan shahar eski Termiz yodgorligi o'rnida faoliyat yuritgan.
Surxondaryo viloyat Sho'rchi tumani hududida joylashgan Dalvarzintepa yodgorligi Shimoliy Baqtriyaning antik davriga oid yirik manzilgoh sanaladi. Manzilgoh mil.avv. III asrda shakllanib, milodiy III ikkinchi yarmiga qadar yirik ma'muriy, iqtisodiy va goyaviy markazlardan biri sifatida faoliyat yuritadi. Dalvarzintepa yodgorligi aylana shaklli ark (3,2 ga.), togri to'rtburchak shahriston (umumiy maydoni 32,5 ga.) va shahar atrofi qismlaridan tashkil topgan. Manzilgohning dastlabki shakllangan qismi Yunon-Baqtriya podsholigi davrida mudofaa devori bilan muhofazalangan ark paydo bo'ladi. Kushonlar (I-III asrlar) shahar arki nihoyatda mustahkamlanib, ikki qator mudofaa devor bilan mustahkamlanadi.
Kushonlar davrida shahriston qismi ham shakllanib, alohida muhofaza devori barpo etiladi. Manzilgohning barcha hududi o'zlashtirilib, shahar atrofi qismi ham paydo bo'ladi. Shaharda turli tabaqa vakillarining uy-joy imoratlari, ishlab chiqarish inshootlari, budda dini ibodatxonalari paydo bo'ladi. Ayrim uy-joylarning ko'lami ancha katta bo'lib, ularni barpo qilishda yogoch ustunlardan foydalanilgan. Saroy imoratlari va hashamdor uylar ichki tomondan boy mazmundagi rang-tasvir bezaklari bilan jihozlangan.
Manzilgoh ichkarisida oldindan rejalashtirish asosida barpo qilingan davlatmand va oddiy shaharliklar uy-joylari hamda hunarmandlar kulollar mahallasi o'rganilgan. Oddiy shaharliklarning sodda uylaridan tortib, uy devorlari ichki tomondan boy mazmundagi rang-tasvirlar va o'yma ganchli naqshli bezaklar berib ishlangan davlatmand va shaharlik zodagonlarning mahobatli, shinam uylari ajralib turadi.
Shahriston ko'chalarining chorrahasida buddaviylik dini ibodatxonasi joylashgan. Ibodatxona ichki devorlarini budda, bodhisatva haykallari va buddaviylik mafkurasi bilan boyitilgan mazmunli rang-tasvirlar bezab turgan. Shaharning boshqa bir tomonida devoriga yaqin joyda mahalliy mabudlarning ibodatxonasi bo'lgan. Yana bir buddaviylik ibodatxonasi manzilgoh tashqarisida joylashgan. Shuningdek, bu erda zardushtiylar jamoasi “nausi” aniqlangan.
Tarixdan ma'lumki, Kushonshoh Kanishka mamlakatda buddaviylik dinini davlat dini sifatida qabul qilishi bilan birgalikda imperiyasi tarkibidagi xalqlarning mahalliy dinlariga cheklov joriy qilmagan. Diniy e'tigod erkinligiga amal qilingan. Shuning uchun Dalvarzintepada yashagan aholining quyi qatlami vakillari o'zlarining azaliy diniy e'tigodlari amal qilgan bo'lishi mumkin. Yangi diniy e'tigodlar dastlab odatda aholining mansabdor zodagon qatlamlari orasida tarqaladi.
Manzilgoh yozma manbalarda qayd etilgan Hodzo shahri bilan qiyoslaydi. Shahar yirik savdo-iqtisodiy, ma'muriy va goyaviy markaz sifatidaga o'z taraqqiyotining cho'qqisiga kushon davrida ko'tariladi. Mil.avv. III asrning ikkinchi yarmida Eron sosoniylarining hujumi tufayli inqirozga uchragan.
Denov tumani hududida esa shahzodaning saroyi xarobalari ochib o'rganilgan, unda old tomonda ayvoni sharqqa qaratib qurilgan. Saroy xonalari ayvon orqali saroy xonalari va asosiy zali tuli rangdagi boyoqlar bilan turli mazmundagi suratlar chizilgan. Ayrim xonalari ganch suvoq qilingan. Ayniqsa devorlarning birida shoh va uning oila a'zolari, hamda saroy ayonlarining suratlari kishini o'ziga jalb qiladi. bulardan tashqari komonli bir necha otliqlar hamda yunon xudolarining Afina, Gerakl va Nikalarning ko'chmanchilarga xos shakllarining tasviri ham mavjud.
Surxondaryo viloyatidagi yirik markazlardan biri Zartepa yodgorligi hisoblanib, u oldindan rejalashtirilgan yagona loyiha asosida qurilgan. Manzilgohning umumiy maydoni 17 ga. ni tashkil etib, kushonlar davrining atrofi mustahkam mudofaa devorlari bilan o'rab olingan yirik shahar markazi harabasi sanaladi. Mudofaa devorlari yarim aylana minoralar bilan kuchaytirilgan. Zartepa uy-joy imoratlari vohaning boshqa antik davri imoratlardan farqli o'laroq markaziy ko'chalari bo'ylab ilgaridan o'ylangan rejalashtirish asosida barpo etilgan. Bu erda asosiy imorat saroy majmuasining asosiy ikkita katta zali muhim o'rin tutadi. Ular marmarsimon toshlardan yasalgan taglikli ustunlar asosida yopilgan.
Shuningdek, Zartepaning sharqiy tomonidan budda ibodatxonasining o'rganilgan bo'lib, u buddaviylik qurilish an'analari asosida barpo etilgan. Ibodatxona hovlisida odatda stupa o'rin olgan.
Termizdan garbda Amudaryoning o'ng sohilida joylashgan Kofirqal'a (Kampirtepa) manzilgoh joylashgan. Murakkab mudofaa tizimiga ega bo'lgan ushbu qala-qorgonga ellin davrida asos solingan bo'lib, kushonlar davrida ham taraqqiy etgan. Manzilgoh uch qismdan iborat. U antik davri yozma manbalarida qayd etilgan Pardagvi shahri bilan qiyoslanadi.
Baqtriyaning antik davriga oid muhim shahar markazlaridan biri Keykobodshoh qo'shni Tojikiston hududida joylashgan bo'lib, qadimgi o'rni yaxshi saqlangan. Shahar aniq reja asosida antik davri me'moriy-qurilish usuliga mos ravishda aniq o'lchamda barpo etilgan. Mustahkam mudofaa devorlari bo'ylab togri to'rtburchak shaklidagi minoralar joylashgan. Shaharga Yunon-Baqtriya podsholigi davrida asos solingan.
Baqtriyaliklar qurilishda asosiy xom ashyo sifatida tuproqdan paxsa, xom gisht sifatida foydalanishgan. Yunonlar davrida qurilishda kvadrat, kushonlar davrida esa o'lchami (30-32x30-32x9-10 sm.) nisbatdan kichikroq gishtlar ishlatilgan. Toshlar ustun taglar, plyastrlar (ustunqoshlar)ni yasashda foydalanilgan. Temirdan uch qirrali kamon oqi uchlari, tuli xil qilichlar: aqinak, sarmatlarnikaga oxshash uzun nayzalar yasashda foydalanishgan.
Baqtriyaning asosiy diniy ta'limoti zardushtiylik bo'lgan. Zardushtiylik dini doirasida mitra, max (oy xudosi), vado (shamol xudosi), atsho (olov xudosi), ardohsho (xosildorlik xudosi) va mahalliy Vaxsh xudolariga siginish odatlari mavjud bo'lgan. Yunonlar hukmronligi davrida hukmron doira vakillari orasida ellin xudolariga siginish odati keng tus oladi. Kushonlar davrida buddizm dini kuchaya boshlaydi. Ayniqsa, Kanishka hukmronligi davrida buddizmning davlat dini sifatida qabul qilinishi uning o'lkadagi mavqeining birinchi o'ringa ko'tarilishiga olib keladi.
Shimoliy Baqtriya hududiga milodning boshlarida buddaviylik dini kirib kela boshlaydi va o'lka orqali O'rta Osiyoning ba'zi hududlariga keyinchalik Sharqiy Turkistonga va undan Xitoyga tarqaladi. Shimoliy Baqtriyaning ko'pgina joylaridan buddaviylik dini inshootlari ochib o'rganilgan. Bular Qoratepa ibodatxonasi, Fayoztepa monostiri, Zurmala va Ayritom stupalaridir.
Qoratepa ibodatxonasi Termiz shahridan garbda joylashgan gorsimon budda ibodatxonasi aniqlanib, ibodat, yashash va xojalik qismlaridan tashkil topgan xonalar ochiladi. Ibodatxona qo'ra shaklida qurilgan bo'lib, ibodatxona togri to'rtburchak o'lchamda qurilgan bo'lib pastki qismi gorsimon inshootdan iborat. Uning ustida er usti qurilishi barpo qilingan. Ibodatxona devorlarida budda hayotidan namunalar keltirilgan boy mazmundagi tasvirlar keltirilgan va tokchalarda budda haykallari qoyilgan. Ibodatxonaning hovlisida odatdagidek stupa o'rin olgan Qoratepa ibodatxonasi er osti va er usti qisimlaridan iborat bo'lib, togri to'rtburchakli hovlidan iborat. Ibodatxona xonalarining birida budda haykali, ikkinchisida stupa joylashgan. Stupalarning asosiy togri to'rtburchak bo'lib, bir necha metr balandga ko'tarilgan. Uning ustiga silindrsimon inshoot solingan uning usti gumbazli toq o'rnatilgan. Toq toshdan yasalgan soyabonlar o'rnatilgan.
Ibodatxona odatda vatanidagi qurilish qoidalari saqlagan holda mahalliy qurilish usulida barpo qilingan. Shunga ko'ra gor shaklini ko'rsatish uchun ibodatxonani er osti inshooti ustida barpo qilish an'nasini joriy qilganlar. Ibodatxona ichki devorlarini budda, bodhisatva haykallari va buddaviylik mafkurasi bilan boyitilgan mazmunli rang-tasvirlar bezab turgan. Ibodatxona boy devoriy suratlar hamda haykalchalar bilan bezatilgan. Ulardan Budda hayotidan lavhalar keltirilgan suratlar va haykallari alohida mohiyat kasb etadi
Qoratepadan shimoliy sharqida buddizm dining yana bir ibodatxonasi topilib, hozirgi paytda Fayoztepa nomi bilan mashhur. U turidagi ibodatxona bo'lib, uch qismdan ya'ni diniy marosimlar o'tkazadigan joy, manostr va xojalik qismlaridan iborat. Buddaviylik inshootlaridan shuningdek kulolchilik buyumlar, metall buyumlar, brahma, kxaroshti, hamda yunon alfavitida bitilgan Kushon yozuvlari o'rganilgan.
Kushon davri qishloqlari o'sha davr iqtisodiy hayotini o'rganishda muhim o'rin tutadi. Bu davrga oid Mirzaqultepa (Termiz), Oqqoqon (Sherobod), Sho'rtepa (Angor) kabi qishloq xarobalari ochib o'rganilgan. Ular ham aniq rejaga asosida barpo etilgan. Qishloqlarda oddiy dehqon qishloq xojalik mahsulotlarni etishtirish va ularni qayta ishlash vazifalarini bajarganlar.
Baqtriyada antik davrida madaniyatini chuqurroq anglashda topib o'rganilgan haykallar, zargarlik buyumlari, devoriy tasvirlar muhim ahamiyat kasb etadi. Qisman yuqorida keltirilgan hamda Taxti-Sangin va “Amudaryo xazinasi” orqali bizga ma'lum bo'lgan san'at namunalari turli davrlarga oid bo'lib, ularda mahalliy, ahamoniylar, ellin, hind (gandhara) va ko'chmanchilar madaniyati an'analari o'z aksini topgan.

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin