Ustrushona. Turkiston tog tizmalarining shimoliy qismidagi erlar o'rta asr yozma (xitoy, arab, fors) manba ma'lumotlarida turli shakllardagi o'ndan ortiq nomlar bilan keltirilgan o'lkaning Ustrushona shaklidagi talaffuzi Mug togidan topilgan Sugd tilida bitiklarda aniqlangan. Turkiston tog tizmasidan Nurota togiga qadar cho'zilgan hududni ishgol etgan erlar o'rta asrlar davri Ustrushonasiga tegishli bo'lgan. Ilk o'rta asrlar davrida Ustrushona eftalitlar va Turk xoqonligi tarkibida bo'lib, afshinlar tomonidan mustaqil boshqarilgan alohida feodal davlatdan bo'lgan. Yozma manba ma'lumotlarida o'lkaning o'ndan ortiq katta kichik shaharlar togrisidagi xabarlar keltirilgan.
O'lkaning markaziy shahri Bunjikat Tojikiston Respublikasi So'x tumanida joylashgan Qalaiqahqaha yodgorligiga qiyoslangan. Bu yodgorlik Shahristonsoy-ning ikkala soxilida joylashgan uchta tepalikdan (Qalaiqahqaha I, II, III) iborat. Uning shahar sifatida shakllanishi VII-VIII asrlarga togri keladi. Yodgorlikning har bir qismi alohida muhofaza qilingan devorlarga ega.
Arxeologik qazishmalar davomida Qalai Qahqaha I yodgorligi Bunjikat shahrining o'rta asrlar davridagi arki bo'lib, bir qator ayrim joylarda esa ikki qator mudofaa devorlari bilan muhofaza qilingan. Bu qismi o'rta asrlar davri arab manbalarida qayd etilgan shaharning ichki madinasi togrisida ma'lumotlariga mos keladi. Qalai Qahqaha I ning sharqiy tomonidan maxsus tagkursi ustida bino qilingan hukmdorlar saroyi (18x12 m.) ochib o'rganilgan. Shaharning shimoliy devori va burjlari bo'ylab joylashgan ko'cha atrofida asosiy ibodatxona, ma'muriy jamoatchilik, savdo-hunarmandchilik va uy-joy imoratlari joylashgan. Shaharning ikkinchi darvozasi joylashgan harbiy tomonida harbiy mudofaa majmualari joylashgan bo'lib, strategik ahamiyatini hisobga olib bu qismi qoshimcha mudofaa devori bilan kuchaytirilgan.
Birinchi manzilgohdan janub tamonda joylashgan Qalai Qahqaha II hozirgi paytda togri to'rtburchak shaklidagi tepalik 5 ga. hududda saqlanib, alohida mudofaza devori va burjlar bilan muhofalangan tashqi madinani tashkil etgan. Daryoning o'ng tomonida dastlabki ikki yodgorlik qarshisida alohida mudofaa tizimiga ega bo'lgan uchinchi tepalik o'rin olgan. Arxeologik jahatdan bu tepalik mudofaa devorining uch qurilish bosqichi qayd etilib, bu erda ham hayot shahar bilan bir davrda boshlangan bo'lishi mumkin. Unda aholi uy-joylari, bog-roglar bo'lgan. Bu yodgorliklar o'z davrida Ustrushona vohasining markaziy shahri Bunjikatning ark, shahriston va rabod qismlarini tashkil etgan.
Shaharning arkidagi mahalliy hukmdor saroyida yogoch o'ymakorligidan keng foydalangan. Uning devorlarini saroy tasviriy san'at na'munalari bezab turgan. Devorlarining birida ikkita go'dakni emizayotgan bo'ri tasviri kishi diqqatini o'ziga tortib, Rimdagi Ramul va va Rem afsonasini eslatadi. Bu lavhani N.N.Negmatov xristianlik mifologiyasi bilan boglaydi. Shuni unutmaslik kerakki ilk o'rta asrlar turkiy qavmlarning O'rta Osiyoga ommaviy siljigan davri bo'lib, turkiylar totemida bo'ri yuqori o'rin egallashini unutmaslik kerak. Boshqa bir kichik xona devorida esa nayzadagi bayroqni ushlab turgan otliq va ikki boshli iblissifat jonzot tasvirlari chizilgan. Shuningdek, saroy xarobalarida uch boshli va to'rt qolli haykallar ham uchraydi. Bular bevosita Ustrushonaliklarning dunyoqarashi afsonaviy mafkuraning mujassamligidan dalolat beradi.
O'lkada shuningdek, O'ratepa shahri va undan garbda joylashgan Vagkata kohna shahri, Jizzax, Zomin kabi yangi shaharlari ham o'lkaning muhim iqtisodiy va madaniy markaz bo'lgan. O'ratepa shimoli-sharqiy chekkasida ulkan tabiiy tepalikning yuqorisida Mugtepa joylashgan bo'lib, qachonlardir O'ratepa shahrining arki mana shu tepalik bog'lagan. Shaharning arki xarobalari hozirgi paytda Mugtepa yodgorligi nomi bilan yuritiladi.
Jizzaxning dastlabki o'rni hozirgi shaharning janubi-sharqiy qismida joylashgan antik davri Haliyatepa manzilgohi o'rnida shakllangan. Ilk o'rta asrlar davrida shahar o'lkadagi muhim markazlardan biri sifatida rivojlanadi.
Ustrushonaliklar xojaligining asosini sugorma dehqonchilik, bogdorchilik, shimoliy dasht va togoldi hududlarida esa chorvachilik rivojlangan.