Ibrohimova nilufarning


Qalqontumshuq ilon (sitomordnik)



Yüklə 490,14 Kb.
səhifə4/5
tarix23.05.2022
ölçüsü490,14 Kb.
#59029
1   2   3   4   5
ilonlar

Qalqontumshuq ilon (sitomordnik)
Toshkent va Samardand oblastidagi tog‘larda va Qoraqalpog‘istondagi tekisliklarda qalqontumshuq ilon yashaydi. Bu respublikamizda tarqalgan birdan-bir chinqiriq yoki shaqildoq ilondir. Bu oilaning ko‘p vakillari Shimoliy va Markaziy Amerikada hamda Janubiy Amerikaning shimoliy rayonlarida yashaydi.Tanasining uzunligi 68 sm gacha, dumi qisqa 4—8 sm bo‘ladi. Ustida to‘q rangli ko‘ndalang dog‘lari bor. Bu yo‘llarning cheti o‘rtasiga qaraganda ancha to‘q rangli bo‘ladi. Tanasining yonida ancha mayda va to‘q rangli dog‘lardan iborat uzunasiga ketgan yo‘llari bor. Qorni och yoki to‘q rangli mayda dog‘li, ba’zan esa dog‘siz bo‘ladi.Qalqontumshuqning tipik yashash joylari shimolda -gil tuproqli va qumli cho‘llardir. Janubda u baland tog‘lardagi archazor o‘rmonlarda va tosh uyumlari bo‘ylab alp o‘tloqlarigacha (3200 m va undan balandroq) uchraydi. Mirzacho‘lda qishlagan qalqontumshuqlar fevralning oxiri — martning boshida qishlovdan chiqadi. Dastlabki kunlari ular o‘zlari kishlab chiqqan kemiruvchilarning ini yonida isinadi. Issiq tushishi bilan tungi hayot tarziga o‘tadi. Iyulning oxiri — avgustda urg‘ochilari 160—190 mm uzunlikdagi 1—20 ta bola tug‘adi. Ular sekin o‘sadi. Hayotining uchinchi yili jinsiy jihatdan voyaga etadi. Belgilab qo‘yilgan qalqontumshuqlar tabiatda 12—13 yildan keyin tutilgan edi. Balki ular bundan uzoq yashasa kerak.Qalqontumshuqning chaqishi juda og‘ritadi. Bunda odam shishib ketadi, issig‘i ko‘tariladi, ba’zan esa qorason kasalligi kuzatiladi. 10— 15 kundan keyin u tuzala boshlaydi.
Ko‘lvor ilon
Ko‘lvor ilon ancha yirik bo‘ladi, yo‘g‘onligi odamning bilagidek keladi. Tanasining uzunligi 160 sm cha, dumi esa 20 sm dan ortiq emas. Eng og‘ir ko‘lvor ilonning massasi 3 kg cha keladi. Usti och yoki to‘q kul rang, sarg‘ish yoki jigarrang tusli. Naqshi xilma-xil cho‘qqi-qirrasi bo‘ylab yirikroq va gavdasining yon tomonlarida esa maydaroq dog‘lari bo‘ladi. Qorni och rangli bo‘lib, ayrimlarida mayda nuqtalari bo‘ladi.O‘zbekistonda Turkiston tog‘ oldilarida (Xovos), Nurota, Zarafshon tizma tog‘lari, Ko‘hitang va Hisor tizma tog‘lari etaklarida uchraydi. Bu ilon kobraga nisbatan ancha ko‘p tarqalgan. Zarafshon tizma tog‘i va Nurota tog‘larining ba’zi joylarida bahorda kuniga beshtagacha, ba’zan esa undan ko‘p ko‘lvor ilonni uchratish mumkin. Ko‘lvor ilon tog‘larda, tog‘ oldilarida va tog‘larning atroflaridagi vodiylarda yashaydi. Qishloqlarda va tog‘ etaklaridagi bog‘larda, buloqlarning bo‘yida, tog‘lardagi tosh uyumlari orasida ko‘p uchraydi. Qiyaliklarning yoriqlari, toshlar orasidagi bo‘sh joylar, kemiruvchilarning, tulki va qushlarning sog‘ tuproqli jarliklardagi inlariga kirib yashirinadi.Ko‘lvor ilon qishlagandan keyin mart oyida, baland tog‘larda esa aprelda chiqadi. Dastlabki kunlari ular kunduzi oftobda isinadi. Aprelning oxiri va mayning boshlarida quyosh botishi oldidan, bulutli kunlarda esa kunduzi ham ko‘rinadi. Ko‘lvor ilon may oyidan boshlab butun yoz bo‘yi tunda aktiv hayot kechiradi. Ozig‘ini faqat erda emas, balki daraxtlarda ham axtaradi. Asosan, mayda qushlar va kemiruvchilar, ba’zan kaltakesaklar bilan oziqlanadi. Ko‘lvor ilonlar ba’zan ancha yirik o‘ljani ham tutib eydi.O‘rta Osiyo respublikalarida ko‘lvor ilon iyulda tuxum qo‘yadi. YOsh ilonlar avgust-sentyabrda chiqadi. Uch yoshida jinsiy voyaga etadi. Tutqunlikda odatda uch yilcha yashaydi. Bir vaqtlar Riga hayvonot bog‘ida ko‘lvor ilon 17 yil yashagan.
Ilon odamga duch kelganda harakatsiz yotadi va ko‘pincha uni oyoq yalang bosib oladilar. Ko‘lvor ilonning chaqishi juda xavfli. Agar ilon chaqqan odamga o‘z vaqtida meditsina yordami ko‘rsatilmasa, u halok bo‘lishi mumkin. Zahari qonga, jigarga ta’sir qiladi, shishirib yuboradi, terida binafsha rang qizil dog‘lar ko‘rinishida nuqtali qon quyilishi kuzatiladi. Ko‘lvor ilonning zaharidan olinadigan zaharga qarshi zardob shu turkumga mansub boshqa ilonlar chaqqanda ishlatiladi.
O‘zbekistonda keng tarqalgan zaxarli ilonlarning besh turi:
1. O‘rta Osiyo kobrasi – Naia oxiana eich
2. Dasht zaxarli qora ilon – Vipera ursine
3. CHarx ilon - Carina tus scheid
4. Qalqontumshuq ilon - Ancistrodon nalys Pall.
5. Ko‘lvor ilon – Vipera lebetina L. ilonlar kiradi.

Yüklə 490,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin