Ibtidoiy davr san'ati manbalari



Yüklə 49,1 Kb.
səhifə8/13
tarix17.10.2023
ölçüsü49,1 Kb.
#156433
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
IBTIDOIY DAVR SAN\'ATI MANBALARI

4. Afrosiyob shaharchasi
Afrosiyob yirik arxeologik yodgorlik bo‘lib, qadim Samarqand shahri tarixidan darak beradi. Qadim shaharning maydoni 219 gektarni tashkil qiladi. Arxeologlar bir-birini bosib turgan 11 ta madaniy qatlamlar borligini aniqlaganlar. Shaharning zamonaviy relefida qudratli qal’aning xarobalari, ko‘hna mudofaa devorlari, qachonlardir shaharga suv keladigan kanalning vayronalarini oson ajrata olish mumkin.
5. Shohi Zinda maqbaralar majmui
Shohi Zinda maqbarasi Samarqand shahridagi rang-barang qabr toshlarni o‘zida mujassam etgan qadimiy osori-atiqalardan biri bo‘lsa ne ajab. Ushbu tarixiy obidaning o‘ziga xos jihati shundaki, u XIV-XV asrlar mobaynida qurilgan barcha inshootlarni o‘zaro chambarchas uyg‘unlashtirgan. Mazkur binolar qadimgi Afrosiyob shahrining yaqinida qad rostlagan bo‘lib, bino joylashgan ko‘chani “qabriston ko‘chasi”, deb ham atashgan.
6. Ulug‘bek rasadxonasi
Ulug‘bek – asl ismi Muhammad Tarag‘ay buyuk o‘zbek astronomi va matematigi, davlat arbobi, Temurning nabirasidir. U. O‘rta Osiyo xalqlari ilm-fani va madaniyatini o‘rta asr sharoitida dunyo fanining oldingi safiga olib chiqqan olimlardan biri. Movarounnahrda Ulug‘bekning homiylik davrida (1409–1449) Samarqand yanada gullab–yashnadi: hunarmandlik, me’morlik, adabiyot ravnaq topdi, ilm-fan yuksaldi, savdo rivojlandi. Ulug‘bekdan jahon fani va madaniyati rivojiga muhim hissa bo‘lib qo‘shilgan katta ilmiy va madaniy meros qolgan. Shulardan biri Ulug‘bek rasadxonasidir. Samarqanddagi XV asr me’morligining nodir namunalaridan biridir. Bino Ulug‘bek farmoni bilan 1424–1429 yillari Ko‘hak (Cho‘pon ota) tepaligida, Obirahmat arig‘i bo‘yida bunyod etilgan.

7. Hazrati Dovud ziyoratgohi
Keyingi kezlarda Samarqand viloyatining Nurobod tumani, Oqsoy qishlog‘i hududida joylashgan Hazrati Dovud g‘ori O‘zbekistondagi eng sergavjum ziyoratgohlardan biriga aylangan. Mazkur g‘or o‘zida o‘ta qadimiy va turli-tuman rivoyatlarni yashirgan bo‘lib, unga tashrif buyuruvchilar soni kun sayin tobora ortib bormoqda. Tog‘ cho‘qqisidagi tik qoyada joylashgan g‘orga kirgan ziyoratchilar Temir piri sanalgan Hazrati Dovud haqqiga tilovat o‘qib, niyat qiladilar.
8. Hazrati Doniyor ziyoratgohi
Samarqand shahrining Afrosiyob qadimiy shaharchasi muhofaza devori tagidan oqib o‘tadigan Siyob arig‘i yoqasida Samarqand ahli tomonidan asrlar davomida qadr-qiymatlanib kelinayotgan Doniyor Paygambar maqbarasi eng mo‘’tabar ziyoratgohlardan biridir. Samarqandliklar ushbu ziyoratgohni ba’zan Doniyor Payg‘ambar, Xoja Doniyor va Hazrati Doniyor ziyoratgohi, deb ataydilar. Doniyor Paygambar Dovud alayxissalom avlodidan bo‘lib, eramizdan oldin 603 yilda Kuddus shahrida dunyoga kelgan. Bobil davlati podshosi Navuxudonosor tomonidan eramizdan oldingi 586 yilda bu muborak shahar zabt etiladi va ko‘p odamlar asirga olib ketiladi.

Yüklə 49,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin