asosiy savol: O’rta asrlarda ibtidoiy jamoa haqida tasavvurlar.
Darsning maqsadi: O’rta asrlarda ibtidoiy jamoa haqida to’plangan ma’lumotlar, yozilgan asarlar orqali bilimlarini shakllantirish.
Identiv o`quv maqsadlari: 2.1. Talabalarda ibtidoiy jamoa tuzumi tarixshunosligi to`g`risida mustaqil va erkin fikrlash, tahlil qilish qobiliyatlarini shakllantirish.
asosiy savol bayoni: Garchi o’rta asrlarda din homiylari ilmiy bilimlarni, xususan ibtidoiy jamiyat haqidagi ilg’or g’oyalarni har tomonlama bo’g’ishga harakat qilmasin yer va unda yashagan xalqlar haqidagi bilim asta-sekinlik bilan bo’lsa ham olg’a qadam tashladi.
Sharqning mashhur olimlari Yevropa va Osiyo xalqlari haqida juda ko’p ma’lumot yozib qoldirishgan. Xususan, Abu Rayhon Beruniyning «Osor al boqiya», «Hindiston», Xitoy geografi Chan-Chunning (XIII asr) asarlari va yilnomalarida Sharq xalqlari, qabilalari haqida ularning urf-odati, turmushi, mashg’uloti va madaniyatiga doir juda ko’p ma’lumotlar bor.
Sharq o’lkalariga savdo-sotiq va diplomatik munosabatlarni tiklash uchun borgan Plano Karpini, Marko Polo va Afanasiy Nikitin va boshqalar mazkur joylardagi xalq va qabilalarning hayoti haqida qimmatli ma’lumotlar to’plab, qaytganlarki, bu bilan Yevropaliklarni Sharq xalqlari haqidagi bilimlari ortdi. Ularning, kundaliklari, yilnomalari va asarlaridan kishilik tarixining ilk bosqichiga aloqador bo’lgan ko’pgina etnografik ma’lumotlar topish mumkin. Afanasiy Nikitinning “Uch dengiz osha sayohat” asari Hindiston
xalqlari va ularning urf-odatlari haqida qimmatli ma'lumotlarga boydir. Afanasiy Nikitin 1466-72 yillarda Hindistonda yashagan va mahalliy xalqlarning etnografiyasini o’rgangan.
asosiy savol: Etnografik bilimlarning yig’ila borishi.
Darsning maqsadi: Buyuk geografik kashfiyotlardan keyin Yevropada etnografik bilimlar to’plashda haqiqiy to’ntarish yuz berganini, shuningdek ibtidoiy davr qoldiqlarini o’zida ma'lum darajada saqlab qolgan xalqlarni o’rganib, ibtidoiy jamoa tarixini to’laroq yoritib berishga hissa qo’shish.