Ibtidoiy jamiyat tarixi



Yüklə 281,48 Kb.
səhifə11/88
tarix19.11.2022
ölçüsü281,48 Kb.
#69869
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   88
Ibtidoiy jamiyat tarixi

NAZORAT TOPSHIRIQLARI:


    1. 1.Arxeologik yodgorliklarning mutlaq yoshini aniqlashda qanday usullardan foydalaniladi?

    2. Paleoklimatologiya qanday fan?

    3. Paleozoologiya qanday fan?

    4. Paleontologiya qanday fan?

    5. Geologiya qanday fan?

3 - MAVZU: IBTIDOIY JAMOA TUZUMI TARIXSHUNOSLIGI


Asosiy savollar:

  1. Qadimgi dunyo mutafakkirlarining ibtidoiy jamoa haqida tasavvurlari.

  2. O’rta asrlarda ibtidoiy jamoa haqida tasavvurlar.

  3. Etnografik bilimlarning yig’ila borishi.

  4. Ibtidoiy jamoa tarixining vujudga kelishi.

Tayanch tushuncha va iboralar: Ibtidoiy jamoa tarixi haqida Qadimgi Rim va Yunon olimlari, Sharq allomalarining fikrlari. Ibtidoiy jamoa davri haqida yozilgan asarlar. O’rta asrlar davrida ibtidoiy jamoa davri haqida ma'lumotlarning to’planishi. Ibtidoiy jamoa davrini o’rganishda buyuk geografik kashfiyotlarning ahamiyati. Yangi hududlar va xalqlarning o’rganilishi. X1X-XX asrlarda ibtidoiy jamoa davri haqida yaratilgan kitoblar va ibtidoiy jamoa tarixining vujudga kelishi va hokazolar.
1-asosiy savol: Qadimgi dunyo mutafakkirlarining ibtidoiy jamoa haqida tasavvurlari. Darsning maqsadi: Talabalarda Ibtidoiy jamoa tarixi haqida qadimgi Rim, Yunon olimlari fikrlari, O’rta asrlarda ibtidoiy jamoa haqida to’plangan ma’lumotlar, yozilgan asarlar orqali bilimlarini shakllantirish. Ibtidoiy jamoa tuzumi tarixshunosligi mavzusini o`tish jarayonida ajdodlarimizning hozirgi qiyofali insonga aylanishigacha bo`lgan juda uzoq davrni bosib o`tganligini ko`z oldiga keltirish va shu orqali inson-insonga do`st va birodarlik hamda o`zaro yordam ruhida tarbiyalash. Qadimgi dunyo mutafakkirlarining ibtidoiy jamoa haqida tasavvurlarini, ibtidoiy jamoa tarixi haqida Qadimgi Rim va Yunon olimlari, Sharq allomalarining fikrlarini talabalarga tushuntirish.
Identiv o`quv maqsadlari: 1.1. Qadimgi dunyo mutafakkirlarining ibtidoiy jamoa haqida tasavvurlarini tushunadi. 1.2. Ibtidoiy jamoa tarixi haqida Qadimgi Rim va Yunon olimlarining fikrlarini aytib beradi. 1.3. Sharq allomalarining fikrlarini taqqoslay oladi.


  1. Yüklə 281,48 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin