2-asosiy savol: Ibtidoiy to‘da davri kishilari mafkuraviy qarashlarining manbai.
Darsning maqsadi: Ibtidoiy mafkura qarashlarining shakllana boshlashi. Ibtidoiy odamlarning mafkuraviy qarashlarini tahlil qilish.
Identiv o`quv maqsadlari: 2.1.Neandertal odamlarda mafkuraviy qarashlarning kurtaklarigina paydo bo`lganligi haqida fikr yuritadi.
2-savol bayoni: Ibtidoiy odamlarning mafkuraviy qarashlarini tiklash ibtidoiy jamoa tarixidagi eng qiyin masalalardan biridir. Neandertal odamlarning qabrlari, murdaning ko`milishi holatini o`rganish hozirgi zamonda bu masalani o`rganishda yordam beradi. Neandertal odamlar qabrlari, suyaklari qoldiqlari yerning turli qatlamlaridan topilgan, bu albatta to`rtlamchi davrning ilk bosqichlaridagi intensiv tektonik jaryonlar bilan bog`liq. Bizning davrimizgacha saqlanib, yetib kelgan qadimgi odamlarning qabrlari va suyak qoldiqlari asosan xavf-xatarsiz yerlardan topilgan. Ular ashel va muste davrlarida yashagan neandertal odamlarga tegishlidir. Shunday qadimgi odamlar suyaklar qoldiqlaridan 20 ga yaqini topilgan. Arxeologlar va antropologlar bu qabrlarning tuzilishi, skeletlarning holatlarini chuqur o`rganib, bu skelet egalari neandartal odamlar ma'lum bir marosim, g`oyaviy yo`nalishga ega bo`lgan jamoa tomonidan ko`milgan degan xulosaga kelishgan. Bunday qabrlar, suyaklar qoldiqlari asosan uzoq chet joylardagi g`orlardan topilgan. Qabrlar uncha chuqur bo`lmagan madaniy qatlamlardan yoki o`yib qazilgan tosh chuqurlar ichidan topilgan. Topilgan skeletlar yon tomoni bilan uxlayotgandek qilib yotqizilgan. Tuproq tortib ko`milgan. Nega neandertal odamlar marhumlarni ko`mganlar? Bu savol ko`pgina tadqiqotchilar diqqatini o`ziga tortgan va tortishuvlarga sabab bo`lgan. Ayrim olimlar neandertal odamlar qabrlarini o`rganib marhumga qilingan g`amxo`rlikni, o`lim vaqtinchalik holat qayta turiladi deb o’ylashgan deb sharxlashadi. Shuningdek murdani ko`mishni sanitariya maqsadida yoki murdani yeb qo`yishidan tiyilish maqsadida ham amalga oshirilgan deb hisoblashgan.
Suyaklar qoldiqlari sharqdan g`arbga qaratib yotqizilganligi hammaning diqqatini o`ziga tortadi. Bu quyoshning sharqdan g`arbga tomon o`tishi bilan bog`liq bo`lsa kerak. A.P.Okladnikov bu qabrdagi suyak va toshlarning joylashuvini qiyoslab o`rganib, Teshiktosh odami quyoshga topingan bo`lsa kerak degan fikrni bildirgan. Ko`pgina olimlar neandertal odamlarning so`nggi davrlardagi qabrlari oddiy diniy tasavvurlar paydo bo`lganini ko`rsatadi degan fikrga kelganlar. Eng yangi arxeologik topilmalar ham neandertal jamoalarda diniy kurtaklar paydo bo`lganini tasdiqlamoqda. Demak, neandertal odamlarda mafkuraviy qarashlarning kurtaklarigina paydo bo`lgan, xolos. Neandertal odamlar jamoasida murakkab ko`mish marosimlari, ruh, xudo, o`limdan keyingi hayot haqida tasavvurlar bo`lmagan.