Ibtidoiy jamiyat tarixi


-asosiy savol: Tafakkur va nutqning shakllanishi



Yüklə 281,48 Kb.
səhifə32/88
tarix19.11.2022
ölçüsü281,48 Kb.
#69869
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   88
Ibtidoiy jamiyat tarixi

1-asosiy savol: Tafakkur va nutqning shakllanishi.


Darsning maqsadi: Talabalarda ibtidoiy tafakkur va nutq paydo bo’lishi masalasi haqidagi bilimlarni shakllantirish. Mehnat qurollarining tafakkur va nutqning paydo bo’lishiga
ta’sirini tushuntirish. Insoniyat tarixida tafakkur oldin paydo bo`lganmi yoki nutq degan masalani tahlil qilish hamda tafakkur va nutqning o`sishi mehnat jarayoni mehnat qurollari takomillashuvining mahsuli ekanligini asoslab berish.
Identiv o`quv maqsadlari: 1.1. Talabalarda bashariyatga hurmat hissini rivojlantirish. 1.2. Talabalarda ibtidoiy tafakkur va nutq paydo bo’lishi masalasi bo’yicha ilmiy dunyoqarash va mustaqil fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish.
1.3.Eng oddiy mehnat qurollarining paydo bo`lishi uni insonning yaratganligi tafakkurlash asosida sodir bo`lganligini tushuntirish. 1.4. Tafakkur va nutqining taraqqiy etishdagi ikki bosqichni ochib berish.
1-savol bayoni: Ibtidoiy to’da davrning oxiriga kelib, ibtidoiy kishilar hayotida juda katta o’zgarishlar sodir bo’ldi. Bu o’zgarishlar avvalo kishilarning tashqi qiyofasi, tafakkur doirasi, nutqi, ishlab chiqarish qurollari va xo`jaligida ko`zga tashlanadi. Insonning tafakkuri va nutqi ularning birgalashib qilgan mehnati natijasida vujudga keldi. Inson tafakkur qilmasa toshdan oddiy bo`lsada qurollar yasay olmasdi. Demak, inson tafakkuri ular mehnatining samarasi edi. Yuqorida ta'kidlab o`tilganidek qadimgi tosh asrining boshlariga kelib insonning tafakkur doirasi, nutqi yanada rivojlana boshladi. Bu hol ular yaratgan madaniyatda yaqqol ko`zga tashlanadi.
Tafakkur va nutqning paydo bo`lishi masalasi ibtidoiy jamoa tarixidagi murakkab masaladan biridir. Masalaning qiyin tomoni shundan iboratki, bizning ixtiyorimizda ochiq- oydin ma'lumotlar yo`q, balki tafakkur va nutqning paydo bo`lishini tasavvur etishimiz uchun qo`shimcha ma'lumotlargagina tayanamiz. Tafakkur va nutqning paydo bo`lishini aniqlab beradigan manbalar bir qancha bo`lib, ular qiyosiy psixologiya, qiyosiy fiziologiya, qiyosiy tilshunoslik, shuningdek etnografik va arxeologik manbalardan iboratdir. Ayniqsa, antropologiya bu masalani oydinlashtirishda katta ahamiyatga ega. Antropologlar nutq hosil qiluvchi inson a'zolari miya va nutq organlarining rivojlanishini chuqur tahlil qilib, tafakkur va nutqning paydo bo`lishi jarayonini tabiiy - ijtimoiy jarayon ekanini isbotlashgan.
Tafakkur va nutq odamning paydo bo`lishi, uning mehnat faoliyat rivojlanishi, ishlab chiqarishning rivojlanishi va insonning tabiat sirlarini bilib borishining ikki tomoni ekani mutlaqo aniq holdir. Shu sababli insoniyat tarixida tafakkur oldin paydo bo`lganmi yoki nutqi degan masala ustida tortishuvlar mavjud. Tafakkur ong mahsuli shuning uchun ham u oldin paydo bo`lgan. Eng oddiy mehnat qurollarining paydo bo`lishi, uni insonning yaratganligi tafakkurlash asosida sodir bo`lgan. Mehnat qurollari uzoq kuzatish, tajribalar to`planishi asosida, mehnatni osonlashtirish uchun ixtiro qilingan, takomillashtirilgan. Demak, mehnat qurollari inson tafakkuri va mehnati mahsulidir. Mehnat qurollarni yasash, ularni boshqalarga, avlodlarga yetkazish ehtiyoji tug`ildi (jumladan ishlab chiqarish jarayoni ham shuning o`zginasidir). Shunday qilib eng oddiy tasavvurlar vujudga kelishi bilan bir vaqtda bu axborotlarni boshqalarga yetkazishning eng oddiy tovushli signallari, simvollari va belgilari paydo bo`lgan.
Odamzod urug`iga yaqin turgan mavjudotlardan biri bo`lgan maymunlarda tovushli signallar bor, Masalan: shimpanze 20 dan ortiq turli xil tovushlar chiqaradi. Bu tovushlar (umuman hayvonlarda) ikki turga bo`linadli: xis-hayajonli signallar (tovushlar) va organizm erkin holatida chiqariladigan “hayotiy shovqin” tovushlarga bo`linadi. Lekin qaysi biri nutqning paydo bo`lishida asosiy rol o`ynagani isbotlanmagan. Antropolog V.V.Bunak aynan “hayotiy shovqin” nutqning paydo bo`lishiga asos bo`lgan deb hisoblaydi.
Tafakkur va nutqning o`sishi mehnat jarayoni mehnat qurollari takomillashuvi, ishlab chiqarishning rivojlanishi, insonning tabiat sirlarini bila borishi bilan birga parallel davom etgan. Tadqiqotchilar ibtidoiy odamlar tafakkuri va nutqining taraqqiy etishdagi ikki bosqichni ajratib ko`rsatadilar. Ular birinchi bosqichni arxantroplar va petikantroplar bilan, ikkinchi bosqichni aqlli odamning paydo bo`lishi bilan bog`laydilar. Keyingi paleolitga qadar nutq noaniq bo`lgan, ammo, paleantroplar nutqi arxantroplar nutqiga qaraganda ancha taraqqiy etgan. Neandertallarda ko`p ma'noli va yaxlit mazmunli yangi so`z jumlalar paydo bo`lgan. Eng qadimgi odamlarda esa bir bo`g`inli, turlanmaydigan va bir-biri bilan bog`lanmagan so`zlar mavjud bo`lgan.
Nutq tafakkur bilan chambarchas bog`lanib borgan. Yer yuzida gapirishni bilmaydigan bironta ham xalq yo`q. Shuning uchun olimlar g`oyat katta insoniy muvaffaqiyatlardan biri bo`lgan nutqning shu darajada o`sishiga qanday yo`l bilan erishganligini fahmlab, bilib olishlarigagina to`g`ri keladi. Tilning paydo bo`lish imkoniyatini anglash uchun oziq-ovqat qidirib topish yo`lida cheksiz tashvish tortgan ibtidoiy odamlarning yashagan sharoitlarini unutmasligimiz kerak. Odamlar oziq-ovqat qidirib topishgan, o`zlarini dushmanlardan birgalikda himoya qilgan. Ana shu vaziyatda nutq o`sa borgan, chunki mehnat jarayonida odamlarning birgalikdagi ish-harakatlari to`g`risida so`zlashish, tajriba almashish zarur bo`lgan.
Shuningdek, odamning tikka yurishga o`rganishi, butun organizmning shakllanishi bilan birga ba'zi bir organlarning (hiqildoq, o`pka, til..) alohida jismoniy tuzilishi nutq o`sishining zaruriy shartidir. Nutq avval boshdanoq tovush nutqi, noaniq nutq bo`lgan. Xursandlik, og`riq yoki qo`rqish bilan bog`liq bo`lgan shu kabi qichqiriqlar odam ko`kragidan beixtiyor chiqib, atrofdagi odamlarga o`z sherigining qanday ahvolga tushib qolganini bildirgan. Chunonchi, ma'lum tovushlarga muayyan ma'no berilgan. Odam tovush signallari berar ekan, ular orqali ma'lum fikrni bildirgan. Imo-ishora tovush nutqida yordamchi element bo`lgan. Til sekin taraqqiy qilgan. U doim kishilarning tajriba almashish quroli bo`lib kelgan. Vaziyat xilma- xillasha borgani sayin til yanada boyigan. Hislar, munosabatlarni, ish-harakatlarni ifodalash uchun so`zlar bo`lmagan. Bularning hammasi qichqiriqlar va harakatlar bilan ifodalangan. Keyinroq odam o`z hislari va fikrlarini ifodalash uchun tildan foydalanish imkoniyatini topgan. Til tom ma'nosi bilan fikr qurol bo`lib qolgan. Til bo`lmay turib odamlar hozirgi vaqtda ega bo`lgan narsalarga erisha olmagan bo`lur edi.
Tafakkur bilan mahkam bog`langan til noaniq tovush tilidan boshlab to urug`larning keyinchalik qabilalarining aniq tillariga qadar uzoq taraqqiyot yo`lni bosib o`tgan. Qabilaviy tillar o`rnini sinfiy jamiyatlarda xalqlarning tillari egalladi. Munosabatlar rivojlanishi bilan milliy tillar paydo bo`ldi. Neolit davri oxiri va metall asrining boshlariga kelib asosiy til oilalari tarkib topgan. Oxirgi yillarda dunyo xalqlari tillarini quyidagi til oilalariga bo’lish mumkin25:
Hind-Yevropa tillar oilasi (dunyo aholisining 45% so’zlashadi. hind, eroniy, slavyan, boltiq, german, roman, kelt, grek, alban, arman).
Oltoy tillar oilasi (dunyo aholisining 6% so’zlashadi.Markaziy Osiyo xalqlarining tillari, turk, mongol, tungus, manjur va koreyslar tili).
Xitoy-Tibet tillar oilasi. (dunyo aholisining 23% so’zlashadi. Sharqiy Osiyo, Markaziy, Janubi-Sharqiy Osiyo, Janubiy Osiyoning shimoli: xitoy, tibet-birma, kachin, bodo-garo, midju, digaro, miri, jimal, lepcha vetnam, nevari, gurung xalqlarining tillari.)
Avstroosiyo tillar oilasi (dunyo aholisining 1,6% so’zlashadi. Janubi-Sharqiy, Janubiy Osiyoda: mon-kxmer, kxasi, asliy, nikobar, munda)
Myao-yao tillar oilasi (dunyo aholisining 0,2% so’zlashadi. Sharqiy Osiyoning janubiy rayonlari va Janubi-Sharqiy Osiyoning Shimoli: myao va yao tillari)



25 Ashirov A. Etnologiya. Toshkent. Yangi nashr, 2014.
Janubi-Sharqiy Osiyoda paratay tillar oilasi (dunyo aholisining 1,4% so’zlashadi. tay, kim- suys, ong-be, li, lak, gelaolardan iborat)
Janubi-Sharqiy Osiyoda, Okeaniyada va Tayvanda avstroneziya tillar oilasi (dunyo aholisining 5% so’zlashadi. g’arbiy avstroneziy, sharqiy avstroneziy, atayal, tsou, payvan) Avstraliya tillar oilasi (22 guruhga bo’linadi)
And tillar oilasi (dunyo aholisining 0,3% so’zlashadi. And tog’i atrofida yashovchi xalqlar: urarina-vaorani, kauapana-saparo, shimoliy, kechua, aymara, janubiy)
Semit-Xamit tillar oilasi (dunyo aholisining 5% so’zlashadi.Shimoliy va Shimoli-Sharqiy Afrika, Arabiston yarim oroli, Suriya, Iordaniya, Iroqda: semit, barbar, chad, kushit).
Nigero-kordofan tillar oilasi (dunyo aholisining 6% so’zlashadi.Garbiy, Markaziy, Sharqiy va Janubiy Afrikada: kongo va kordofan)
Nil-saxara tillar oilasi (dunyo aholisining 6% so’zlashadi. Sharqiy Sudan, Markaziy Sudan, bertlar, kunama, saxar,songai, fur, mabang, komue)
Shimoliy Kavkaz tillar oilasi (dunyo aholisining 0,1% so’zlashadi. abxaz-adigey va nax- dog’istonliklar)
Kartvel til oilasiga mansub kishilar Gruziya hududidagina yashashadi.
Dravidlar oilasi (dunyo aholisining 4% so’zlashadi. Hindistonning janubi va Shri-Lankaning sharqi)26.
Hozirgi jismoniy tipdagi odamning yetilishi va urug’-jamoa tuzumining vujudga kelishi faqatgina ijtimoiy sohadagina emas, balki ibtidoiy kishilar ma’naviy hayotini rivojlanishi uchun katta imkoniyat yaratdi. Ilk urug’chilik tuzumidan boshlab ishlab chiqarish kuchlarining rivojlana borishi bilan bir qatorda, insonda yangi tasavvurlar va tushunchalar paydo bo’ldi. Mehnat jarayonida kishilarning tafakkuri va tili rivojlanib ularning so’z boyligi ham orta bordi. Yangi-yangi so’zlar paydo bo’lib, ularning ma’naviy mazmuni boydi, so’zlarning bir-biri bilan mantiqiy bog’lanishi natijasida sintaksis ham rivoj topa boshladi.
U yoki bu voqeani, fikrni o’zgalarga tushuntirishda so’zlashuv odamlar orasidagi munosabatning asosiy negizini tashkil eta boshlaydi. Lekin ibtidoiy davrda fikrni anglatishning boshqa bir sodda usuli ham mavjud bo’lib u «signallar tili» deb atalgan.
«Signallar tili» da biror xabarni aniq belgilar yordami bilan ifoda qilinadi. Buni Avstraliya, Okeaniya, Afrikadan va boshqa qabila, elatlar hayotidan olingan etnografik materiallar ham tasdiqlaydi. Mahalliy avstraliyaliklar bir joydan ikkinchi joyga ko’chganlarida qumga oyoqlari bilan chiziq chizib, uning uchiga xivich tiqib ketadilar. Chiziqning yo’nalishi va uning uzunligi ketuvchi guruhlarning qaysi tomonga va qancha masofaga ketgaligini bildiradi. Bu mazkur guruhning kechikib qolgan a’zolari va qo’shni guruhlar uchun shartli belgisi edi.
«Signallar tili» hozirgi zamon qabila va xalqlar xarakterli bo’lib Shimoliy qabilalar xabar, fikr yoki qandaydir tuyg’uni ifodalash uchun «simvollar tili» yoki «belgilar tili» dan keng foydalanishgan.
Shimoliy Amerika Xindilarida tomagauk (so’yil) yuborish urush e’ron qilishning simvolik belgisi hisoblangan. Tamagauk dushmanga maxsus elchi orqali yuborilgan. Elchi tomagaukni dushman qarorgohiga borib yerga qo’ygan. Agar dushman tomon tomogaukni yerdan ko’tarsa urushga rozi, tomagaukni ko’msa sulh tuzishga moyil ekanligi tushunilgan.
Tarix otasi Gerododning xabariga ko’ra eroniylar skiflarning yerlariga bostirib kelganlar. Shunda skiflar eroniylarga qush, sichqon, qurbaqa va beshta o’q-yoy yuborganlar. Bu ramziy belgining ma’nosi quydagicha edi. «Agar siz eroniylar qush singari osmonga uchmasangiz, sichqon singari kavakka bekinmasangiz yoki qurbaqa singari ko’lga sakrab, suv ostiga yashirinmasangiz elingizga qayta olmaysiz va bizning o’q-yoylarimiz ostida qirilasiz»
26 Ashirov A. Etnologiya. Toshkent. Yangi nashr, 2014. –B. 165-167.
Shunday qilib «signallar tili» va «simvollik tillar» o’z davri uchun muhim madaniy- tarixiy rol o’ynab, iqtisodiy, harbiy va mudofaa ishlarida katta ahamiyat kasb etgan. Tabiiyki ibtidoiy odamning turmush sharoiti o’zi yashab turgan joyni va tevarak atrofni yaxshi o’rganishni taqazo etgan. Odamlar o’z atroflarini o’rab turgan muhitni bilmay turib tirikchilik qila olmas edilar albatta.

Yüklə 281,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin