Ibtidoiy jamiyat tarixi


asosiy savol. Ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar



Yüklə 281,48 Kb.
səhifə43/88
tarix19.11.2022
ölçüsü281,48 Kb.
#69869
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   88
Ibtidoiy jamiyat tarixi

asosiy savol. Ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar.


Darsning maqsadi: Urug‘chilik tuzumining dastlabki bosqichidagi ijtimoiy munosabatlarni ochib berish.
Identiv o`quv maqsadlari: 3.1. Nikoh va oila munosabatlarini tahlil qiladi. 3.2. Ilk qabila tuzilishini izohlaydi. 3.3. Dual tashkilot bilan tanishadi.

  1. savol bayoni: Hayot taqozosi bilan vujudga kelgan urug‘lar keyinchalik qabilani tashkil etgan. Dastlabki qabilalar ikki va undan ortiq urug‘dan tashkil topishi mumkin edi. Bir Avstraliya qabilasining ikki pallaga yoki ikki nikoh sinfi – kroki va kumetiga bo‘linishi

buning yaqqol misolidir.Urug‘chilik jamiyatining bu dastlabki tuzilishini dual tashkilot deb atash rasm bo‘lgan. Bu dual tashkilot turli mamlakatlardagi ko‘pgina qabilalarda so‘nggi vaqtlargacha ham saqlanib sodda yoki murakkab tarzda ko‘zga tashlanadi. Dual tashkilotning navbatdagi murakkabroq shakli boshqacharoq bo‘lib, bunda qabila har qaysi to‘rt urug‘dan iborat ikkita pallaga bo‘linadi.
Ilk qabila tuzilishining bu ikki shakli fratriy – birodarlik sistemasi deb ataladi. Shimoliy Amerikadagi tub joylik seneka-irokezlar qabilasi fratriya tashkilotining klassik namunasi hisoblanadi. Seneka-irokezlar qabilasi to‘rt urug‘dan iborat bo‘lgan ikki fratriyaga bo‘lingan. Mazkur fratriya va urug‘lar alohida nomlar bilan atalgan. Rivoyatlarga ko‘ra ularda Ayiq va Kiyikdan iborat ikkta boshlang‘ich urug‘ bo‘lgan. Bo‘ri, Qunduz, Toshbaqa (Ayiq fratriyasi), Loyho‘ra, Qo‘tos, Lochin (Kiyik fratriyasi) kabi urug‘lar ularning bo‘linishi natijasida shakllangan. Bunday misollarni yer yuzining boshqa xalqlarida ham kuzatish mumkin. Urug‘chilik tuzumining bunday dual tashkiloti shaklida paydo bo‘lishi erkak va ayollar orasidagi munosabat – nikoh rivojlanishining yangi bosqichi bilan chambarchas bog‘liqdir.
Kishilikning poda davrlarida nikoh munosabatlari o‘zining betartibligi va umumiyligi bilan xarakterlidir. Nikoh va oila munosabatlarining bu shakli promiskuytet deb ataladi.
Urug‘chilik tuzumi davriga kelib esa nikoh va oila munosabatlari o‘zgara bordi. Promiskuytetda dastlabki cheklanish sodir bo‘ldi. Bu ham bo‘lsa katta avlod bilan kichik avlod o‘rtasidagi nikoh munosabatlarining bekor qilinishidir. Mazkur davrdagi dual tashkilotining eng muhim xususiyati shundan iborat ediki, bu bir pallaga mansub odamlarning o‘zaro nikohlana olmasligi edi. Endi er va xotin qabilaning turli qabilasidan bo‘lishi shart edi. Shu tariqa ekzogamiya nikoh tartibi vujudga kelgan.
Guruhli nikohning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, bundan tug‘ilgan bolaning otasi aniq bo‘lmay, faqatgina onasi ma'lum bo‘lgan xolos. Bunday sharoitda butun dual sistema – urug‘lar, pallalar va fratriya ayollar atrofida to‘planadi. Demak, har bir shunday guruh, ayollar avlodidan tashkil topadi va qon qarindoshlik onalar avlodidan hisoblanadi. Shu tariqa urug‘ ona urug‘i sifatida qujudga kelib, urug‘chilik tuzumi rivojlanishida matriarxat deb ataladigan davr boshlangan.

  1. Yüklə 281,48 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin