asosiy savol. Ilk urug‘ jamoasi va uning xususiyatlari.
Darsning maqsadi: Urug‘ va urug‘chilik tuzumining vujudga kelishini, ishlab chiqarish kuchlarining o‘sa borishini, ijtimoiy hayotda katta o‘zgarishlar sodir bo‘lishini ochib berish.
Identiv o`quv maqsadlari: 2.1. Urug‘ va urug‘chilik tuzumining vujudga kelishini tahlil qiladi. 2.2. Ishlab chiqarish kuchlarining o‘sishini izohlaydi.
savol bayoni: Ishlab chiqarish kuchlari o’sa bordi. Kuchlarning rivojlana borishi natijasida ijtimoiy hayotda ham katta o’zgarishlar sodir bo’la boshladi. Bu o’zgarishlar ibtidoiy jamoa tuzumi davridagi ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishida xususan mehnat qurollarining takomilashuvida ko’zga tashlanadi. Qadimgi paleolit davrida qurollarning xili juda oz bo’lib, ular juda ham sodda ishlangan edi. Lekin qadimgi paleolitning oxiri va so’ngi tosh asrining boshlariga kelganda manzara butunlay o’zgarib, toshdan tarashlagich, qirg’ich teshgich va nayza uchlari, yer kavlag’ich qurollar vujudga keldi. Undan tashqari suyakdan va yog’ochdan bigiz, igna, so’yil, nayza uchlari va boshqa murakkabroq, asboblar uchun moslamalar yasashga erishildi. Baliq ovlashning rivojlanishi munosabati bilan teskari tishli garpun kashf qilinidi.
Mehnat va ov qurollarning mukammalashuvi oqibatida ovchilik xo’jaligi va termachilik ham rivojlana bordi. Bu hol jamiyatda chuqur o’zgarishlar sodir bo’lishiga sabab bo’ldi. Tirikchilik hayot-mamot uchun bo’lgan kurash, xo’jalikni uluksiz taminlay oladigan doimiy va birlashgan ishlab chiqarish uyushmasining zarur ekanligini taqazo etdi va uni vujudga keltirdi. Bunday birlashgan uyushmani ibtidoiy kishilarning tasodifiy, yig’indisi vujudga keltira olmas edi. Bu birlashma negizida tabiy qon-qrindoshlik yotar, bu eng dastlabki urug’ yoki urug’chilik jamoasi edi. Ibtidoiy poda davrida ham odamlar gala-gala, guruh-guruh bo’lib yashaganlar. Lekin u guruhlarning soni 20-30 kishidan oshmas, ular ancha beqaror va mustahkam emas edi.
Urug’chilik tuzumi davriga kelib esa har bir urug’dagi kishilar uyushmasi 4-5 barobar oshib, urug’ ichidagi odamlar o’zaro mustahkam birlikga ega bo’lganlar. Urug’ va urug’chilik tuzumining kelib chiqishi tarixchilikning eng muhim va eng qiyin masalalaridan biri hisoblanadi. Urug’ jamoasi ibtidoiy to’daga nisbatan ancha progressiv ijtimoiy tashkilot hisoblanardi. Ibtidoiy to’daning urug’ jamoasiga aylanish jarayoni uzoq, tarixiy davrni bosib o’tadi. Urug’ bir-biriga qon-qarindosh, ancha mustahkam birlikka ega bo’lgan kishilar majmuasidan iboratdir.