Mezolit davrining mehnat va ov qurollari qanday bo`lgan?
Mezolit davrida iqlim va tabiat qanday bo`lgan?
Mezolit davrining manzilgohlari qanday bo`lgan?
Ibtidoiy jamoa tuzumining qaysi davrida o`q-yoy kashf etildi?
Uy hayvonlaridan it qachon xonakilashtirildi?
Bundan qancha yil ilgari muzliklar erib yer isiy boshlagan?
9-MAVZU. RIVOJLANGAN URUG’CHILIK JAMOASI.
Asosiy savollar:
Neolitda ona urug’i davri odamlarining muvaffaqiyatlari.
Eneolit va bronza asri. Rivojlangan dehqonchilik va chorvachilik. Birinchi ijtimoiy mehnat taqsimoti.
Matriarxatdan patriarxatga o’tish.
Tayanch tushuncha va iboralar:Ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi. Ibtidoiy jamoaning yangi shakllari. Jamoada oilalarning o’rni. Ilk dehqonchilik va chorvachilik. Jamoalararo va qabilalararo mehnat taqsimoti. Ibtidoiy jamiyatda oila.
1-asosiy savol: Neolitda ona urug’i davri odamlarining muvaffaqiyatlari.
Darsning maqsadi: Talabalarga neolitda ona urug`i davri odamlarining muvaffaqiyatlari mohiyatini ochib berish.
Identiv o`quv maqsadlari: 1.1. Neolit keramikaning paydo bo’lishi va toshga ishlov berishning yangi ancha yuksak texnikasi bilan xarakterlanishini tushunadi. 1.2. O’zlashtiruvchi xo’jalik formalaridan ishlab chiqarish formalarga o’tilishi mohiyatini tushuntiradi. 1.3. Neolit davrida, yana bir muhim texnika yutug`i loydan pishirib sopol idishlar yasalishi, keramika bilan harakterlanishini ko`rsatadi. 1.4. Neolitda to`qish-o`rish va to`quvchilikka asos solinganligini biladi. 1.5. Chorvachilik va dehqonchilikning vujudga kelishi odamning birinchi eng katta ishlab chiqarish g`alabasi ekanligini ko`rsatadi.