Ibtidoiy jamiyat tarixi


-asosiy savol: Sinflar va davlatning vujudga kelishi



Yüklə 281,48 Kb.
səhifə52/88
tarix19.11.2022
ölçüsü281,48 Kb.
#69869
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   88
Ibtidoiy jamiyat tarixi

3-asosiy savol: Sinflar va davlatning vujudga kelishi.


Darsning maqsadi: Sinflar va davlatning tashkil topishi uchun asos bo`lgan vositalar mohiyatini ochib berish.
Identiv o`quv maqsadlari: 3.1. Sinflar va davlatning tashkil topishiga baho beradi. 3.2. O’sha davrdagi davlat funksiyasi iqtisodiy jihatdan eng qudratli va siyosiy jihatdan hukmron sinfning apparati sifatida kambag`allar bilan qullarning manfaatlarini tiyib qo`yishdan iborat ekanligini tahlil qiladi.

  1. asosiy savol bayoni: Sinflar va davlatning tashkil topishi haqida, ya'ni qullikning azaliyligi to`g`risida, sinfiy mansublikka qaramay, barcha xalqlarning tinchlik-bardamligini saqlash maqsadida davlat barpo qilinganligi turli nazariyalar bor. “Zo`rlik nazariyasi” ayniqsa keng tarqalgan. Bu nazariya namoyondalari sinflar va davlat istilolar natijasida vujudga kelgan deb hisoblaydilar. Istilochilar yoki hukmron sinfni tashkil etgan va qul qilingan kishilarni o`z hokimiyati ostida saqlab qolish uchun davlat barpo qilgan emish. Bu nazariya noto`g`ridir.

Kosibchilikning dehqonchilikdan ajralib chiqishi bilan, savdogarlar sinfining paydo bo`lishi bilan qullik mustahkamlana borgan. Asta-sekin qullar ishlab chiqarish vositalaridan mahrum bo`lgan huquqsiz sinfni tashkil qilishgan. Ishlab chiqarish va iste'mol vositalari, shuningdek qullar egalaridan iborat quldorlar sinfi vujudga kelgan. Urug` va qabila boshliqlari, lashkarboshilar, kohinlar, savdogarlar quldorlar bo`lib qolishgan. Ular qo`lida boyliklar to`plana borgan sayin xalqdan ajralib urug`-qabila zodagonlarini tashkil etishgan. Urug` qabila zodagonlari eng yaxshi va katta yer uchastkalarini egallab olish hisobiga, shuningdek, jamoa a'zolarining, qullarning qo`shimcha mahsulotlarini o`zlashtirishi, bo`ysindirilgan qabilalardan o`lpon va xiroj to`latish hisobiga boyishgan. Qo`shimcha mahsulot jamoa a'zolarining sovg`alar, qurbonliklari shaklida va to`g`ridan-to`g`ri bosib olish yo`li bilan zodagonlar qo`liga tushgan. Bu ish ular uchun oson bo`lgan, chunki ular ijtimoiy mulkning qo`riqchilari hisoblangan. Lashkarboshilar harbiy o`ljalarning juda ko`p qismini tortib olib, o`z mulk boyliklarini ko`paytira borishgan.
Jamoa zodagonlari boyliklarining oshib borishi bilan bir qatorda mulkiy tabaqalanish kuchaygan, kambag`allar ommasi tobora ko`paygan, ular boy odamlarga qaram bo`lib qola boshlaganlar. Shu tariqa ishlab chiqarishda turlicha o`rin tutadigan va jamiyatda har xil manfaatlar bo`lgan, mulkiy jihatdan farq qiladigan odamlar guruhi tashkil topgan. Bunday sharoitlarda eski boshqarish organlari ishlay olmagan. Ular qul va quldorlarning, boylar va kambag`allarning manfaatlarini yurishtira olmagan. Yangi organlar bo`lishi talab qilingan, ular urug`chilik tashkilotidan tashqarida vujudga kela boshlagan, shu organlar bilan birga
davlat paydo bo`lgan. Shunday qilib “davlat aslo jamiyatga tashqaridan zo`rlab kiritilgan emas”.
Davlat jamiyat guruhlarining qarama-qarshi manfaatlarini kelishtirmagan. Davlat iqtisodiy jihatdan eng qudratli va siyosiy jihatdan hukmron sinfning apparati sifatida kambag`allar bilan qullarning manfaatlarini tiyib, qisib qo`ygan. Qarama-qarshi sinflarga ega bo`lgan davlatning asosiy vazifasi -funktsiyasi ana shundan iboratdir.
Davlatning ikkinchi vazifasi chegaralarni qo`riqlash va kengaytirishdir. Qabila aristokratiyasining yordamiga va shaxsiy drujinalarning kuchiga tayanuvchi oliy lashkarboshilar davlatlarga boshliq bo`lib olishgan. Bir qator joylarda erkaklarning yashirin ittifoqlari boshliqlari hokimiyatni mustahkamlashga yordam berishgan: bu ittifoqlar shakllanayotgan davlatchilik sharoitida sud-politsiya vazifalarini bajarganlar.
Dastlabki sinfiy jamiyatlar eramizdan avvalgi 1V ming yillik oxirida Sharqdagi eneolit davrida Nil, Dajla va Frot daryolari vodiylarida dehqonchilik bilan shug`ullangan xalqlarda paydo bo`lgan. Eramizdan avvalgi 111 ming yillik o`rtalarida hind vodiysida 11 ming yillikda Egey dengizi havzasida, Kichik Osiyoda, Finikiya, Janubiy Arabistonda, Xuanxe daryosi vodiysida davlatlar vujudga kelgan, eramizdan avvalgi 1 ming yillikda va eramizning 1 ming yilligida yer territoriyasining katta qismida davlatlar paydo bo`lgan.

Yüklə 281,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin