Ibtidoiy jamoa davri Quldorlik jamiyati Feodalizm davri O`quvchilarni arxeologiyaga oid materiallar to`plashga o`rgatish «Ibtidoiy jamoa tuzumi»


O`quvchilarni arxeologiyaga oid ma`lumotlar to`plashga o`rgatish



Yüklə 43,12 Kb.
səhifə10/11
tarix24.10.2023
ölçüsü43,12 Kb.
#160243
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Tarixiy o\'lkashunoslik va turizm

1. O`quvchilarni arxeologiyaga oid ma`lumotlar to`plashga o`rgatish
O`lkashunoslikni o`rganish uchun o`qituvchi o`lka va o`lkashunoslik nima, uni qaysi ilmiy va ommaviy adabiyotlardan o`qib o`rganish mumkin, o`lka muzey ekspozitsiyalarida, arxiv hujjatlarida o`z o`lkasiga oid qanday ma`lumotlar bor va nihoyat, o`lkashunoslikning birinchi manbai bo`lgan arxeologiya haqida batafsil ma`lumotga ega bo`lishi lozim.
O`quvchilarning arxeologiyaga oid ilmiy safarlar tarkibida ishtirok etishi juda katta ta`lim-tarbiyaviy axamiyatga egadir. Student va o`quvchilarni arxeologiyaga oid ishlarga jalb qilishdan avval ularni bu ishga puxta tayyorlash zarur. Qanday yodgorliklar arxeologiyaga oid yodgorlik sanaladi, arxeologiyaga oid yodgorliklarni qidirish turlari va uslublari nimalardan iborat kabi savollarga javob beriladi, mutaxassis-arxeologlar bilan uchrashuvlar o`tkaziladi, arxeologiya haqida o`qilgan adabiyotlar tahlil qilinadi. Muzey ekspozitsiyalarida namoyish qilingan materiallar bilan adabiyotda aks ettirilgan arxeologiyaga oid materiallar taqqoslanadi. O`qituvchilar tomonidan o`rganiladigan ob`ekt kartadan ko`rsatiladi va yo`nalishlari chiziladi. Natijada student va o`quvchilar arxeologiyaga oid yodgorliklarni o`rganishdan asosiy maqsadlari va vazifalari nimalardan iborat ekanligini bilib oladilar. Tadqiqot ishlarini qaerdan boshlash va qanday o`rganishni esa o`lkashunoslik to`garaklaridagi mashg`ulotlarda muhokama qiladilar.
To`garak mashg`ulotlarida: 1) tarixiy, moddiy yodgorlikning joyi va geografik sharoiti; 2) yodgorlikning nomi va turlari (qo`rg`on, shaharcha, makon va boshqalar); 3) yodgorlikning umumiy ta`rifi (uning hdjmi, saqlanish holati va boshqalar); 4) yodgorliklarni kvadratlarga bo`lib, o`sha joylardan, ya`ni er ustidan topilgan topilmalarni daftarga batafsil qayd qilish va tosh qurollar, sopol siniqlari rasmlarini daftarga tushirish ishlari muhokama qilinadi.
Bulardan tashqari yana: a) mahalliy aholi shu yodgorlik haqida nimalarni bilishi, bu haqda afsonalar borligini aniqlang. Bo`lsa, so`zlab berishlari iltimos qilinadi va ular yozib olinadi; b) agar yodgorlik o`sha mahalliy xalqlarning avlod-ajdodlariga tegishli bo`l£a, u holda biror madaniy qatlami qolganmi, uning chuqurligi, eni va bo`yi, qidirish jarayonida topilgan topilmalar yon daftarga yozib boriladi; v) topilgan ma`lumotlarning davrsh aniqlanadi; g) topilmalar yangimi yoki oldingi topilmalarni to`ldirish uchun xizmat qilishini aniqlash (bu yodgorlik arxeologiyaga oid kartaning qaysi nuqtasida joylashgan). Agar yangi bo`lsa, viloyat muzeyi yoki tarixiy obidalarni saqlash va muhofaza qilish qo`mitasiga xabar qilish vazifalari hdm yuklatiladi.
O`quvchilarga yangi arxeologiyaga oid yodgorliklarni qidirib topish ishlarida ishtirok etish juda qiziqarlidir. Bu o`quvchilarni mustaqil ishlash va ijod qilishga o`rgatadi. Demak, qish bo`yi olib borilgan tayyorgarlik ishlari birinchi marta mustaqil ravishda o`z o`lkasidagi ko`l va daryo bo`ylarida arxeologiyaga oid tadqiqot o`tkazishga imkon beradi. O`qituvchi bu ishni muntazam olib borishi kerak. Viloyat muzeylarida arxeologiyaga oid kataloglar mavjud. SHunga qarab o`qituvchi qaysi yodgorlikni ko`rish va kuzatish mumkinligini aniqlaydi va kuzatish rejasini ishlab chiqadi.
Arxeologiyaga oid yodgorliklar haqidagi adabiyotlardan, muzey ekspozitsiyalaridan o`rganilgan ma`lumotlarni boshqa manbalar bilan, ya`ni toponimik, yozma manbalar, arxiv hujjatlari bilan solishtirish yangi arxeologiyaga oid yodgorliklarni qidirib topishga imkon beradi. O`rganish manbai qilib olingan rayonning, ovul, qishloq, shaharchalarning toponimikasi o`rganilib, ularning ma`nolarini anglatuvchi lug`at tuzilsa, keyin u nomlar arxeologiyaga oid kartalarga tushirilsa, o`psh joy tarixini o`rganish juda qulay bo`ladi. Bu lug`at «O`zbekiston xalqlari tarixi»dagi madaniyatga tegishli mavzulardagi qishloq, shaxarlarga qo`shimcha qilib, o`z o`lkasidagi joy nomlari keltirilsa, maqsadga muvofiq bo`ladi.
Arxeologiyaga oid yangi yodgorliklarni qidirib topishda qadimgi aholi yashagan shahar va qishloqlar haqidagi yirik asarlar ham qimmatli manba bo`la oladi.
O`rta Osiyoning deyarli barcha joylarida mavjud bo`lgan «oqtepalar» haqida ma`lumotlar to`plash ham arxeologiyaga oid yodgorliklarni qidirib topishga kiradi. Bu baland-past «oqtepalar»ning hammasi xom g`ishtdan solingan feodal ko`shklarining xarobalaridan iborat bo`lib (sun`iy sug`orish ishlari rivojlanib, er egaligi paydo bo`la boshlagach, «dehqon» «deh» — er, «qon» yoki «hoqon» — egasi, ya`ni katta er egasi ma`nosida ishlatila boshlagan vaqtlar — davrlar o`tishi bilan bu so`z oddiy, er bilan ishlovchi kishilarga nisbatan aytiladigan so`zga aylangan), «dehqonlar» yashab o`tgan joylarning qoldiqlari ekanligini ko`rsatadi. Qidirishda ibtidoiy odamlar qaerlarda va qanday sharoitlarda hayot kechirganliklari ham hisobga olinadi. Ular ov qilish qulay, suvga yaqin bo`lgan erlarda, xususan, buloq, ko`l va daryo bo`ylarida hamda g`orlarda yashaganliklari uchun o`sha joylar tekshirilib ko`riladi. Agar shunday joylardan paleolit, mezolit, neolit va bronza davrlariga oid ma`lumotlar topilsa, demak, bu erlarda ibtidoiy odamlar hayot kechirgan degan xulosaga kelinadi va shu joyda arxeologiyaga oid qazishmalar o`tkaziladi. Bu joylarning tuproqlari ham tabiiy tuproqdan ajralib turadi. U erda kuygansimon tuproq, kuygan o`tinlarning ko`mirga aylangan qoldiqlari, kul va kuygan suyak qoldiqlari va x.ar xil mehnat qurollari topildi. Masalan, 1938 yili Surxondaryo viloyati Boysun tog`idagi Teshiktosh g`ori tekshirilganda bu joy must’e davrida yashagan odamlarning makoni ekanligi aniqlandi. G`orning qatlamlarida toshdan qilingan o`choqning o`rni, kul qatlamlari, ko`mir, turli hayvon va qushlarning suyaklari, must’e davriga xos qurollar ko`p topildi. Topilmalardan u davr odamlari ko`pincha ov bilan kun ko`rganligi ma`lum bo`ldi. SHunga o`xshash tosh qurollar Urgut rayonidagi Omonqo`ton g`oridan ham topildi.
Mezolit davri odamlari ko`proq daryo va ko`l bo`ylarida istiqomat qilganlar. Masalan, CHirchiq daryosi bo`ylarida, So`x vohasi atrofida, Bo`zsuv bo`ylarida hamda Ohangaron vohasidagi Ko`lbuloq atrofida shu davr odamlari yashaganlar.
Ayniqsa, jamoa xo`jaliklari xududlarida katta-katta binolar qurish maqsadida kotlovan (poydevor yotqizishuchun chuqurlik)lar qazilayotganda, yangi GESlar, ko`llar qurilayotganda ibtidoiy odamlarning yoki qadimgi va o`rta asr shaharlarining qoldiqlari topildi. Afrosiyobdagi ayrim yodgorliklarning topilishiga Toshkent — Samarqand shoh yo`lining qurilishi sabab bo`lgan edi. SHuning uchun xam bunday qurilishlardan oldin quruvchilar o`rtasida tushuntirish ishlari olib boriladi. endilikda maktab o`quvchilari va oliy o`quv yurti talabalari bu ishlarda faol qatnashmoqdalar. Erning ustidami yoki ostidami birgina arxeologiyaga oid topilmalarning topilishi o`sha er yoki unga yaqin bo`lgan biror joyda yodgorlik borligini bildiradi. Yo`q bo`lib ketgan hayvonlar turlarining saqlanib qolgan suyaklarining topilishi shu hayvonlar gavdasining tuzilishini o`rganish uchun naqadar axamiyatli bo`lsa, mehnat vositalarining qoldiqlari ham yo`q bo`lib ketgan ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalarni o`rganish uchun shu qadar axamiyatlidir. Iqtisodiy davrlar bir-biridan nimalar ishlab chiqarilgani bilan emas, balki qanday ishlab chiqarilgani bilan, qanday mehnat vositalari ila ishlab chiqarilgani bilan farq qiladi. Mehnat vositalari kishining ish kuchining naqadar rivoj topganini o`lchaydigan bir me`yor bo`libgina qolmay, balki mehnatning qanday ijtimoiy munosabatda amalga oshganini xam ko`rsatadi. Mehnat vositalari deyilganda asosan ishlab chiqarish qurollari nazarda tutiladi.
O`qituvchi rahbarligida o`tkazilgan turli xildagi ilmiy safarlar va ekskursiya hamda sayohatlar natijasida topilgan arxeologiyaga oid topilmalar maktabga qo`yilgach umumlashtiriladi, o`lkashunoslik to`garagida o`rganiladi, uning materiallaridan maktabda ko`rgazmalar tashkil qilinadi va maktab o`lkashunoslik muzeyi fondiga ekspozitsiya sifatida o`tkaziladi. O`quv jarayonida esa unumli daliliy ma`lumotlar sifatida foydalaniladi.
Keyingi yillarda Nizomiy nomli Toshkent Davlat pedagogika institutining tarix fakul’teti talabalari O`zbekiston Fanlar akademiyasi tarix va arxeologiya ilmiy-tadqiqot institutlari xodimlari bilan hamkorlikda bir necha marta arxeologiyaga oid ilmiy safarlarda bo`lib, qazishmalarda faol ishtirok etdilar. Bu qazish ishlari talabalarda arxeologiya faniga bo`lgan juda katta qiziqish uyg`otdi. Ularning bevosita yordami bilan tarix inson va jamiyat fanlarini o`qitish uslubiyati kafedrasi qoshida o`lkashunoslik muzeyi tashkil qilindi. Hozir fakul’tetdagi (kunduzgi, kechki va sirtqi bo`limlar bo`yicha) 2000 dan ortiq talaba o`z o`lkalarining tarixi bo`yicha referat yozmoqdalar. To`plangan bu referat materiallari umumlashtirilib, jonajon o`lqamiz tarixini o`rganish, tarix va inson va jamiyat fanlarini o`qitishda samarali foydalanib kelinmoqda.



Yüklə 43,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin