Ibtidoiy jamoa davri Quldorlik jamiyati Feodalizm davri O`quvchilarni arxeologiyaga oid materiallar to`plashga o`rgatish «Ibtidoiy jamoa tuzumi»



Yüklə 43,12 Kb.
səhifə9/11
tarix24.10.2023
ölçüsü43,12 Kb.
#160243
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Tarixiy o\'lkashunoslik va turizm

III. Feodalizm davri
Ekin maydonlarining ko`payib borishi, xususan sug`oriladigan erlarning kengayishi, qishloqlarning ko`payishi, er hosildorligini orttiruvchi sun`iy o`g`itlarning yaratilishi, suvni baland erlarga ko`taradigan charxpalaklarning va suv tegirmonining kashf qilinishi, paxta ekinining tarqalishi, meva navlarining yaxshilanishi yo`lidagi muvaffaqiyatlarning hammasi zamonaning ishlab chiqaruvchi kuchlarini o`stirib yuborgan va uni yangi feodal munosabatlarga olib kelgan yangi ijtimoiy voqea bo`ldi.
Bunday muhim sharoitda kushonlarning saltanatiga putur etib, inqirozga yuz tuta borishi bilan birga ichki ziddiyatlarga muvofiq diniy oqimlar o`rtasidagi munosabatlarning ham murakkablashmasligi mumkin emas edi.
III asrdan boshlab quldorlik davrining shaharlari xarobalikka yuz tutib, iqtisodiy hayot asosan alohida vohalarga, qishloqlarga ko`chadi. Er aristokratiyasi — «deh,qon»lar qishloqlarga, ariqlar boshiga kelib, ko`shklar bino qiladi. VI asrga kelib ular qullardan qurolli yigitlar — chokarlar saqlab, atrofdagi qishloq aholisini o`z foydasiga ishlatib kun kechiradi. SHu taxlitda Milodning I asrining 25 yilidan to IV asrning 50-yillariga qadar hukm surgan markazlashgan kuchli Kushon davlati tugab, har qaysi shahar atrofidagi vohada alohida-alohida mustaqil hukmdorlar paydo bo`ladi, ularning boshida «dehqon»larning vakili turadi.
Hozir Toshkent, Samarqand, Buxoro, Jizzah Farg`ona vodiysidagi va boshqa ko`plab shahdrlar atrofidagi sug`oriladigan erlarda baland-baland «oqtepalar» bor. Arxeologiyaga oid qazilmalar, bularning xdmmasi feodallarning xom g`ishtdan solingan feodal ko`shklarining xarobasidan iborat bo`lib, «dexqonlar» yapgab o`tgan joylarning qoldiqlari ekanligini ko`rsatadi. Akademik YA. G`.G`ulomovning kuzatishlari bunday ko`shklarning hozirgacha saqlanib kelganligini ko`rsatadi.
Feodallashish jarayonida ichki urushlar, xalq qo`zg`olonlarini bostirish uchun keskin choralar ko`rish natijasida ancha vayronagarchilik, qirilishlar bo`lib, butun-butun rayonlar vaqtincha bo`shab qolgan. SHunga qaramay, ishlab chiqaruvchi kuchlar rivojida ma`lum siljishlar bo`lgan. SHu siljishlarni madaniyat soxasida ham ko`rish mumkin. Masalan, Xorazmda Tuproqqal`a (IV asr) ko`shkini qazishda u erdan «podsholar zali» deb atalgan zal topilgan. Zalning atrof devorlariga taxmon singari ravoqlar ishlanib, ularning har biriga turli qiyofadagi kishilarning haykallari o`rnatilgan. Haykallar nihoyatda yuqori did bilan ishlangan. Professor S. P. Tolstov «Bu zalda Xorazmda Ofrig` xonadoniga mansub podsholarning haykali ota-bobolar ruhiga sig`inish tariqasida aks ettirilgan», deb aytadi. Bu joyda haykallardan tashqari, turli bo`yoqli devor suratlari ham bo`lib, undagi manzaralarda dengiz to`lqini, baliqlar, yirtqich hayvonlar, sozanda qizlar surati va boshqa narsalar tasvirlangan. Bu saroydan Xorazm shox.larining yozma hisob-kitob arxivi ham topilgan. Bular qadimgi Xorazm yozuvi bilan taxtaga va charmga bitilgan.
1938 yili VI — VIII asrlarga oid Xorazm pullaridagi yozuvlar yordamida ularning ko`pgina asoslari aniqlangan. Umuman, Tuproqqal`adan topilgan arxiv yozuvi fanga juda ko`p yangilik bergan.
1934 yili Samarqand yaqinidagi Mug`tepadan Panjakent hokimi Devashtichning VIII asrdagi arxivi to pildi. Arxivdagi so`g`diycha va arabcha xatlar asosida so`g`d yozuvining xususiyatlari aniqlandi, bu esa tarix faniga ancha ravshanlik kiritdi. Bunga Xorazm arxivining qo`shilishi esa O`rta Osiyodagi o`sha zamon hayoti va madaniyatiga doir ko`p masalalarni aniqlash imkoniyatini yaratdi.
Keyingi yillarda Surxondaryo viloyatida «Bolaliktepa» degan joyni qazish jarayonida uning bir zali devorlari odam suratlari bilan bezatilgan ibodatxona ekanligi ma`lum bo`ldi. Unda zeb-ziynatli kiyimlar kiyib, qo`llarida qimmatli qadahlar tutgan va tavoze bilan allaqanday bir ishorat ko`rsatib turgan erkak va ayol suratlari shubhasiz, moniy mazhabi ibodatxonasida o`tkazilayotgan marosimdan darak beradi. Bu bino V asr oxirlariga tegishli deb topildi.
1937 yildan boshlab to 1956 yilga qadar Buxorodan 40 km g`arbdagi cho`lda Varaxsha shahrining xarobalari tekshirilgan. Bu erda VII — VIII asrlarda Buxoro hukmdorlari solgan Rachfandun saroyining xarobalari topilgan. Unda 3 zal va bir ayvon ochilgan. Ayvonning oldi tomoni o`ymakor ganchdan qilingan dabdabali toqi varavoqlar bilan bezatilgan, ichkari tomoni allaqanday meva bog`larini, ov manzaralarini tasvirlovchi bo`rtma ganch suratlar, bulbullar, duldul otlar haykali bilan bezatilgan.
Zallarning birida oq fil mingan kishilar filga hujum qilayotgan allaqanday afsonaviy yirtqich hayvonlar, qoplonlar bilan olishib turgani, ikkinchi zalda rum qo`shinlari, yana bir devorda ustiga oltin taxt qo`yilgan qanotli tuya va boshqa ko`p ajoyib narsalar rang-barang bo`yoqlar bilan tasvirlangan,
Qadimgi Panjakent xarobasi marhum professor A.YU.YAkubovskiy boshchiligida qazilganda, u erda ham VII-VIII asrlarga doir shunday bino topilgan. Devorlarga bo`yoqli suratlar solinib, ularda dafn marosimi, bazm va allaqanday diniy bir marosim tasvirlangan.
Tuproqqal`a, Bolaliktepa, Varaxsha, Fayoztepa, Panjakentlarda topilgan rasmlarning san`ati va tasvirlarining boyligi ilk feodalizm madaniyatining o`z zamonasida ancha rivoj topganligini va mulkdorlik davrida an`anaviy ravishda taraqqiy qilib kelgan tasviriy san`atning bu davrga kelib avj olganini tasdiqlaydi. VIII asrda arablar istilosidan keyin bunday san`atga ham ahamiyat berilgan.
Bu davrda savdo-sotiq va hunarmandchilik, xususan, idishlarni sirlash va nozik shisha buyumlar ishlash rivojlandi.
SHaharlarning quldorlik, ilk feodalizm davrlaridagi va so`nggi asrlardagi tarixiy topografiyasi, arxitektura yodgorliklari va boshqa o`rta asr inshootlari hozirgi kunda ancha yaxshi o`rganilgan. eski Urganch, eski Marv, Buxoro, Xiva, Samarqand va boshqa bir qator shaharlarning tarixiga bag`ishlangan maxsus asarlar maydonga keldi. Bulardan tashqari, Samarqandda Go`r Amir maqbarasidagi mozorlarning ochilishi, Ulug`bek rasadxonasining qayta tiklanishi (1941, 1948, 1967), Shahrisabzda Amir Temur tomonidan soldirilgan bir dahmatsing 1933 yilda ochilishi va hokazolar ko`pchilikning e`tiborini o`ziga jalb etdi.
Garchi Ulug`bek rasadxona (observatoriya)si 1908 yili topilib, uning er ostidagi sekstant qismi qazib ochilgan bo`lsada, bu yodgorlikning er ustidagi shakli qanday bo`lgani noma`lum edi. Rasadxona 1948 yilda V.A.Shishkin boshchiligida qazilib, uning qanday bo`lganligi aniqlandi. Uni Bobur Mirzo uch qavatli azamat bino deb ta`riflagan edi. Arxeologlar qazish ishlari olib borishlari natijasida bino to`garak shaklda ekanligi, ichkarisi juda ko`p qismlarga bo`linganligi, hozirgi Samarqand madrasa va maqbaralari singari rang-barang koshinlar bilan bezatilganligi aniqlandi. SHu ma`lumotlarga asoslanib, arxitektor V.A.Nil’sen rasadxonaning tashqi ko`rinishini taxminiy ravishda chizib berdi.
SHunday qilib, respublikamizda keng ko`lamda olib borilgan arxeologiyaga oid tadqiqotlar tufayli xalqimizning uzoq o`tmishi, sug`orish sohasida asrlar davomida orttirgan tajribalari ochib berildi.
Keng ko`lamda respublikamizda olib borilayotgan arxeologiyaga oid tadqiqotlar tufayli O`zbekiston arxeologiyasining deyarli hamma davrlariga: paleolit, mezolit, neolit, eneolit, bronza va temir davrlari hamda antik dunyo va o`rta asrlarga oid juda ko`p xilma-xil ajoyib moddiy madaniyat yodgorliklari topib tekshirildi. Arxeologiyaga oid tekshirishlar natijasida to`plangan boy va qimmatli moddiy manba O`zbekiston xalqlarining qadimgi tarixini yoritish imkonini beribgina qolmay, balki o`rta asrlar tarixi, shuningdek, shaharlar «yoshini» aniqlashga ham katta yordam berdi.
Ozbekistonda arxeologiya fanining rivojlanishida yirik rus olimlari: A.YU.YAkubovskiy, S.P.Tolstov, M.E.Masson, A.P.Okladnikov, V.X.SHishkin, birinchi o`zbek arxiologi, akademik YAxyo G`omovning xizmatlari benihoya kattadir. Atoqli olim o`zining qisqa va mazmundor hayotida tarix fanlari doktori, professor, O`zbekiston Fanlar akademiyasining akademigi darajasiga ko`tarildi. Iste`dodli olimning fan sohasidagi faoliyatlari uchun unga O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan fan arbobi degan yuksak unvon berildi.
Olimning ijodiy faoliyati ham o`ziga xosdir. U 1926 yilda Toshkentdagi O`zbekiston erlar bilim yurtini, 1930 yili Samarqanddagi Pedagogika akademiyasini tamomladi. 1931-1932 yillarda Toshkent pedagogika texnikumida o`qituvchi bo`lib ishladi. YOshlik chog`idayoq keng ilmiy jamoatchilikning e`tiborini qozondi. Ilmga, tarixga chanqoqligini sezgan mashhur o`lkashunos arxeolog V. L. Vyatkin uni o`zi rahbarlik qilayotgan ko`hna Afrosiyobda olib borilayotgan qazishmalarda ishtirok etishga taklif etdi. YA. G`ulomov mustaqil arxeologik tadqiqotlarni ilk bor 1936 yili qadimgi Xorazm erlaridan boshladi. 1933 — 1940 yillarda O`zbekiston qadimgi davr va san`at yodgorliklarini muhofaza qilish qo`mitasi (Uzkomstaris)da ilmiy xodim, so`ngra ilmiy kotib bo`lib ishladi. YA. G`ulomov 1940—1943 yillarda sobiq SSSR Fanlar Akademiyasi O`zbekiston bo`limi Tarih til va adabiyot instituti arxeologiya bo`limining mudiri va 1943 yildan Ozbekiston FA Tarix va arxeologiya institutining qadimgi va o`rta asrlar tarixi sektori mudiri, institut direktori vazifasini bajaruvchi (1956-1959 yillar) bo`lib ishladi. «Xorazmning sug`orilish tarixi. Qadimgi zamonlardan hozirgacha» mavzuida doktorlik dissertatsiyasini yoqladi. YA. G`ulomov 1936 yildan to umrining oxirigacha bir qancha arxeologiyaga oid (Toshkent, Buxoro, Farg`ona, Xorazm va boshqa) otryadlarga rahbarlik qildi. YA. G`ulomov 4 jildli «O`zbekiston SSR tarixi», 2 jildlik «Samarqand tarixi» asarlarining mualliflaridan. YA.G`ulomovning O`zbekistonning sug`orilish tarixiga doir ilmiy ishlari qadimgi dehqonchilik massivlari (Amudaryo, Zarafshon, Qashqadaryo va boshqa daryolarning qadimgi o`zanlari)ni aniqlash va undan xalq xo`jaligi maqsadlari yo`lida foydalanishda katta ilmiy ahamiyat kasb etadi. YA.G`ulomovning O`zbekiston vodiy va vohalarida olib borgan arxeologiyaga oid tadqiqotlari O`zbekistonda qadimgi tosh davrlari: paleolit, mezolit, neolit, eneolit, jez va temir davrlarini o`rganishda muhim rol’ o`ynadi. YA. G`ulomov bir qancha xalqaro konferentsiya va simpozi-umlarda muhim ilmiy dokladlar bilan qatnashdi. O` ajoyib tashkilotchi va pedagog ham edi. Xalqlar Do`stligi ordenli Nizomiy nomli Toshkent Davlat pedagogika institutida O`zbekiston tarixi va arxeologiyasidan ma`ruzalar o`qib, ko`pgina hozirgi zamon talabiga javob beradigan pedagog kadrlar etishtirgan. 4 tomlik «O`zbekiston irrigatsiyasi» tarixiga oid masalalarni yoritishda faol ishtirok etgan. O`zbek Sovet entsiklopediyasi Bosh tahrir hay`ati a`zosi bo`lgan.
YAxyo G`ulomov bag`ri keng va mehribon, g`amxo`r odam edi. O`z shogirdlarig`a fan so`qmoqlari qiyinchiliklarini engish yo`llarini, ilmiy izlanish uslublarini, davr talablarini izchillik bilan qabul qilish va uni amalga oshirishda faol qatnashishlarini o`rgatish bilan ham respublika olimlari orasida katta obro`-e`tibor qozongan.
O`lkani o`rganishda, ayniqsa O`zbekiston vodiy va vohalarining tarixini, etnografiyasini, arxeologiyasini, toponimikasi va nodir qo`lyozma asarlarini o`rganishda tarix fakul’teti studentlari uchun YA.G`ulomov asarlari dasturamal bo`lib xizmat qilib kelmoqda. Ularning qunt va matonat bilan olib borgan arxeologiyaga oid tadqiqotlari tufayli jahon ahamiyatiga ega bo`lgan qator moddiy-madaniyat yodgorliklari kashf etildi.



Yüklə 43,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin