14-modda. Ichki ishlar organlarining mansabdor shaxslarini tayinlash va lavozimidan ozod etish O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri O‘zbekiston Respublikasi Bosh
vazirining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan
lavozim
iga tasdiqlanadi va lavozimidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan
ozod etiladi.
LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 109-moddasi. O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining o‘rinbosarlari O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimiga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar vaziri O‘zbekiston Respublikasi ichki
ishlar vaziri bilan kelishilgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi
tomonidan lavozimiga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
Oldingi tahrirga qarang. Viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining boshliqlari O‘zbekiston Respublikasi
ichki ishlar vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
(14- moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 23- maydagi O‘RQ-542-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son) Oldingi tahrirga qarang. Tumanlar va shaharlar ichki ishlar boshqarmalarining (bo‘limlarining) boshliqlari
Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar vazirining, Toshkent shahar va Toshkent
viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari boshliqlarining, viloyatlar ichki ishlar
boshqarmalari boshliqlarining taqdimnomalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi ichki
ishlar vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
(14- moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 27- oktabrdagi O‘RQ-797-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.10.2022-y., 03/22/797/0967-son) Oldingi tahrirga qarang. Ushbu moddaning birinchi
— beshinchi qismlarida ko‘rsatilmagan ichki ishlar
organlari xodimlarini lavozimiga tayinlash va lavozimidan ozod etish tartibi qonunchilikda
belgilanadi.
(14-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021- y., 03/21/683/0375-son)