Oldingi tahrirga qarang.
Ichki ishlar organlari jismoniy va yuridik shaxslarga
ushbu organlarning
vakolatlariga taalluqli elektron davlat xizmatlari ko‘rsatilishini, shuningdek hujjatlarni qabul
qilish va ro‘yxatga olishning, davlat xizmatlari ko‘rsatish jarayoni to‘g‘risidagi
xabarnomalarning elektron shakllari qo‘llanilishini qonunchilikka muvofiq ta’minlaydi.
(12-moddaning ikkinchi qismi
O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-
apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi,
21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ichki ishlar organlari jamoat tartibini, jamoat xavfsizligini ta’minlashda, jinoyatlar,
ma’muriy huquqbuzarliklarning oldini olishda, ularni aniqlashda, ularga chek qo‘yishda,
ularni fosh etishda, tergov qilishda hamda jinoyatlar, ma’muriy huquqbuzarliklarning sodir
etilishi holatlarini, hodisalar holatlarini hujjatlashtirishda,
shu jumladan jamoat joylarida,
shuningdek o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarayotgan ichki ishlar organlari
xodimlarining harakatlarini qayd etish
uchun texnik vositalardan, shu jumladan audio-,
foto- va video qayd etish vositalaridan foydalanishi mumkin.
Ichki ishl
ar organlarida davlat sirlarini yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa
sirni tashkil etuvchi ma’lumotlarni muhofaza qilish, shu jumladan kriptografik vositalarni
qo‘llagan holda texnik jihatdan muhofaza qilish ta’minlanadi.
Dostları ilə paylaş: