Ichki ishlar organlari to‘G‘risida


-modda. Yagonalik prinsipi



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/36
tarix20.11.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#166009
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
O

7-modda. Yagonalik prinsipi 
Ichki ishlar organlari huquqni muhofaza qiluvchi organlardir va O‘zbekiston 
Respublikasi ichki ishlar vaziri rahbarlik qiladigan yagona tizimni tashkil etadi. 
8-modda. Fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga 
rioya etish hamda ushbu huquqlar, erkinliklar va qonuniy manfaatlarni hurmat 
qilish prinsipi 
Ichki ishlar organlari o‘z faoliyatini fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy 
manfaatlariga rioya etish hamda ushbu huquqlar, erkinliklar va qonuniy manfaatlarni 
hurmat qilish asosida amalga oshiradi. 
Ichki ishlar organlari fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari 
ularning jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy 
mavqeyidan qat’i nazar, himoya qilinishini ta’minlaydi. 
Ichki ishlar organlarining fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini 
cheklovchi faoliyati, agar qonuniy maqsadga erishilgan bo‘lsa yoki ushbu maqsadga 
fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini cheklash orqali erishib 
bo‘lmasligi yoki erishilmasligi kerakligi aniqlansa, darhol to‘xtatiladi. 
Qiynoqlarga solish, zo‘ravonlik qilish, boshqa shafqatsiz yoki inson qadr-
qimmatini kamsitadigan tarzda muomalada bo‘lish ichki ishlar organi xodimiga 
taqiqlanadi. Ichki ishlar or
ganining xodimi fuqaroga qasddan og‘riq, jismoniy yoki 
ma’naviy azob yetkaziladigan xatti-harakatlarga chek qo‘yishi shart. 
Agar qonunda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, ichki ishlar organlari 
fuqaroning sha’ni, qadr-qimmatiga yoki ishchanlik obro‘siga putur yetkazadigan, uning 
shaxsiy hayotiga taalluqli bo‘lgan ma’lumotlarni oshkor qilishga haqli emas. 
Agar qonunda boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, ichki ishlar organlari har 
bir fuqaroga o‘zlarida mavjud bo‘lgan, uning huquqlari, erkinliklari va qonuniy 
manfaatlariga bevosita daxldor bo‘lgan hujjatlar hamda materiallar bilan tanishish 
imkoniyatini ta’minlashi shart. 
Ichki ishlar organi xodimi fuqaroga murojaat etganida: 
o‘z lavozimini, unvonini, familiyasini, ismini, otasining ismini aytishi, fuqaroning 
talabiga ko‘ra xizmat guvohnomasini ko‘rsatishi, shundan so‘ng murojaat qilishining 
sababi va maqsadini ma’lum qilishi; 
fuqaroga nisbatan uning huquq va erkinliklarini cheklovchi choralar qo‘llanilgan 
taqdirda, bunday choralar qo‘llanilishining sababini hamda asoslarini, shuningdek 
fuqaroning shu munosabat bilan yuzaga keladigan huquqlari va majburiyatlarini unga 
tushuntirishi shart. 
Ichki ishlar organi xodimi o‘ziga fuqaro murojaat etgan taqdirda, o‘z lavozimini, 
unvonini, familiyasini, ismini, 
otasining ismini aytishi, uni diqqat bilan eshitishi, o‘z 
vakolatlari doirasida tegishli choralar ko‘rishi yoxud qo‘yilgan masalani hal etish kimning 
vakolatiga kirishini tushuntirishi shart. 

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin