Ichki ishlar organlari to‘G‘risida


-bob. Ichki ishlar organlari



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/36
tarix20.11.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#166009
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
O

2-bob. Ichki ishlar organlari 
13-modda. Ichki ishlar organlarining tizimi 
Oldingi tahrirga qarang. 
Ichki ishlar organlarining tizimi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati 
ichki ishlar bosh boshqarmalari, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari, tumanlar va 
shaharlar ichki ishlar boshqarmalari (bo‘limlari), transportda xavfsizlikni ta’minlash 
boshqarmalari (bo
‘limlari), jazoni ijro etish muassasalari, ichki ishlar organlarining o‘ta 
muhim va toifalangan obyektlardagi bo‘linmalari, shaharcha ichki ishlar bo‘linmalari, 
mahalla huquq-tartibot maskanlari hamda ichki ishlar organlarining tayanch punktlari, 
shuningde
k ta’lim va tibbiyot muassasalari, ichki ishlar organlari zimmasiga yuklatilgan 
vazifalarni bajarish uchun tashkil etiladigan boshqa bo‘linmalar va tashkilotlardan 
iboratdir. 
(13-
moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 27-
oktabrdagi 
O‘RQ-797-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi
28.10.2022-y., 03/22/797/0967-son) 
Oldingi tahrirga qarang. 
Ichki ishlar organlari tizimiga o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli 
Kuchlarining harbiy xizmatchilari uchun qonunchilikda belgilangan tartibda huquqlar va 
imtiyozlardan foydalanadigan qorovul qo‘shinlari hamda xalqaro aeroportlarda 
xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha qo‘shinlar ham kiradi. 
(13-moddaning ikkinchi qismi 
O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-
apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 
21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 
O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri o‘z maqomiga ko‘ra O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tarkibiga kiradi. 
Oldingi tahrirga qarang. 
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bevosita O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentiga, qonunchilikka muvofiq ayrim masalalar bo‘yicha esa O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga bo‘ysunadi. 
(13-
moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-
apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 
21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 


Oldingi tahrirga qarang. 
O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri huquqbuzarliklarning oldini olish va 
ularning profilaktikasi holati to‘g‘risidagi axborotni yiliga ikki marta O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga taqdim etadi. 
(13-
modda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi O‘RQ-436-
sonli Qonuniga 
asosan beshinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2017-y., 24-son, 
487-modda) 
Ichki ishlar organlarining tashkiliy-shtat tuzilishi va shtat sonining eng yuqori 
chegarasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi. 
Oldingi tahrirga qarang. 

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin