Ichki savdo iqtisodiyoti uz Дарслик doc



Yüklə 4,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/93
tarix05.12.2023
ölçüsü4,82 Kb.
#174040
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   93
4-Ichki-savdo-iqtisodiyoti-1-qism-Darslik.-B.Abdukarimov.T-2007

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
6.1.1.1-chizma.
Savdo korxonalarining resurslari
www.sies.uz
Page 104 of 356 


105
Barcha resurslar 
Asosiy 
fondlar 
Aylanma 
fondlar 
(mablag‘lar) 
Tovar, firma 
belgisi 
Xodim-
lar soni 
Pul mablag‘lari 
(naqd va naqd 
bo‘lmagan) 
Mehnat 
predmetlari 
Litsenziya 
Xususiy 
Mehnat 
qurol-lari 
Potent 
Є
arzga olingan 
Nau-xau 
Muddati bir 
yilgacha 
bo‘lgan mehnat 
qurollari 
Muallif-lik 
huquqi 
Gidvul 
Jalb etilgan 
(tovarlarni kelishi va 
to‘lanishi davridagi 
farqida vujudga 
keladi) 
Franshiz-lar 
Tashkiliy va 
muddati uzayti-
rilgan harajatlar 
Pulga 
tenglashtirilgan 
qimmatli qog‘ozlar 
6.1.2. Asosiy fondlar tushunchasi, tarkibi va baholanishi 
Moddiy 
resurslar 
Nomoddiy 
resurslar 
(aktivlar) 
Mehnat 
resurslari 
Moliyaviy 
resurslar 
www.sies.uz
Page 105 of 356 


106
Asosiy fondlar moddiy resurslarning bir qismini tashkil qiladi. Ular savdo 
korxonalari faoliyatida ishlatiladigan mehnat qurollarining qiymatidan iborat 
bo‘lib, ishlab chiqarish va noishlab chiqarish shakllariga bo‘linadi.
Buxgalteriya hisobiga muvofiq asosiy fondlarga ishlatish davri bir yildan 
yuqori bo‘lgan, moddiy aktivlar qiymati kiradi. Bundan kelib chiqadiki, asosiy 
fondalrni natural-moddiy ko‘rinishi faoliyat jarayonida ko‘p yillar xizmat qiladi, 
ya’ni shakli o‘zgarmaydi va o‘z qiymatini qisman tovar qiymatiga o‘tkazib beradi.
Shunday qilib, asosiy fondlar – savdo jarayonida uzoq muddat, ko‘p 
marotabalab ishtirok etadigan, o‘z qiymatini tovarlarga qisman o‘tkazib turadigan 
mehnat qurollarini qiymatining puldagi ifodasidir.
Savdo korxonalarida asosiy fondlarning natural-moddiy tarkibi (elementlari) 
quyidagilardan iborat: 
I – arxitektura – qurilish ob’ektlari (do‘konlar, omborlar, ommaviy ovqatlanish 
korxonalari va h.k.); 
II – inshoatlar, qurilish ob’ektlari, har xil mahsulotlarni (neft) saqlaydigan joylar, 
ko‘prik inshootlari, har xil quduqlar, suv chiqaruvchi inshoatlar, har xil 
to‘siqlar (devor) va h.k.; 
III – uzatma mexanizmlar, elektr uzatmalari, bug‘, suv uzatmalari va inshoatlari, 
telefon uzatmalari va h.k.; 
IV – mashina uskunalar: bug‘lanuvchi mashinalar va qozonlar, elektr mashinalari, 
o‘zi yurar yoki siljiydigan elektrostansiyalar, kompressorlar, ko‘taruvchi 
kranlar, tovarlarni qadoqlash uchun uskunalar, texnologik va issiqlik beruvchi 
uskunalar, avtomat mashinalar: savdo avtomatlari, o‘lchov qurollar – 
dozatorlar va h.k. hamda o‘lchaydigan va boshqaradigan asboblar
laboratoriya uskunalari kiradi; 
V – asboblar va har xil mehnat qurollari, materiallarni qayta ishlash uchun har xil 
moslamalar; 
VI – xo‘jalikdagi ishlab chiqarish asbob-uskunalari: ishchi stollar, peshtaxtalar, 
savdo shkaflari, idishlar qo‘yiladigan har xil asbob-uskunalar, tovarlar va 
boshqa narsalarni saqlaydigan tokchali uskunalar (stellaj) va h.k.; 
www.sies.uz
Page 106 of 356 


107
VII transport vositalari: avtomobil vositalari, traktorlar, motorollerlar, mototsikllar, 
harakatchan suv transporti vositalari, omborxonalardagi ko‘taruvchi transport 
vositalari va h.k.; 
VIII xo‘jalikdagi mebellar, yonmaydigan shkaflar, yozadigan mashinkalar va h.k.; 
IX – kompyuter texnikasi – kompyuter, skaner, printer, kalonka, elektron pochta
faks va h.k.; 
X – ishchi va mahsuldor har xil hayvonlar (ot, tuya, sgir, cho‘chqa va boshqa 
hayvon va parrandalar); 
XI – ko‘p yillik hosil-meva beradigan daraxtlar, o‘simliklar va hududdagi har xil 
ko‘katlar; 
XII – yerlar, sug‘oriladigan melioratsiyaga tegishli inshoatlar, suv havzalari, yer 
uchastkalari; 
XIII – kutubxonalar va kutubxonalardagi asbob-uskunalar; 
XIV – ishlatish muddati bir yildan ko‘p bo‘lgan mehnat qurollari. 
Ishlab chiqarishga taalluqli asosiy fondlarga savdo korxonalarida to‘g‘ridan-
to‘g‘ri tovarlarni ishlab chiqarishdan iste’molchiga yetkazishda, oldi-sotdi 
jarayonini va savdo xizmatlari amalga oshirishda qatnashadigan mehnat qurollari 
kiradi.
Noishlab chiqarishga taalluqli asosiy fondlar tarkibiga savdo korxonasiga 
taalluqli ma’muriy va ilmiy-tadqiqot tashkilotlarga qarashli binolar, inshoatlar, 
jihozlar, uy-joy, kommunal xo‘jaligi, klublar, stadionlar, bog‘chalar, sanatoriyalar, 
poliklinika, shifoxonalardagi mehnat qurollari kiradi.
Asosiy fondlar oldi-sotdi va savdo xizmati jarayonlarida o‘zini natural-
moddiy shaklini saqlab qolgan holda, ko‘p marotalab, uzoq muddatda xizmat 
qilishi, o‘z qiymatini asta-sekin tovar qiymatiga o‘tkazishi, qiymatini aylanish 
xususiyati (asta-sekin iste’mol qilinishi va bir vaqtda shaklan o‘zgarishi) bilan 
aylanma fondlardan keskin farq qiladi. 
Shu sababli tovar resurslari, pul mablag‘lari asosiy fond bo‘la olmaydi.
Asosiy fondalr faol (aktiv) va passiv mehnat qurollariga bo‘linadi. Asosiy 
fondalrning faol (aktiv) qismiga – mashinalar, uskunalar, o‘lchash, sozlash 
www.sies.uz
Page 107 of 356 


108
asboblari va qurilmalari, kompyuter va hisoblash texnikasi (kassa apparatlari), 
transport vositalari kabilar kiradi. Yuqorida keltirilgan tavsifni III, IV, V, VI, VII, 
VIII va IX bandlarida keltirilgan asosiy fondalr elementalrini kiritish mumkin.
Passiv asosiy fondlarga savdo jarayonini amalga oshirishga shart-sharoit 
yaratadigan mehnat qurollari, ya’ni binolar, inshoatlar kiradi. Asosiy fondalrning 
xizmat qilish davri, ular qiymatini aylanish vaqti bilan belgilanadi.
Asosiy 
fondalr 
– 
mulk 
shakliga, 
ishlab 
chiqarishga 
aloqasi, 
ammortizatsiyaga nisbatan, amortizatsiya normasiga binoan va soliqqa tortilishiga 
nisbatan tavsiflanadi.
1.
Mulkka nisbatan – xususiy va arendalangan. 
2.
Ishlab chiqarishga qatnashishi bo‘yicha – ishlab chiqarish va noishlab 
chiqarish (savdoda ishlab chiqarishga – savdoga oldi-sotdiga taalluqli qurollar 
va noishlab chiqarishga – ma’muriy binolar, inshoatlar, jihozlar, uy-joy, 
kommunal xo‘jaligi, klublar, stadionlar, bog‘chalar, shifoxonalar).
3.
Amortizatsiyaga 
nisbatan 
– 
amortizatsiyalanuvchi 
va 
amortizatsiya 
qilinmaydigan. Oxirgisiga – ishchi va mahsuldor hayvonlar, kutubxona fondi,
ko‘p yililk ekinlar, o‘rnatilmagan jihozlar, konservatsiya qilingan vositalar 
(O‘zRVM qarori asosida), to‘la amortizatsiyalangan vositalar.
4.
Amortizatsiya normalariga qarab: 
20 % - kompyuter texnikasi, uning zarur jihozlari; yengil avtomobillar, taksi, 
avtotraktor texnikasi, maxsus instrumentlar va zaruriyatlar (prinadlejnosti). 
15 % - yuk avtomobillari, avtobus, maxsus avtomobillar va avto pritseplar, 
ishlab chiqarish mashinalari va jihozlari, ofis mebellari; 
8 % - dengiz, temir yo‘l, havo transport vositalari, jihozlari, 
elektrodvigatellar, dizel generatorlar, truboprovodkalar, elektroperedachi va aloqa 
jihozlari; 
5 % - bino, inshoatlar; 
10 % - yuqoridagilarga kiritilmagan boshqa amortizatsiyalanuvchi asosiy 
fondlar. 
Asosiy fondlar baholanishi – boshlang‘ich qiymati, tiklanish qiymati, qoldiq 
www.sies.uz
Page 108 of 356 


109
qiymati bo‘yicha baholanadi.

Yüklə 4,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin