47
Tadbirkorlik – bu daromad olish maqsadida ishlab chiqarishni tashkil
qilish va tayyorlangan mahsulotni sotish va aholiga xizmat ko‘rsatish hamda
oldi – sotdi bilan shug‘ullanadigan kishilar faoliyati, ya’ni foyda olish
borasidagi harakat (faoliyat) tushuniladi. Uni «Xufyona» va «Madaniy» shakllari
mavjud.
«Xufyona»si davlatdan yashirin faoliyat olib boruvchi, chayqovchilik,
yulg‘unchilik, haridorlar xaqiga xiyonat va va h.k.o.
«Madaniy»si
–
umuminsoniy
fazilatlardan
tashqari
quyidagi
xususiyatlarga ega bo‘lishi kerak:
- tashabbuskorlik va imkoniyatlarni izlash;
- tavakkalchilik;
- bozorni (konyukturasini) o‘rganish;
- o‘z kuchiga ishonish.
Savdoda tadbirkorlik o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Ularga quyidagilarni
kiritish mumkin.
Birinchidan, savdoni bajaradigan funksiyalaridan kelib chiqib, boshqa
tarmoq va sohalardagi tadbirkorlardan farqli funksiyalar bajaradi.
Ikkinchidan, savdoning xo‘jalik mexanizmidan kelib chiqib, uning tarkibi,
boshqarilishi xo‘jalik aloqalari, moliyaviy resurslarni shakllanishi, daromad
manbalari va harajatlari shakllanishi kabilarda savdodagi tadbirkorlik
boshqalardan keskin farq qiladi.
Uchunchidan, mehnat jarayoni ham o‘z xususiyatlariga ega.
To‘rtinchidan, savdodagi tadbirkor bir tomonda ishlab chiqaruvchilar,
ta’minotchilar bilan, ikkinchi tomonda yuzlab va minglab haridorlar bilan
munosabatda bo‘ladi, shu sababli ularni kasbiy mahorati, psixologiyasi, o‘zgacha
shakllanadi.
Dostları ilə paylaş: