Ichki savdo iqtisodiyoti uz Дарслик doc


 Shaxsiy iste’molni qondirishda savdoning ahamiyati



Yüklə 4,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/93
tarix05.12.2023
ölçüsü4,82 Kb.
#174040
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   93
4-Ichki-savdo-iqtisodiyoti-1-qism-Darslik.-B.Abdukarimov.T-2007

 
2.2.4. Shaxsiy iste’molni qondirishda savdoning ahamiyati. 
 
Savdoning asosiy vazifalaridan biri iste’molchilarga xizmat qilish bo‘lib 
www.sies.uz
Page 42 of 356 


43
hisoblanadi. 
Iste’mol takror ishlab chiqarish jarayonining to‘rtinchi va oxirgi fazasi. U 
mahsulotlarning harakatini oxirgi bosqichi. 
Iste’molda (ishlab chiqarish va shaxsiy) tovarlarni iste’mol qiymati 
namoyon bo‘ladi, tan olinadi.
Savdoning shaxsiy iste’mol bilan aloqasi aholining iste’mol tovarlariga 
ehtiyojini qondirish amalga oshadi. 
Savdoda alohida shaxs yoki iste’molchilar guruxi uchun mos keladigan 
tovarlari iste’mol assortimenti shakllanadi. Uzluksiz savdo amalga oshiriladi, 
ya’ni talabni uzluksiz qondirib borish jarayoni ta’minlanadi.
Shaxsiy iste’mol orqali insoniyat ishchi kuchini takror (qayta) ishlab 
chiqaradi. Bu esa ishlab chiqarishni rivojlantirishga manfaat tug‘diradi, chunki 
har qanday tarmoq ishchi kuchi bilan uzluksiz ta’minlanishi zarur. 
Savdoda ehtiyojni shakllantirish orqali iste’mol tarkibiga, aholining umr 
va yashash darajasini oshirishga bevosita va bilvosita ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, 
tovarlarni reklama qilish orqali (tovarlarning iste’mol funksiyasi, sifati, bahosi 
va h.k.) aholi ehtiyojini shakallantirish. Reklama, har xil turdagi savdo 
shaxobchalarini tashkil qilish (elita yoki arzon bahodagi savdo shaxobchalari 
tashkil qilish kabi) orqali aholining ijtimoiy-iqtisodiy guruhlari orasida iste’mol
darajasi va tarkibini tartibga solishdek murakkab vazifani amalga oshiradi. 
Savdo har xil foydali maslahatlar berish orqali oqilona iste’molni 
shakllantiradi. Bu esa aholining hayotini va iste’mol darajasini ortishiga olib 
keladi. 
Savdo shahobchalarida progressiv savdo texnologiyalarini joriy etish, 
haridorlarga zaruriy shart-sharoitlar yaratish bilan aholining tovar sotib olish 
harajatlarini (tovar sotib olishga va iste’mol uchun sarflangan mehnat va moddiy 
harajatlar), tovar sotib olishga sarflangan vaqtini tejashga ijobiy ta’sir qiladi. 
Aholining bo‘sh vaqti esa jamiyatning boyligi, uning taraqqiyoti uchun asosiy 
omillardan biri bo‘lib hisoblanadi. Savdoda aholini vaqtini tejashga imkoniyat 
yaratish orqali ularni bo‘sh vaqtlarini oshiradi. 
www.sies.uz
Page 43 of 356 


44
Tayanch iboralar: Savdo, pul, tovar, tovar ayriboshlash, funksiya. 
Takrorlash uchun savollar. 
1.
Savdo nima? 
2.
Pulning vujudga kelishi? 
3.
Savdoning funksiyalari? 
4.
Savdoning ijtimoiy shakllari? 
5.
Savdoning ahamiyati? 
6.
Shaxsiy iste’molni qondirishda savdo qanday ahamiyatga ega? 

Yüklə 4,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin