Ichki savdo iqtisodiyoti uz Дарслик doc



Yüklə 4,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/93
tarix05.12.2023
ölçüsü4,82 Kb.
#174040
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   93
4-Ichki-savdo-iqtisodiyoti-1-qism-Darslik.-B.Abdukarimov.T-2007

bir qismi unga tabiatan
berilgan bo‘lib, ulardan foydalanish uchun insoniyatdan 
www.sies.uz
Page 6 of 356 


ortiqcha mehnat va moddiy harajatlar sarf qilish talab qilinmaydi. Bularga havo, 
quyoshning nuri, suv kabilar kiradi. (bu yerda hayotning boshlang‘ich etapi 
to‘g‘risida gap ketyapti.) Albatta ilmiy – texnik taraqqiyot asosida hayotning 
rivojlanishi bu guruh moddiy borliqlar uchun ham aqliy va jismoniy mehnatni, 
moddiy resurslarini sarf qilish zaruriyatini tug‘diradi. Bular tabiatan berilgan in’om 
hisoblanadi. Ular erkin taqsimlanadi, hammani ehtiyojiga yarasha, sarf qilgan 
mehnatni yoki jamiyatda tutgan o‘rni, mavqeyidan qat’iy nazar. Ikkinchi kategoriya 
moddiy borliq hayotda chegaralangan bo‘lib, insonning mehnati bilan, tabiatdagi 
moddiy borliqni o‘z ehtiyojiga moslashtirish natijasida ishlab chiqiladi.
Bu 
ikkinchi kategoriya
moddiy boyliklar kam, yoki ularni yaratish
chegaralangan bo‘lib, ularni ishlab chiqish uchun mehnat moddiy va moliyaviy
harajatlar zarur bo‘ladi. Shuning uchun ham ular xo‘jalik yuritish natijasida vujudga 
kelgan vositalarga kiradi. 
Mana bu moddiy boyliklar xo‘jalik yurituvchilarni va iqtisodchi – 
nazariyotchilarni qiziqtiradigan, ular o‘rganadigan, tadqiqot qiladigan jarayondir.
Shuni ta’kidlash joizki, bu moddiy boylikni kichik bir qismi yo‘q bo‘lsa, yoki 
isrof qilinsa, u yo‘qotish, zarar sifatida qabul qilinadi, chunki uni o‘rnini to‘ldirish 
uchun yangidan resurslarni harajat qilish, vaqt sarflash zarur bo‘ladi. 
Shuning uchun bu boyliklar alohida ahamiyatga sazovor bo‘lib, ular 
insonlarning moddiy farovonligiga bog‘liqdir. Ular xo‘jalik yurituvchining alohida 
e’tiboriga olinadi, baholanadi. Xo‘jalik yurituvchilar, iste’molchilar, bu tipdagi 
moddiy borliqni tejamli sarflashga harakat qiladi. Shuning uchun ham ularni ishlab 
chiqish, maqsadga muvofiq hisob – kitob asosida, xo‘jalik faoliyati yuritish 
natijasida vujudga keladi.
Xo‘jalik faoliyatining maqsadga muvofiqligi ikki tomonlama harakterga ega. 
Birinchidan,
texnikaviy, ya’ni tabiiy resurslarni inson ehtiyojlariga eng 
yangi, qulay vositalar asosida moslashtirishdir. Xo‘jalik faoliyatini texnik 
tomonlarini texnik fanlar o‘rganadi. 

Yüklə 4,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin