4. Texnik loyihalash va modellashtirish uchun kerakli materiallar.
III. Xulosa
1 Modellashtirish va modelli - texnik tajriba.
1 Modellashtirish va modelli - texnik tajriba.
Har xil turdagi texnik obyektlarning modeli tajriba tekshiruvchi o‘quvchilarning bilish faoliyatini rivojlantiradi.
Ma’lum bir texnik obyektni tajribadan o‘tkazishda qonunlar asosida chiqarilgan xulosa va umumlashtirish natijasida boshqa sohada ishlatiladigan mashina va qurilmalarga qo‘llay olish bo‘yicha bilimlarini shakllantirishga vositasi bo‘lib xizmat qiladi.
Qishloq xo‘jaligi yoki korxonada o‘tkazilayotgan o‘quvchilarning texnik ijodkorligi amaliy faoliyatning maxsus shakli hisoblanadi.
Xarakteri bo‘yicha – bu tajriba, yo‘nalishi bo‘yicha ishlab chiqarish faoliyati, vazifasi bo‘yicha ta’lim va tarbiya. Bunday turdagi texnik ijodkorligi faoliyatini o‘quv-ishlab chiqarish texnik tajribasi sinfiga ajratish mumkin. Bu masalaga ikki tomonlama qarash maqsadga muvofiq: Birinchi tomondan - bu metod ya’ni o‘quvchilar ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan yangi texnik obyektni yaratish yoki tuzilishini o‘zgartirish ishlarida ishtirok etadilar. Bunday tajriba o‘quv xarakteriga ega bo‘lishiga qaramay ishlab chiqarishning asosiy vazifalari ya’ni uning tarkibiga kiradi. Asosiysi bunda o‘quvchilar bilim tajriba o‘tkazish ko‘nikmasini hosil qiladilar.
Ikkinchi tomondan bunday turdagi tajribalar o‘quvchilarning egallagan nazariy bilimlarini ishlab chiqarishga joriy qilish, ya’ni tabiiy bilish qonunlarni o‘zining harakatlari orqali bilish faoliyatini haqiqiy ishlab chiqarish sharoitida texnikaga qo‘llash yo‘llarini ochib beradi.
O‘quv-ishlab chiqarish texnik tajribalari o‘quvchilar politexnik ta’limining nazariya va amaliyot birligi natijasi hisoblanadi.
Texnik modellashtirish jarayonida konstruksiyalash elementlarini o‘rgatish tajribasini qator murakkab vazifalarni qo‘yidagi tartibda bajarish ayni maqsadga muofiqligini ko‘rsatadi: