Texnik modellashtirishga kirishishdan oldin «model» va «maket» tushunchalarini aniqlab olish zarur. Model haqiqatdan obyektning yoki undagi asosiy uzellarning nusxasidir. Shuningdek, u harakatlanadigan va o’z namunasi (haqiqiy obyekt) ning funksiyalarini ixcham holda bajaradigan ham bo’lishi kerak. Maket - obyektning konsturktsiyasini yaqqolroq tasawur etish imkonini beradigan umumiy hajmi tasawurdir. Ishlabchiqarish sharoitlarida yangi mashinalarni yaratish jarayonini ham, o'quv ustaxonalarida texnik modellarni yasash jarayonini ham quyidagi jihatlarga e'tibor qaratiladi: texnik maqsadning (mashinalar) mexanizmlar konstruktsiyasini, modellar yasash fikrining vujudga kelishi: o’ylangan texnik maqsadga, texnik talablar qo'yish: konstruktsiya eskizlarini tuzish va uni muhokama qilish, texnologik jarayonni ishlab chiqarish hamda kerakli materiallar va asboblarni tanlash; mo'ljallangan buyum detallarini tavyorlash va ularni uzellarga, uzellarni buyumlarga yig'ish, buyumni ishlatib sinash va rostlash.
O’quvchilarning konstruktorlik qidiruv faoliyatining mantig i va strukturasi. O'quvchilaming texnik ijodkorligi integral xarakterga ega, ya’ni u bilish - qayta qurish faoliyatini o’zaro bir-biriga bog’liq bo’lgan nazariy tekshirish, tajriba, texnik masalalarni yechish, model va qurilmalarni real holatda ishlatish, uni sinash kompleksi bilan belgilanadi. Shu faoliyat orqali obyektiv borliq haqida atroflicha bilimga ega bo’ladi, oldinga surilgan nazariy g’oyani to'g'ri yoki noto'g'ri ekanligini amaliyotda tekshirib xulosa chiqarish bo'yicha ko'nikma va malaka hosil qiladilar. O’quvchilar har qanday yangi texnik obyektni yaratish jarayonida mustaqil organik jihatdan o’zaro bir-biriga bog’liq bo’lgan bosqichlardan iborat ekanligini anglab yetadilar.
Foydalanilgan adabiyotlar
Foydalanilgan adabiyotlar
Adabiyotlar:
1. S.P.Ikin, L.N.Nikolskiy, A.S.Dyachkov Vыchyeslityelnaya matyematika. M., «Prosvyeshyeniye, 1980