Mustaqil ravishda texnik obyektlarni va ularning modellarini loyixalash Reja: Kirish Asosiy qism


Texnik loyihalash va modellashtirishning metodlari



Yüklə 81,01 Kb.
səhifə7/10
tarix02.06.2023
ölçüsü81,01 Kb.
#122865
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Mustaqil ravishda texnik obyektlarni va ularning modellarini loyixalash

2.Texnik loyihalash va modellashtirishning metodlari

  • 2.Texnik loyihalash va modellashtirishning metodlari
  • Bilimlarni to‘g‘ri idrok etishlari, anglashlari, eslab qolishlari va amalda ijodiy qo‘llashlari, zarur ko‘nikma va malakalarni egallashlari uchun didaktika prinsiplari va o‘rganiladigan materialning xarakteriga muvofiq mehnat ta’limining eng samarali metodlaridan foydalanishi kerak. Ma’lumki ta’lim metodining turli klassifikatsiyasi mavjuddir. Mehnat ta’limi, unumli mehnat va talabalarning texnik ijodkorligi amaliyoti uchun eng ma’quli o‘zaro bog‘liq ikkita jarayon - pedagogning rahbarlik faoliyati va talabalarning mustaqil ijodiy faoliyati yaqqol namoyon bo‘ladigan - pedagog va talabalar ishining usullari bo‘yicha beriladigan metodlar klassifikatsiyasidir. Bu klassifikatsiya talabalarning mehnatga tayyorlanishi va unumli mehnatda asosiy o‘rinni egallaydi.
  • Ijodiy faoliyat metodlarining ana shunday klassifikatsiyasi sifatida quyidagilar qabul qilinishi mumkin:
  • Muammoli ta’lim metodlari - o‘quv materialini muammoli bayon etish, izlanish suhbatlari, tadqiqot metodi;
  • Og‘zaki metodlar - ijodiy suhbat;
  • Ko‘rsatmalilik metodlari - ratsionalizatorlik faoliyatini kuzatish, turli ijodiy ishlarni namoyish qilish;
  • Amaliy ish metodlari - talabalarning mustaqil ijodiy ishlari, texnik adabiyotlar va spravochniklar bilan ishlash;
  • Nazorat qilish metodlari - ijodiy topshiriqlarni tekshirish, texnik masalalarni hal etish va ularni nazorat qilish.
  • Bunda pedagogning vazifasi har bir amaliy mashg‘ulotda texnik ijodkorlikning turli metodlarini uyg‘unlashtirib, talabalar o‘quv materialini chuqur o‘zlashtirishini ta’minlashdan iboratdir.

Texnik ijodkorlikning turli metodlari va didaktik usullari o‘quv materialining mazmuniga va mashg‘ulotda hal qilinadigan didaktik hamda tarbiyaviy vazifalarga qarab har xil yo‘sinda qo‘shib va o‘zaro bog‘lab qo‘llaniladi.

  • Texnik ijodkorlikning turli metodlari va didaktik usullari o‘quv materialining mazmuniga va mashg‘ulotda hal qilinadigan didaktik hamda tarbiyaviy vazifalarga qarab har xil yo‘sinda qo‘shib va o‘zaro bog‘lab qo‘llaniladi.
  • O‘quvchilarni ijodiy faoliyati jalb etish bo‘yicha asosiy psixologik-pedagogik talablarni bajarish bilan birga bunday faoliyatning mazmuniga qo‘yilgan maqsadga va o‘quvchilarning yoshiga muvofiq metodlarni tanlash ham katta ahamiyatga ega.
  • Hozir qator samarador metodlar aniqlangan, ularga quyidagilar kiradi: buyumlarni konstruksiyalash (modellashtirish), manipulyativ konstrukstiyalash, ma’lumotlari qisqartirilgan texnik hujjatlarni qo‘llash, ijodiy masalalarni hal qilish, ijodiy topshiriqlarni bajarish, ilgari tayyorlangan konstruksiyalarni o‘zlashtirib, ishlarni qayta bajarish, xayoliy eksperiment, texnik vositalardan (shu jumladan trenajyorlar) foydalanib kamchiliklarni tuzatish kabilar. Ana shu metodlardan muayyan tartibda foydalanish o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini o‘stirish ularda texnik sohasidagi mehnatga qiziqish uyg‘otish imkonini beradi.
  • Texnik modellashtirish jarayonida asosan qo‘yidagi texnik xujjatlar bo‘lishi shart:
  • Texnik topshiriqlar (modellarning tuzilishi va ishlash prinsipining tavsiloti: unga qo‘yiladigan texnik talablar; umum-ta’limiy predmetlar bilan predmetlararo aloqaga ega bo‘lgan bo‘limlarni mustaxkamlash uchun savollar, tayorlangan konstruksiyani takomillashtirishga doir vazifalar)
  • Modelning, priborning umumiy ko‘rinishi va uzellari ko‘rinishining fotolari.
  • Kinematik va prinsipial sxemalar.
  • Modeldagi uzellar va detallarning shifrlari; ularning nomlari, material, chizmalarning, tipovoy texnologiyalari va tipovoy asbob-uskunalarining nomerlari ifodalanadigan spetsifikatsiya.
  • Tipovoy texnologik kartalar.
  • Tipovoy texnologik asbob-uskunalar.

Yüklə 81,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin