Ular ma’lumotlarni bir qismini spravochnik adabiyotidan foydalanib va buyum konstruksiyasini ishlashga ijodiy yondashib mustaqil holda topishlari kerak. qisqartirilgan texnologiya xujjatlarida ham chizmalarni o‘qish va ishlashga doir, ham konstruksiyalash va texnologik jarayonni tuzishga doir topshiriqlar nazarda tutilishi tavsiya etiladi. Shu tariqa studentlar yetishmaydigan detallarni topish uchun chizmachilikka shuningdek, konstruksiyalash va texnologiyaga doir muayan bilimlarni ijodiy qo‘llashlari kerak.

Qisqartirilgan texnik xujjatlarni bajarishda studentlar tobora murakkabroq vazifalarni xal qilishlari kerakligi xisobga olinadi.
Modellashtirishni o‘rgatishning uchinchi bosqichi-studentlarning model uchun texnik topshiriqni bajarish bo‘yicha mustaqil holda ishlashidir. Bunda studentlar uchun texnik adabiyotlar bilan ishlashga, konstruktorlik, texnologik va tashkiliy masalalarni hal qilishga, eskizlar, chizmalar, sxemalarni turli xisoblashlarni bajarishga, detallarni tayorlash va ulardan modelni yig‘ishga, uni ishda sinab ko‘rishga hamda tegishli tuzatishlar qilishga to‘g‘ri keladi.
Texnik modellar uchun ishlab chiqariladigan texnologik xujjatlarni ikki variantda bajarish mumkin:
Umumiy ko‘rinishning rasmi, tavsiloti, yig‘ish va detallashtirish chizmalari shaklida;
Umumiy ko‘rinishning fotosi, tavsiloti, uzellarning tuzilishi va detallashtirilgan chizmalarning, kinematik sxemalarning fotolari hamda modelga qo‘yiladigan talablar shaklida.
Texnik loyihalash va modellashtirishning tashkiliy shakllari
Ta’lim jarayonining eng muhim komponentlari - uning tashkiliy shakllari.
Oliy maktabni qayta qurish sharoitida konstruksiyalash - texnologik masalalarni hal qilish uchun ta’limning quyidagi shakllari eng samaralidir: texnik konstruksiyalash va modellashtirish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar; brigada, individual, zveno shakllari va ularning turli birlashmalari: har xil yoshdagi talabalardan iborat brigada va hokazolar.