Chizmalar eskizlarini o‘qish va tayorlanadigan detalllar konstruksiyasini tushuntirish.
Chizmalar eskizlarini o‘qish va tayorlanadigan detalllar konstruksiyasini tushuntirish.
Xisoblash asosida ayrim detallarning konstruksiyalarining o‘zgartirish, ana shu o‘zgarishlarni chizmaga kiritish va kinematik (prinsipial) sxema tuzish.
Detallarni biriktirish va mustaxkamlash yo‘llarini belgilash. Detallarni yig‘ish jarayonida ularni o‘rnatish joylariga ko‘ra konstruksiyalash.
Konstruksiyada yetishmaydigan detallar va uzellarni loyixalash. Kinematik va prinsipial sxemalar bo‘yicha detallarni konstruksiyalash. Texnik talablar, shuningdek, topshiriq bo‘yicha yoki ixtiyoriy ravishda detallar tayorlash. Detallarni uzellarga, uzellarni modelga yig‘ish va modelni ishda sinab ko‘rish. Aniqlangan kamchiliklarni tuzatish, modellarni takroran ishda sinab ko‘rish va pardozlash.
Xar bir bosqichni bir muncha batafsil tushuntiramiz.
2. Agar talabalar bilish-ijrochilik faoliyati doirasida tayyor texnik-texnologik xujjatlar bo‘yicha model yasasalar, ular birinchi galda modelning konstruksiyasini, detallar va uzellarning eskiz hamda chizmalarini, ularga ishlatilgan materiallarni o‘rganadilar, har bir detalni, uzelni va umuman modelni sinchiklab konstruktiv analiz qilib, mana shu modelga xos konstruktiv va texnnologik nuqsonlarini aniqlaydilar.
Talabalar olingan ma’lumotlar asosida detalga, uzelga tegishli konstruktiv o‘zgartishlar kiritadilar, ularning pishiqligi va ishonchliligi uchun kerakli xisoblashlarni amalga oshiradilar, chizmalardagi o‘lchamlar va geometrik shakllarni to‘g‘irlaydilar, modelning o‘zgargan konstruksiyasining kinematik (prinsipial) sxemasini tuzadilar. Detallar, uzellar va mexanizmlarning konstruksiyalarini tanlashda standartlash va unifikatsiyalash talablariga asoslanish lozim, ya’ni yangi nomukammal detallarni o‘ylab topmaslik, balki ko‘p marta amalda sinalgan, tayorlash va yig‘ish qo‘lay standart detallardan unifikatsiyalangan uzellar va mexanizmlardan foydalanish kerak.