www.sies.uz
Page 155 of 356
156
7 - bob: Xalq iste’moli tovarlariga bahoni shakllanishi
7.1. Baho va baholashtirishni mohiyati va ahamiyati
7.2. Bahoning funksiyalari
7.3. Bahoning turlari
7.4. Bahoga ta’sir qiluvchi omillar
7.5. Bahoni aniqlashni metodologik masalalari (baholashtirish)
7.6. Bahoning mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish harajatlari
bilan bog‘liq bo‘lgan elementlari tarkibi
7.7. Bahoni davlat tomonidan tartibga solish
7.8. Baho va inflyatsiya
7.1. Baho va baholashtirishni mohiyati va ahamiyati
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish iqtisodiy jarayonlardagi bahoni ahamiyatini tubdan
o‘zgartirib yuboradi.
Ma’muriy-buyruqbozlik tizimida baho markazlashgan holda tasdiqlangan.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida bahoning oxirgi miqdori bozorda talab va taklif va
boshqa omillar ta’siri ostida shakllanadi. Lekin bu degani baho absolyut erkin
shakllanadi degan ma’noni bildirmaydi. Uning shakllanishi ko‘p bosqichlardan o‘tadi.
Baho davlat tomonidan tartibga solish mexanizmlari orqali chegaralanishi
mumkin.
Baho iqtisodiy kategoriya bo‘lib insoniyat taraqqiyotida tovar-pul muomalasini
vujudga kelishi bilan paydo bo‘lgan.
www.sies.uz
Page 156 of 356
157
Baho tovar qiymatining puldagi ifodasidir.
Baho bozorning elementi. Bozorning dahshatli raqobat shart-sharoitida
korxonalarning samarali ishlash uchun baholarni belgilashni asosli usullarini,
qo‘llanishini, marketingda oqilona baho siyosat va uni ketma-ket amalga joriy qilish
asosiy zaruriyat bo‘lib hisoblanadi.
Tovarning iste’mol qiymati va qiymati bor yoki ushbu xususiyatlarga ega
bo‘lgan narsa tovar deb yuritiladi. Tovarning qiymati unga sarflangan ijtimoiy zaruriy
mehnat miqdori bilan belgilanadi.
Ijtimoiy zaruriy mehnat – mavjud iste’mol qiymatni yaratish uchun, normal
sharoitda, jamiyatdagi o‘rtacha qobiliyat va mehnat intensivligida sarflangan umumiy
mehnatning miqdoridir.
Sarflangan ijtimoiy zaruriy mehnatning miqdorini aniqlash juda murakkab va
og‘ir jarayon hisoblanadi.
Baho iqtisodiyotni harakatga keltiruvchi kuch, vosita yoki intrument rolini
o‘ynaydigan iqtisodiy, tarixiy, ijtimoiy kategoriyadir. Bahoni iqtisodiy tushuncha
sifatida, uni hayotiyligini, doimiy insoniyat taraqqiyotida harakatda bo‘lib
kelganligini va ahamiyatini hech kimga asoslash va tushuntirish zaruriyati bo‘lmasa
kerak. Lekin, baho tushunchasi juda murakkab.
Oddiy hayotda, har bir kishi yoshligidan oldi-sotdi jarayonini kuzatadi yoki
ishtirok etadi. Turmush tarzida inson baho tushunchasi bilan to‘qnashadi va uni
o‘zining va boshqalarni moddiy faravonligiga qanday ta’sir qilishini anglaydi, tahlil
qiladi va xulosalar chiqaradi. Masalan: inson yuqori bahodagi tovarni qimmatli
ekanligini anglasa, past baholigi uning arzonligini, qimmatli tovar uning cho‘ntagiga
og‘ir botishi, past baholik tovar kam yuk bo‘lishini anglaydi. Shu bilan bir qatorda
nega tovarning bahosi yuqori yoki past darajada ekanligi, uning sabablari to‘g‘risida
haridor xulosa qilib o‘tirmaydi. Uni qiziqtiradigan masala, o‘ziga zarur bo‘lgan
tovarni o‘zining sotib olish qobiliyati miqdorida harid qilishdan iborat.
Iqtisodiyotda, hayotda baho nafaqat alohida tovarlarni oldi-sotdisini anglatadi.
www.sies.uz
Page 157 of 356
158
U umuman iqtisodiy munosabatlarni ya’ni tovarlarni va xizmatlarni ishlab chiqarish,
taqsimlash, ayriboshlash va nihoyat iste’mol qilish jarayonlarini ham tartibga soladi.
Bunday jarayon butun baholar majmuasi, ularni shakllanishi va o‘zgarish harakati
natijasida baholashtirish mexanizmi orqali amalga oshiriladi. Shunday qilib oddiy
haridorga baholashtirish mexanizmi kam ma’lum va uni bu masala kamroq
qiziqtiradi.
Iqtisodiyotda milionlab baholar baho tushunchasi orqali ishlatiladi, lekin bahoni
har xil turlari mavjud. Ular ulgurji, chakana, erkin, monopol, tartibga solingan, davlat,
shartnomali, jahon va hokazolar kabi (ushbu masalani alohida yoritamiz).
Baho tushunchasi, uni turlari, tarkibi, miqdori, o‘zgarish tendensiyalari bir
tomondan, ikkinchi tomondan baholashtirish tushunchasi, bahoni aniqlash usullari,
uslub va tartibi bilan bir-biridan farq qiladi. Shunday qilib baho iste’molchilar uchun
aniq ko‘rinib turadigan iqtisodiy tushuncha bo‘lsa, baholashtirish esa yashirin,
haridorga ko‘rinmaydi.
Shunday qilib baho tushunchasi va baholashtirish bir-biridan farq qiladi. Baho
iqtisodiy tushuncha, kategoriya sifatida namoyon bo‘ladi, baholashtirish esa, bu
bahoni aniqlash bilan bog‘liq bo‘lgan iqtisodiy jarayondir.
Baho tushunchasi ham allaqancha murakkabdir. Baho tushunchasi oddiy oldi-
sotdi (T-T) jarayoni, mehnat taqsimotini chuqurlashishi natijasida ayirboshlash «T-P-
T» yoki «T-P» jarayonlariga ayriboshlash jarayonini ajralishi natijasida vujudga
kelgan. Oddiy tovar ayriboshlashda tovar-tovarga tenglashtirilgan, asta-sekin bu
jarayon murakkablashib borib, tovarni tovarga tenglashtirish uchun boshqa bir
ekvivalentga ehtiyoj tug‘ilgan. Bunday narsa universal, barqaror, ijtimoiy qiymatga
ega bo‘lishi kerak bo‘lgan. Pul shunday tovar – vositachi rolini o‘ynaydigan
kategoriya sifatida kelgan.
Pul insoniyatni o‘z taraqqiyotida yaratgan eng yirik kashfiyotlardan biridir.
Tarixdan ma’lumki (pul tarixi 3000 yilalrga teng) tovar ayriboshlashda umumiy
ekvivalentlik rolini dastlab «Tovar-pul» ya’ni qimmatbaho metallar qo‘yilmasi
www.sies.uz
Page 158 of 356
159
(slitkasi) (eramizdan oldingi VII asrgacha) bajargan, keyinchalik «Tanga – pul» -
«Tangalar» (eramizdan oldingi VII asrdan - XIX eramizdagi asrgacha) o‘ynagan,
undan so‘ng «qog‘oz pullari» «banknotlardan» (hozirgi kungacha va nihoyat XX
asrni o‘rtasidan) «Elektron pul», «Kartochkalar» qog‘oz pullari bilan parallel harakat
qilib kelmoqda.
Pulning tarixini keltirishimizdan maqsad bahoning tarixini ayonlashtirishdan
iborat. Baho va pul tushunchasi bir-biriga yaqin bo‘lib, umuman «baho» so‘zi «pul»
so‘zining hosili bo‘lib hisoblanadi. Ushbu sababli bahoga nafaqat iqtisodiy-ijtimoiy
kategoriya sifatida, hamda tarixiy kategoriya sifatida ham qaraladi.
Bahoni tushunchasi va ta’rifiga ko‘p tomonlama qarash zarur.
Haridor nuqtai nazaridan, baho – tovar, narsa xizmat o‘lchov birligi uchun
to‘lanadigan pul miqdorini bildiradi.
Sotuvchi nuqtai nazaridan, boho – sotilayotgan tovar, narsa, xizmat o‘lchov
birligi uchun olinadigan pul miqdorini bildiradi. Lekin bu ta’riflar oddiy va bahoni
kelib chiqishini, asli mazmunini yoritmaydi.
Jamiyatdagi inson ehtiyoji uchun zarur bo‘lgan moddiy boyliklarni baholanish
va sotish nuqtai nazaridan ikki xil yirik guruhlarga ajratish mumkin, ya’ni insoniyatga
kerakliligi, foydaliligi, zaruriyligi, insonning yuqori ehtiyojlarini qondirish nuqtai
nazaridan baholanadigan guruhga va ishlab chiqarish, sotish harajatalridan kelib
chiqib baholanadigan guruhga ajratish zarur.
Birinchi guruhga noyob, kam miqdorda, haridorlarni yuqori daromadga ega
bo‘lgan guruhlariga mo‘ljallangan tovarlar va xizmatlar kiradi.
Ikkinchi guruhga jamiki insoniyat uchun zarur bo‘lgan, iste’mol tovarlari va
xizmatlari 80-90 % tashkil qiladigan qismi bo‘lib, ularni bahosi ishlab chiqarish va
sotish harajatalri, ushbu jarayonda ishtirok etuvchi sub’ektlar daromadlari, jamiyatga
zarur harajatlar yig‘indisi doirasida va boshqa ob’ektiv hamda sub’ektiv omillar
natijasida shakllanadi.
Birinchi guruhga kiritilagn tovarlar va xizmatlar bahosi ularni ishlab chiqarish,
www.sies.uz
Page 159 of 356
160
sotish va boshqa ijtimoiy zaruriy harajatlar qiymati bilan emas, balki zarurligi,
foydaliligi, ularga bo‘lgan talab miqdori bilan belgilanib, sotish bahosi asli
qiymatidan keskin farq qiladi, ularni bahosi juda yuqoriligi bilan farqlanadi.
Bular uchun baholashtirishni asosiy omillari sifatida bozor kon’yukturasi, talab
va taklif, daromadlar bo‘yicha iste’molchilarni tabaqalanishi, aholi daromadlarining
miqdori kabilar kiradi.
Ikkinchi guruh tovarlariga baho yuqorida keltirilgan miqdorlan kam baholansa
ishlab chiqaruvchilar inqirozga uchrashi muqarrar va jamiyat ham foyda ko‘rmaydi.
Bularni bahosi ishlab chiqarish va mehnat omillariga ko‘pdan bog‘liqdir. Ushbu
keltirilgan ijtimoiy-iqtisodiy haqiqat baho kategoriyasini ta’riflashda, nazariy tahlil
qilishda, uni miqdorini aniqlash (baholashtirish) jarayonlariga metodologik asos
bo‘lib hisoblanishi zarur.
Baholashtirishni yuqorida keltirilgan metodologik asoslaridan kelib chiqib,
bahoga ta’rif beradigan bo‘lsak, birinchi guruh tovarlar va xizmatlarni bahosi – ularni
ayriboshlash jarayonida, ya’ni oldi-sotdi jarayonida aniqlangan qiymatning puldagi
ifodasidir.
Ikkinchi guruh tovarlar va xizmatlar bahosi – ularning qiymatining puldagi
ifodasidir.
Tovarning qiymati unga sarflangan ijtimoiy-zaruriy mehnat miqdori bilan
belgilanadi.
Bahoga ta’riflarni umumlashtiradigan bo‘lsak bizning fikrimizcha bahoga
quyidagicha ta’rif berish mumkin.
Baho – tovar yoki xizmatni ijtimoiy zarurligi hamda unga sarf qilingan
ijtimoiy-zaruriy mehnat miqdoridan kelib chiqqan (yoki aniqlangan) qiymatining
puldagi ifodasidir.
Ma’muriy boshqaruv tizimida baholarning barcha turlari, jumladan iste’mol
tovarlariga chakana baholar davlat tomonidan tasdiqlangan va nazorat qilingan.
Bozor iqtisodiyoti baholashtirish jarayonini erkinlashtirishni taqozo qiladi.
www.sies.uz
Page 160 of 356
161
Lekin bu degan gap, «baholashtirish absolyut erkinlashtirilgan» degan fikrga asos
bo‘la olmaydi. (Bu masalani keyingi savollarda yoritamiz).
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida o‘zbekiston Respublikasida baholarni
bosqichma-bosqich erkinlashtirish qoidasi aniq maqsad qilib olinadi.
Baholarni erkinlashtirish sharoitida birinchidan, Davlat baho qo‘mitasi
umuman tugutiladi;
•
ikkinchidan, Moliya vazirligi tarkibida baholarni nazorat qilish bo‘yicha maxsus
boshqarma tuziladi. (o‘sha vaqtda «Antimonopol va narx-navo siyosatini o‘tkazish
bosh boshqarmasi));
•
uchinchidan, 1991-1994 yillarda amalda hamma turdagi va tayyor mahsulotladr
erkin baholarga o‘tkazila boshlandi. hukumatning «Narxlarni erkinlashtirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq 1992 yil 10 yanvardan boshlab keng
doiradagi ishlab chiqarish – texnika vositasi bo‘lgan mahsulotlari, ayrim turdagi
xalq iste’moli mollari, bajarilgan ishlar va xizmatlarning asosan (erkin) baholari va
ta’riflariga o‘tildi;
•
to‘rtinchidan, baholar 1992 yil yanvardan boshlab bosqichma-bosqich, ohistalik
bilan, aholini ijtimoiy himoyalashga qaratilgan kuchli choralarni oldindan ko‘rib
qo‘ygan holda erkinlashtirila boshlandi;
•
beshinchidan, 1993 yilda qat’iy belgilangan va tartibga solib turiladigan baholarda
sotiladigan va xizmatlar ro‘yxati ancha qisqartirildi. Shu yilda ulgurji baholarni
davlat tomonidan tartibga solish batamom to‘xtatildi, yonilg‘i-energitika
kompleksi mahsulotlari belgilangan eng yuqori rentabellik darajasi normativlari
bekor qilindi;
•
oltinchidan, 1994 yil oktyabr-noyabr oylarida iste’mol tovarlari asosiy turlarining
baholari erkin qo‘yib yuborildi, transport va kommunal xizmatlarining ta’riflari
oshirildi. Non va uning baholari, uy-joy kommunal xo‘jaligi hamda shahar
umumiy transporti xizmatlarining ta’riflarigagina qisman birinchi bosqichdayoq
baholarning to‘la erkinlashtirish masalasi yechilgan.
www.sies.uz
Page 161 of 356
162
7.2. Bahoning funksiyalari
Bahoning iqtisodiyotdagi o‘rni va ahamiyatini to‘la tushunib yetish, uning
funksiyalarini o‘rganish orqali yanada chuqurlashadi.
Bahoning birlamchi funksiyasi, uni «o‘lchov birligi» funksiyasi bo‘lib
hisoblanadi. Baho orqali tovar qiymatini hisob-kitob qilish mumkin, ya’ni tovar
uchun haridor qancha miqdorda pul to‘lash, sotuvchi esa qancha tovar (xizmat) uchun
pul olishi mumkinligi aniqlanadi. Baho oldi-sotdi jarayonida, pulni to‘lov vositasi
funksiyasini amalga oshirish va uni miqdorini belgilanishiga imkon yaratadi. Baho
orqali tovarlar va xizmatlarni umumiy summasi aniqlanadi (ularni sotilgan sonini
tegishli o‘lchov birliklarda bahosiga ko‘paytirish orqali). Ishchi kuchini va mehnatni
baholash ish haqini aniqlashga imkon beradi. Baho orqali ko‘p ko‘rsatkichlarni tahlil
qilish, prognozlash va rejalashtirish imkoniyati tug‘iladi.
Baho orqali tovarlar va xizmatlar qiymatni solishtirish imkoniyati yaratiladi.
Ularni qaysisi arzonroq ekanligi, unga qarab o‘zini sotib olish imkoniyatidan kelib
chiqib, talabiga yarasha harid qilish mumkinligi aniqlanadi.
Bahoning o‘lchov birligi funksiyasidan uning hisob-kitob funksiyasi hosil
bo‘ladi. Ushbu funksiya orqali qiymat o‘lchovlaridan hisobot olib borish uchun
xizmat qiladi.
o‘lchov birligi va hisob-kitob funksiyalari yordamida baho iqtisodiy
jarayonlarni tartibga solish vositasi sifatida xizmat qiladi.
Bahoning yana bir funksiyasini bu taqsimot bo‘lib hisoblanadi. Bu funksiya bir
tovardan ikkinchisiga talabni kuchishida va yetishmaydigan (defetsitligi) tovarni
ishlab chiqarishni kengaytirish, ortiqcha ishlab chiqarilayotganini qitsqartirish
jarayonida namoyon bo‘ladi. Natijada investitsiyani ham taqsimlanishiga, ya’ni bir
tarmoqdan ikkinchisiga yo‘naltirilishiga olib keladi.
Ushbu funksiya daromadlarni xo‘jalik sub’ektlari o‘rtasida taqsimlanishiga ham
www.sies.uz
Page 162 of 356
163
ko‘maklashadi.
Baho ijtimoiy funksiyani ham bajaradi. Chunki baho iste’molni hajmi va
tarkibini ham o‘zgartirishga olib keladi. Bahodan aholining yashash darajasi,
harajatlarining miqdori, minimal ehtiyoj savatining miqdori, oilaning iste’mol
byudjeti darajasi kabilar to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqdir.
Bahoning rag‘batlantirish funksiyasi ishlab chiqarishni rivojlantirish, tovarlar
va xizmatlarni sifatini oshirishda namoyon bo‘ladi. Bu funksiyani ta’sir qilish
mexanizmi ishlab chiqaruvchilarni baho orqali o‘z daromadlari va foydasini
oshirishga intilishdan kelib chiqadi.
7.3. Bahoning turlari
Jahon amaliyotida baholarning bir necha turlari mavjud va ishlatiladi.
Baholarning bir necha xil alomatlar orqali turlash mumkin. Baholarning turlanish
alomatlari va turlarini quyidagi jadvalda keltiramiz.
7.3.1 chizma
Dostları ilə paylaş: |