SST = IT + YAF
Sotilgan mahsulotlar miqdori (q
i
) va baho (r
i
) nuqtai nazaridan sotishdan
olingan sof tushum
SST =
∑
=
⋅
n
n
i
i
i
q
1
р
teng bo‘ladi.
Bu yerda: i – mahsulotlar turi;
n – mahsulot turlarining soni.
Ushbu formuladan kelib chiqib
i
mahsulotning bahosi (r
i
) teng bo‘ladi:
∑
∑
=
i
i
i
i
q
q
P
p
www.sies.uz
Page 172 of 356
173
Bahoning asosiy elementini mahsulot (ishlar, xizmatlar)ning ishlab chiqarish
tannarxi tashkil qiladi.
Mahsulot tannarxi deganda bevosita va bilvosita ishlab chiqarish bilan bog‘liq
moddiy, mehnat harajatlarining asosiy va nomoddiy aktivlar ammortizatsiyasi hamda
ishlab chiqarish tusidagi boshqa harajatlar qiymatining puldagi ifodasiga tushuniladi.
Mahsulotning ishlab chiqarish tannarxini tarkibidagi harajatlar ularning
iqtisodiy mazmunidan kelib chiqib quyidagi elementlar bilan guruhlarga ajratiladi:
•
ishlab chiqarish bilan bog‘liq moddiy harajatlar;
•
ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan mehnatga haq to‘lash harajatlari;
•
ishlab chiqarishga tegishli bo‘lgan ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar;
•
asosiy vositalar va ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo‘lgan nomoddiy aktivlar
ammortizatsiyasi;
•
ishlab chiqvarish tusidagi boshqa harajatlar.
Ushbu harajatlar alohida elementlardan tashkil topadi. Ularni tarkibi yuqorida
keltirilgan nizomda to‘la izohlangan.
Bahoning keyingi elementi korxonaning yalpi foydasi (YAF) bo‘lib
hisoblanadi. Yalpi foyda yo‘naltirilishi nuqtai nazardan korxonaning davr harajatlari,
moliyaviy faoliyat bo‘yicha harajatlar, favqulotda zararlarni qoplash, daromaddan
to‘lanadigan soliq va boshqa soliqlar va to‘lovlar hamda sof foydani shakllantirish
uchun ishlatiladi.
Ushbulardan kelib chiqib bahoning mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab
chiqarish va sotish harajatlari bilan bog‘liq bo‘lgan elementlari tarkibiga ishlab
chiqarish korxonasining davr harajatlari, moliyaviy faoliyat bo‘yicha harajatlar va
favqulotda zararlarni kiritish mumkin.
Davr harajatlari deganda bevosita ishlab chiqarish jarayoni bilan bog‘liq
bo‘lmagan harajatlar va sarflar tushuniladi.
Davr harajatlari quyidagi elementlarni o‘z ichiga oladi:
•
sotish harajatlari;
www.sies.uz
Page 173 of 356
174
•
ma’muriy harajatlar;
•
boshqa operatsiya harajatlari;
•
hisobot davrining kelgusida soliq solinadigan bazadan chiqariladigan harajatlar.
Bulardan tashqari baho elementiga moliyaviy faoliyat bo‘yicha harajatlar
hamda favqulotda zararlar kiradi.
Moliyaviy faoliyat bo‘yicha harajatlar – bu korxonaning moliyaviy faoliyatiga
ta’luqli harajatlar, ya’ni:
•
qarzlar va kreditlar bo‘yicha foiz to‘lovlari;
•
valyuta operatsiyalari bo‘yicha salbiy kurs tafovvutlari va zararlar;
•
qimmatli qog‘ozlarni chiqarish va tarqatish bilan bog‘liq harajatlar va boshqa
elementalrdan tashkil topadi.
•
Favqulotda zararlar – bu xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning odatdagi faoilyatidan
chetga chiquvchi hodisalar yoki operatsiyalar natijasida vujudga keladigan va ro‘y
berishi kutilmagan odatdan tashqari harajatalr moddalaridir.
7.7. Bahoni davlat tomonidan tartibga solinishi
Insoniyat taraqqiyotida barcha ijtimoiy formatsiyalarda davlat iqtisodiyotni
tartibga solishda katta ahamiyatga ega bo‘lib kelgan. Bozor iqtisodiyotining o‘ziga
xos kamchiliklari, takomillashmagan tomonlari iqtisodiyotni davlat tomonidan har
tomonlama tartibga solib turishni taqozo qiladi. Ular qatoriga quyidagi holatlarni
keltirish mumkin.
Birinchidan, raqobatni takomillashmaganligi sababli monopoliyalarni vujudga
kelish ehtimoli va ular o‘zlarini baholashtirish siyosati orqali jamiyat faravonligiga
ziyon keltirishi mumkinligi.
Ikkinchidan, jamiyatga hayotiy zarur bo‘lgan, ko‘p tovarlarni mavjudligi, lekin
bozor tomonidan ular yetarli darajada taklif qilinmagsligi. Bunday tovarlar asosan
ta’lim sog‘liqni saqlash, fan, madaniyat va boshqa sohalarda ko‘plab mavjud.
www.sies.uz
Page 174 of 356
175
Uchinchidan, atrof muhitni himoya qilish muammolari.
To‘rtinchidan, ishsizlik, inflyatsiya, iqtisodiy barqarorsizlik, daromadlarni
noteksiz taqsimlanishi.
Beshinchidan, aholini birlamchi zarur bo‘lgan tovarlar bilan ta’minlash
muammolari.
Oltinchidan, bolalar, yoshlar, nogironlar va nafaqaxo‘rlarni ijtimoiy himoya
qilish zaruriyati kabi va boshqa muammolarni hal qilish zaruriyatlaridan davlat
tomonidan iqtisodiy jarayon va hodisalarni, jumladan baholarni tartibga solishni
ob’ektiv ehtiyoji vujudga keladi.
Davlat tomonidan bahoni tartibga solish deganda, davlatni jamiyat xo‘jalik
faoliyatiga, aholining ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, ijtimoiy ahvolni yaxshilash
maqsadida, iqtisodiy-ijtimoiy siyosati orqali, huquqiy, ma’muriy, iqtisodiy richaklar,
usullar bilan o‘z ta’sirini o‘tkazishini tushunish lozim.
Ushbu richaglar va usullarga quyidagilarni kiritish mumkin:
I. Baholarni chegaralash orqali
1.1. Fiksirovat qilingan (belgilangan) baholar orqali;
1.2. Baholarni o‘zgarish koeffitsiyenti chegarasini belgilash;
1.3. Rentabellik darajasi chegarasini belgilash;
1.4. Baholarni deklaratsiya qilish;
1.5.Garantiyalangan harid baholar (qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga).
II. har xil norma va normativlar belgilash.
III. Tovarlar (xizmatlar)ni standartlash va sertifikatsiyalash.
IV. Iqtisodiy richaglar (dastaklar yoki tayanchlar) – soliqlar, boj bojlari va to‘lovlari,
bank foizlari, tariflar va h.k.
Baholarni chegaralash rivojlangan davlatlarda keng tarqalgan. Masalan: A
Є
SH,
Avstraliya, Italiya – 10% atrofidagi baholar, Yaponiya, Gresiyada – 20 %. Ayrim
iste’mol tovarlari qaytida maksimal chakana bahosi yozib qo‘yiladi. Undan
yuqorisiga sotish man etiladi.
www.sies.uz
Page 175 of 356
176
Ular asosan ayrim iste’mol tovarlariga qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga,
energoresurslarga, transport tashuvlariga va h.k. tarqatiladi.
Rossiyada, tabiiy monopoliyalar mahsulotlari va xizmatlariga, qimmatbaho
metallar baholari, yuk tashish, ularni yuklash – tushirish tariflari, pochta va elektron
aloqa xizmatalri tarifi, aholiga va xizmat baholari – gaz, elektroenergiya, yoqilg‘i,
kommunal xizmat, passajir transport, ayrim iste’mol tovarlariga va h.k. tegishlidir.
Davlat baholarni tartibga solishni quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha amalga
oshiradi:
- byudjet, pul-kredit va soliq siyosatlari orqali pul muomalasini tartibga solish
yo‘nalishi bo‘yicha;
- iqtisodiyot tarkibini takomillashtirish va takror ishlab chiqarish jarayonini
mutanosibligini ta’minlash;
- ijtimoiy, gumanitar, ekologik normalarni tasdiqlash;
- antimonopol siyosatni yurgizish;
- bevosita baholar, tariflarni normalashtirish, alohida tovarlar va xizmatlarga
baholarni belgilash, kommunal xizmatlarga tariflar belgilash va ularni chegaralarini
belgilash;
- tovarlar va xizmatlarni standartlash va sertifikatsiyalash;
- tashqi iqtisodiy aloqalarni tartibga solish va hokazolar.
Baholarni tartibga solishni quyidagi usullarini ishlatish mumkin:
- huquqiy (qonunlar va qonuniy hujjatlarni qabul qilish);
- moliyaviy-iqtisodiy (soliqlar, boj to‘lovlari, imtiyozlar, kreditlar foizi,
dotatsiyalar, byudjet taqsimoti);
- ijtimoiy (ijtimoiy himoya, ijtimoiy garantiyani ta’minlash, minimal ish haqi,
minimal ehtiyoj savati kabilarni ta’minlash, stipendiya, pensiya, nafaqalar belgilash);
- ma’muriy (ayrim tovarlar va xizmatlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri baholarni belgilash
yoki chegaralash – pastki va yuqori chegaralarni tasdiqlash).
Ushbu usullar bevosita va bilvosita ta’sir qilish yo‘nalishlari orqali amalga
www.sies.uz
Page 176 of 356
177
oshiriladi.
Baho va inflyatsiya
Baho, baholashtirish mexanizmi to‘g‘risida so‘z yuritilganda bahoga ta’sir
qiluvchi muhim omil sifatida inflyatsiya to‘g‘risida to‘xtalib o‘tish juda zarur bo‘lib
hisoblanadi.
Inflyatsiya – lotincha infiatio so‘zidan kelib chiqib bo‘rtmoq, bo‘rttirilish yoki
shishish ma’nosini bildiradi.
Iqtisodiyotda inflyatsiya pul birligini qadrsizlanishini, uning sotib olish
qobiliyatini kamayishini, muomalaga pul massasini real taklifiga nisbatan ko‘p
miqdorda ortib ketganligini anglatadi. Inflyatsiya baholarni ko‘tarilishiga,
qimmatchilikga olib keladi.
Inflyatsiyani kelib chiqish tabiati muomaladagi tovarlar va pul (naqd va naqd
bo‘lmagan) massasini o‘rtasidagi nomutanosiblik bo‘lib hisoblanadi. Pulning qiymati
pasayadi, ekvivalent tovar ta’minoti ta’minlanmay qoladi.
Inflyatsiya darajasi baholarni oyda yoki yilda necha foizga ortishi miqdori bilan
belgilanadi.
2005 yilda o‘zbekistonda inflyatsiya darajasi 7,8 % tashkil qildi. Jahondagi
iqtisodiyot amaliyotida inflyatsiyani yillik darajasi 2-3% bo‘lishligiga yo‘l qo‘yilishi
mumkinligi va bezararligi isbotlangan. Agar har oyda baholarni ko‘tarilishi bir necha
foizni tashkil qilsa iqtisodiy muhit buziladi.
Baholarni o‘sish miqdori oyida 50,0 % dan ortib ketsa giperinflyatsiya vujudga
keladi.
Inflyatsiyani real namoyon bo‘lishi ostida tovarlarni sifatini yaxshilanishi bilan
bog‘liq bo‘lmagan holda bahoni o‘sishi yotadi. Bahoni o‘zgarishi jamiyatda yoki
region miqiyosida chakana baholarni o‘zgarishini o‘rtacha miqdori orqali hisoblanadi.
Inflyatsiya iqtisodiyotdagi negativ hodisa bo‘lib, agar juda yuqori bo‘lsa
www.sies.uz
Page 177 of 356
178
iqtisodiy falokatga olib keladi.
Tayanch iboralar: baho, baholashtirish, tannarx, ijtimoiy zaruriy mehnat,
o‘lchov birligi, hisob-kitob, rag‘batlantirish, taqsimot, inflyatsiya, raqobat.
Takrorlash uchun savollar.
1.
Baho nima?
2.
Baholashtirish deganda nima tushuniladi?
3.
Baholashtirish bahodan nima bilan farq qiladi?
4.
Pul nima?
5.
Baho qanday funsiyalari bajaradi?
6.
Bahoni turlarni ayting va tushunchasini yoritib bering?
7.
Baholar qanday qilib davlat tomonidan tartibga solinadi?
8.
Bahoga qanday omillar ta’sir ko‘rsatadi?
9.
Tovarning ulgurji kalkulyatsion bahosi qanday elementlardan iborat bo‘ladi?
10.
Tovarning chakana kalkulyatsion bahosi qanday aniqlanadi?
11.
Sotuvchi bahosi, sotib oluvchi bahosi va bozor bahosini bir-biri bilan
bog‘liqligini ayting va ular qaysi omillar orqali tenglashtiriladi?
Dostları ilə paylaş: |