Ichki va tashqi faollik haqida tushuncha Reja


Faoliyatni egallashda faollik va ishchanlik. Ko`nikma va malakalar. Ularning shakllanish qonuniyatlari



Yüklə 57,3 Kb.
səhifə6/12
tarix22.09.2022
ölçüsü57,3 Kb.
#63983
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Ichki va tashqi faollik haqida tushuncha Reja

3.Faoliyatni egallashda faollik va ishchanlik. Ko`nikma va malakalar. Ularning shakllanish qonuniyatlari.
Faoliyatni egallashda aktivlik ya’ni, faollik muhim o`rin tutadi.
Harakat usullaridagi bu o`zgarishlar qanday yuz beradi va ularning psixologik mexanizmi qanday?
O`z negizi e'tibori bilan bu tadqiqot qilishga urinshilarni va tanlashni o`z ichiga oladigan mexanizmdir. Kishi muayyan harakatni bajarishga urinib ko`radi va uning natijasini nazorat qilib turadi. Muvaffaqiyatli sa'i-harakatlar, o`zini oqlagan mo`ljallar va boshqa usullari asta-sekin tanlanadi va mustahkamlanadi, muvaffaqiyatsiz chiqqanlari va o`zini oqlamaganlari esa qo`llanishdan chiqarilib, boshqalari bilan almashtiriladi. Muayyai harakatlar yoki faoliyat turlarini o`zlashtirish maqsadida ularni anglagan tarzda hamda ongli ravishda nazorat qilshiga va tuzatishga asoslangan holda ko`p martalab takroran bajarish faoliyati mashq deb ataladi.
Mashq qila borgan sari kishi harakatlari xarakterining o`zgarishi bu harakatlarni bajarish chog`ida uning psixik faoliyati tuzlishida yuz beradigan o`zgarishlarni aks ettiradi. Ongli tarzda nazorat qilinib va tuzilib turiladigan har bir yangi urinish harakat usullari va vazifalarini faqat eslab qolishdagina aks etmaydi. Odatda u vazifani tekshirish usullarining, uni hal qilishi va tuzatish yo`llarining ham o`zgarishiga olib keladi.
Misol uchun bir xildagi bir necha detallarga belgi qo`yish jarayonini takroran bajarib mashq qilayotganda o`quvchi faoliyatining tuzilishi qanday o`zgarishini ko`rib chiqamiz.
Birinchi detal. O`quvchi o`zi uchun yangi bo`lgan faoliyat oldida turibdi. Hozircha u bu ish qanday bajarilishini ko`rib va tushunib oldi, xolos. Jarayonni o`zi bajarishi uchun u o`qituvchining og`zaki ko`rsatmalarini, namoyish chog`ida idrok etilgan shakllarni harakat tiliga aylantirishi (ya'ni o`zining xususiy sa'i-harakatlarini tartibga solishi) talab qilinadi. O`quvchi ishni bajarishga urinarkan, o`z xatolarini payqagan va to`g`rilagan holda vazifaning «harakatlantiruvchi mohiyati» ni birinchi marta chinakamiga payqaydi va uni bajarish usullarini «mushaklari bilan his qila boshlaydi». Harakat manzarasiga, uning timsoliga sa'i-harakatlarni tartibga solib turish uchun zarur mushaklar sezgisi qo`shiladi.
Ayni shu yo`sinda eng asosiy qiyinchilik yengib o`tiladi, harakatni qay tarzda bajarish haqidagi timsoliy-mantiqiy tasavvurlar bilan uning amalda bajarilishi o`rtasida bog`lanish hosil bo`ladi. Shu tarzda ish jarayonining hissiy-harakat timsoli hosil qilinadi va konkret-aqliy jihatdan anglanadi, ya'ni harakatning bajarilishini boshqarib va nazorat qilib boradigan psixik modeli tarkib topadi.
Ikkinchi detal. O`quvchi ishga endi harakatlarni bajarish va boshqarish usullari haqida hissiy harakat tasavvuriga ega bo`lgan holda kirishadi. Shuning uchun ham so`zdan ishga, timsoldan harakatga o`tish bilan borliq qiyinchiliklarning ko`pchiligiga duch kelinmaydi. Jarayonlarni bajarishda sezilarli darajada siljish, keskin burilish va jadallik odatda ana shu tufayli sodir bo`ladi.
Uchinchi va turtinchi detallar. Detaldan-detalga o`tgan sari jarayonlarni bajarish usullarida unchalik katta o`zgarish ro`y bermaydi. Bu o`zgarishlar ortiqcha sa'i-harakatlarni istisno etish, noto`g`ri sa'i-harakatlarni to`g`rilash, bir-biriga bog`liq bo`lganlarnni birga qo`shib bajarishga ko`chish, ishni bajarish yo`llarini tobora ko`proq darajada standartlashtirish bilan bog`liq holda ro`y beradi. Ularning bajarilish usullari ana shunday tarzda standartlashtirilishi munosabati bilan ularni bajarish tobora avtomatlashib, ongning nazoratidan xalos bo`ladi, shartli refleks reaktsiyasi sistemasi kabi yuz beradi.
N+N+1+... detallar. Ishni nazorat qilish va boshqarib borishning asosiy usullarini avtomatlashtirish harakatining shart-sharoitlarini yanada kengroq hisobga olish uchun ongni xoli qoldiradi. Harakatlarning tezligini ixtiyoriy boshqarish, ularni o`zgarib turuvchi vazifalarga moslashtirish, yangi vaziyatlarga va detallarga ko`chirish imkoniyati tug`iladi.

Yüklə 57,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin