Ko`nikma va malakalar. Ularning shakllanish qonuniyatlari. Malakalar biron ish – xarakatning mustaxkamlangan va avtomatlashgan yul va usullari bo`lib, bu yul va usullar, odatda murakkab ongli faoliyatni bajarishda kullanadi.
Malakalar avtomatlashgan xarakatlar sifatida ukish jarayonida ham, inson faoliyatining barcha turlarida ham katta ahamiyatga egadir. Malakalar maxsus zo`r berishsiz hamda ongli xarakatlarga nisbatan tez sodir bo`lishi tufayli, faoliyatning ayrim turlari va murakkab ko`nikmarlarning amalga oshirilishini yengillashtiradi.
Mashq-ko`nikma hamda kerakli usul va xarakatlarni mustaxkamlash va takomillashtirish maqsadida ularni Ko`p marta takrorlashdir. Mashq jarayonida harakatlar faqat mustaxkamlanibgina kolmay, balki o`zgaradi va aniq, tez hamda puxta bajariladigan bo`ladi.
Mashqlar jarayonida kishining ixtiyoriy diqqati butun ishga ham, uning ayrim tomonlariga ham karatilgan bo`ladi. Bunda xarakatlarning tugri bajarilayotganligi, asosan, ko`z bilan nazorat qilinadi.
Kishining malakasi ongli ravishda avtomatlashtirilgan harakat sifatida hosil bo`ladi. U harakatni bajarishning avtomatlashtirilgan usuli tarzida amalga oshiriladi. Uning roli ongni harakat usullarini bajarilishini nazorat qilishdan xoli qilishdan va uni harakatning maqsadi hamda shart-sharoitlarini idrok etishga yo`naltirishdan iboratdir. Bu jarayonning asosiy bosqichlarini quyidagi sxemada ko`rsatish mumkin.
Malakaning rivojlanish bosqichlari
Malakaning xarakteri
Malakaning maqsadi
Harakatni bajarish usullari
1. Tanishtirish
Harakatlarni tushunib yetish va tasavvur qilish
Harakatlarni bajarish usullari bilan tanishish
Maksadni aniqroq, unga erishish usullarini esa sal-palgina tushunish; harakat chog`ida juda ko`p qo`pol xatolarga yo`l qo`yish