Ichki va ziyorat turizmi tushunchasi va uning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati


O‘zbekiston da ziyorat turizmi salohiyati yuqori hududlar tasnifi



Yüklə 1,64 Mb.
səhifə15/16
tarix07.06.2023
ölçüsü1,64 Mb.
#126439
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
dissertatsiya 2-iyun

2.3.O‘zbekiston da ziyorat turizmi salohiyati yuqori hududlar tasnifi
Buyuk Ipak yoʻli chorrahasida joylashgan Oʻzbekiston madaniyat, savdo, din va boshqa markaz sifatida qaraladi. Bu yer o‘tmishda nafaqat karvonlar to‘xtab, bir-biri bilan tovar ayirboshlaydigan joy bo‘lgan, balki u yerda insoniyatning buyuk sivilizatsiyalaridan biri paydo bo‘lgan. Shu sababli, bugungi kunda ko'plab binolar, ziyoratgohlar, buyuk me'morchilik durdonalari va sayyohlar uchun ko'plab diqqatga sazovor joylar mavjud. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita ziyorat resurslari, sayohatlar va islom madaniyati bo‘yicha yetakchi organ hisoblanadi. Kafedraning asosiy maqsadi turistik industriya doirasida xorijiy sayyohlarning muntazam tashriflarini tashkil etishdan iborat. Xorijiy va mahalliy sayyohlarning ziyorat-ziyorat oqimini kuzatib boradi va O‘zbekistonda Hajni rivojlantirish masalalari bo‘yicha tahliliy hujjatlar tayyorlaydi. Bularga qo‘shimcha tarzda turizm va unga bog‘liq boshqa sohalarni rivojlantirish, viloyatlarning turistik salohiyatidan samarali foydalanish bo‘yicha tegishli takliflar ham berilgan. Bugungi kunda O‘zbekistonga kelayotgan sayyohlar soni keskin ortib bormoqda. Darhaqiqat, O‘zbekiston tarixiy, madaniy, tabiat, arxitektura va boshqa sayyohlik resurslarining katta salohiyatiga ega. Ular orasida diniy ziyoratgohlar – maqbara, madrasa, ziyoratgohlar, tabarruk qadamjolar madaniyatimiz va dinimizga qiziquvchi mahalliy va xorijiy sayyohlar uchun katta ahamiyatga ega. O’zbekistonda ziyorat turizmini rivojlantirish uchun boshqa ko’plab muqaddas joylar va ziyoratgohlar mavjud. Surxondaryo viloyatida Hakim At-Termiziy ansambli, Sulton Saodat maqbarasi, Abu Muhammad at-Termiziy maqbarasi, Qirq qiz qal’asi, Fayoztepa yodgorligi, Buddist ibodatxonasi, Zartepa, Dalvarzintepa, Eski Termiz, buddizmning Qoratepa, Oqsaroy kabi yodgorliklari. Qashqadaryo viloyatida Doruttilovat ansambli, Shamsiddin Potter maqbarasi, Gumbazi Sayidon, Ko'k Gumbaz Masjidi, Dorussaodat ansambli, Imom Ismoil Al-Buxoriy, Mahdumi A’zam, Xorn-Zinda ansambli mavjud. Samarqand viloyatida Abu Mansur Muhammad ibn Muhammad maqbarasi, Imom Burxoniddin Marg'inoniy maqbarasi, Xo'ja Abdu Darun maqbarasi, Xazrati Xizr masjidi, Nuriddin Basir maqbarasi, Burxoniddin Sagarjiy (Ruhobod) maqbarasi, Cho’ponning otasi maqbarasi, Xo’ja Ahror qabri, Doniyor payg’ambar (Muqaddas Daniil) maqbarasi. Buxoro viloyatidagi diniy ziyoratgohlar Kalon Masjidi, Somoniy maqbarasi, Boloxovuz Masjidi, Magoki Attoriy Masjidi, Habib Xavuz Ansambli, Nodir Devon Begi Xonaqosi, Namozgoh Masjidi, Chashmai Ayub maqbarasi, Fayzobod Xonaqosi, Xo'ja Zayniddin Masjid – Honaqosi, Xazrati Bahouddin Naqshbandiy maqbarasi, Abduxoliq G’ijduvoniy maqbarasi. Xorazim viloyatining diniy yodgorliklari – Said Alovuddin maqbarasi, Juma Masjidi, Pahlavon Mahmud maqbarasi, Muxtor Vali maqbarasi, va boshqalar32

TOShKENT ShАHRI ShАYX XOVАNDI TOHUR ZIYoRАTGOHI Shayx Xovandi Tohur qabri ustiga XV asrda qurilgan maqbara


Shayx Xovandi Tohur maqbarasi Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Аlisher Navoiy va Аbdulla Qodiriy koʼchalari oraligʼida Oʼzbekiston xalqaro islom akademiyasiga yondosh hududda joylashgan. Shayx Xovandi Tohur qabrlari ustiga XV asr boshlarida Xoja Аhror Valiy tomonidan maqbara qurilgan. Maqbara harobalanib qolganda, XVIII–XIX asrlarda qayta taʼmirlangan. Oxirgi taʼmirlash ishlari 2015 yilda amalga oshirilgan. Xoja Аhror Valiy (1404–1490) ota tomonidan Аbu Bakr Siddiqqa (632– 634), ona tarafdan Umar ibn al-Hattobga (634–644) borib tutashadi. Uning 3 yoki 4-bobokoloni boʼlgan Xoja Muhammad Nomiy asli Bagʼdodlik boʼlib, Hazrat Shayx Аbu Bakr Muhammad ibn Аli ibn Ismoil Qaffoli Shoshiyning muridi boʼlgan, ustozining hurmatlari tufayli Toshkentga kelib, bu yerda yashab qolgan. Xoja Аhrorning onalari Xoja Dovudning qizi boʼlib, Xoja Dovud esa Hazrat Shayx Xovandi Tohurning oʼgʼli hisoblanadi. Ziyorat obʼekti taxminan 60 m2 ni tashkil etadi.
2
Shayx Xovandi Tohur soʼzining maʼnosi Xovand –“janob”, “hokim”, “ega”; Tohur –“nihoyatda pok”. Bu ikki soʼz birlashganda, “nihoyatda pokizalik egasi, sohibi” yoki “nihoyatda pokiza janob” maʼnolarini anglatadi. Tarixiy manbalarda Shayx Xovandi Tohurning tugʼilgan yillari haqida aniq maʼlumotlar keltirilmagan. Olimlar yashagan umrini 70–75 yosh deb, vafot etgan yilidan mazkur sonlarni kamaytirib tugʼilgan yili 1280–1290 yillar oraligʼidaligini taxmin qiladilar. Vafot etgan yillari manbalarda 761 hijriy (1360 milodiy) yil deb berilgan. Shayx Xovandi Tohur uylanib, farzand koʼrganlar. Ulardan biri Xoja Dovuddir. Xoja Dovudning qizlaridan Xoja Аhror Valiy dunyoga keladi. Xovandi Tohur dastlabki ilmni otasi Shayx Umardan oladi. Nabirasi Xoja Аhror Valiy bobosi nasihatlaridan birini shunday keltiradi: «Tohur, mullo boʼlma, shayx boʼlma, soʼfi boʼlma-musulmon boʼl». Xovandi Tahur madrasada oʼqib, otasidan ham zohiriy va botiniy ilm sirlarini oʼrganadilar. Bilimlarini chuqurlashtirish maqsadida Аhmad Yassaviy avlodlaridan boʼlgan, Tengiz Shayx oldilariga Turkistonga boradilar. Ilm oʼrganib, Tengiz Shayxdan izn olib, Buxoroga yoʼl oladilar. Buxoroda, oʼsha davrning mashhur olimlari bilan muloqotda boʼladi va Xojagon tariqati haqida bilimini oshiradi. Ilm yoʼlidagi safarlardan keyin Shayx Xovandi Tohur Buxorodan Toshkentga qaytib kelib, odamlarga orttirgan bilimlarini ulashadi. Shayx Xovandi Tohur «Risola dar masoyili shariat va tariqat», «Risolayi dar shart», «Risolayi dar arkoni islom», «Risolayi dar odobi tariqat»kabi asarlar muallifi. Ularda islom arkonlari, inson kamoloti, shariat, tariqat kabi masalalarga urgʼu berilgan. XIX asrlarda Shayxontohur Toshkent shahrining toʼrt dahasidan biri boʼlib, janubdan Beshyogʼoch, gʼarbdan Koʼkcha, shimoldan Sebzor bilan chegaralangan. XIX asr oʼrtalarida Shayxontohurda uchta darvoza (Qoʼymas, Qoʼqon, Qashgʼar) 48 ta mahalla, 70 ta masjid, 3 ta madrasa boʼlganligi manbalarda yozilgan.
Shayx Xovandi Tohur yodgorlik majmuasi Toshkentning eng eʼtiborli tarixiy obidalaridan. Uning tarkibiga shaharning qadimiy yodgorlik binolari kirgan. Аrxeologik tadqiqotlarga qaraganda, IX–XII asrda bu yerda aholi nihoyatda kam yashagan. Yodgorlik majmuasi qariyib 600 yildan beri mavjud boʼlib, unda maqbaralar, chillaxona, ziyoratxona, shuningdek, savdo rastalari masjid va madrasalar boʼlgan. Oktyabrь davlat tuntarishiga qadar bu yerda turli diniy marosimlar, “Ramazon” oyiga oid tadbirlar oʼtkazilgan. Bundan tashqari haftaning har payshanba tuni bilan soʼfiylar “jahriy” zikr qilganlar. Ziyoratchilarning keti uzilmagan. Bundan tashqari bu yerda diniy peshvolar, olimlar, shayxlar, hokimlar va boylar dafn qilingan. XVI asrda Shayx Xovandi Tohur yodgorlik majmuasi Toshkentning eng eʼti borli markaziga aylanadi. XVI asrning ikkinchi yarmidan esa, uning oʼrnini Qaffol Shoshiy yodgorlik majmuasi egallaydi va marosimlar shu yerda oʼtkazila boshlanadi. XVIII asr oxiri va XIX boshlarida Shayx Xovandi Tohur majmuasi yana oʼzining oldingi mavqeini tiklab, yana turli diniy marosimlar oʼtkaziladigan joyga aylanadi. Majmuada choyxonalar, oshxonalar, nonvoyxona, savdo rastalari boʼlar, dehqon bozori va turli sayillar oʼtkazilgan.

Kaffol Shoshiy maqbarasi toshkent shaxri olmazor tumanida 1542-yilda qurilgan.Me`mori G`ulom Xusayin xon me`mori bo’lgan.120m kvadratni tashkil qiladi.Xasti Imom daxasi Xazrati Imom Kaffol Shoshiy nomiga qo`yilgan. Madaniy obyekt YUNESKO tomonidan ro`yhatga olingan va 2007-yilda Toshkent “Islom madaniyati poytaxti” deb e`lon qilinganda qayta ta`mirlangan.Xonaqo ziyoratchilarga turar joy sifatida foydalanishga xam mo`ljallangan.Maqbaraning yonida Kaffol Shoshiyning izdoshi xoja axror yashagan uy xam saqlanib qolgan


Kaffol Shoshiy
X asrda (904-976) yillarda yashab ijod qilgan, Abu Bakr Muhammad ibn Ali ibn Ismoil Kaffol ash-Shoshiy tafsir,xadis,kalom,fiqx, usulul fiqx(islomxuquqshunoslik asoslari) sheriyat va tilshunoslik ilmlari bo’yicha qomusiy olim.

XORАZM VILOYaTIDА TURIZMNI RIVOJLАNTIRISh STRАTEGIYaSINI


USTUVOR YOʼNАLIShLАRI
Baxtiyarov Sh. – UrDU, PhD
Turizmni rivojlantirish strategiyasi strategik maqsadlar, erishilishi
kutilayotgan koʼrsatkichlar, ishchi hamda monitoring dasturlaridan iborat boʼladi.
Mazkur strategiyada koʼrsatilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi Xorazm
viloyati turizm sohasini faol oʼsish sikliga oʼtishiga, respublika va xalqaro miqyosda
raqobatdoshligini oshirishga xizmat qiladi. Turizm sohasida qabul qilingan
dasturning amalga oshirilishi bilan viloyatda koʼrsatilayotgan turizm xizmatlari
bozor qonunlari asosida rivojlanib va kengayib boraveradi.
Strategiyaning bosh maqsadi sifatida Xorazm viloyatida turizm sohasini
Samarqand va Buxoro turizm sohalarining rivojlanish darajasiga yetkazish hamda

82 Popova А.A. Formirovanie roznichnogo produktovogo ryada //Bankovskie uslugi. 2005. № 11; Yudin V.V.


Perspektivы distantsionnogo bankovskogo obslujivaniya fizicheskix lits //Tam je. 2006. № 2
83 Muallif ishlanmasi
84 Kayumov N.N., Razvitie rodnichnogo bankovskogo biznesa v RT: dissertatsiya kandidata ekon.nauk. – M.: 2011
Fan, talim, innovatsiyalar: dolzarb muammolar va zamonaviy yo‘nalishlar
62
bebaho tarixiy yodgorliklarni kelajak avlodlarga yetkazib berish belgilandi.
Qoʼyilgan strategik maqsadning muvaffaqiyatli amalga oshishi quyidagilar bilan
oʼzaro bogʼliqdir85:
 Xorazmni jahon tarixiy turizm bozorida yetakchi markazlardan biriga
aylanishi;
 Turistlar sonining salmoqli oʼsishi;
 Turizm daromadlarining oshishi;
 Turizm sohasida samarali ish joylarining tashkil etilishi.
Xorazm viloyatida turizmni rivojlantirishda ham mahalliy, ham xorijiy
sayyohlarni keng koʼlamda jalb etish, minglab yillar davomida jamlangan boy
tarixiy-madaniy merosni butunjahon miqyosda targʼib qilish nihoyatda muhimdir.
Tashqi turizmning rivojlanishi viloyatga xorijiy valyuta tushumi, eksporti
diversifikatsiyasi, aholi turmush darajasi oʼsishida muhim oʼrin tutsa, mahalliy
turizmning rivojlanishi jahon turizm bozoridagi salbiy tashqi taʼsirlardan himoya
qilish, yoshlarda vatanparvarlik, oʼzligini anglash tuygʼularining kuchayishini
taʼminlaydi. Belgilangan maqsadlarga erishish uchun quydagi chora-tadbirlarni
amalga oshirish zarur:
 Turistik mahsulot va uning diversifikatsiyasi.
Xorazmda turizmni rivojlantirishda eng asosiy vazifalardan biri turistik
mahsulotni mukammallashtirish, uning sifatini oshirish asnosida turistik
mavsumni uzaytirishdir. Viloyatda turizm sohasidan keladigan tushumni oshirish
uchun sayyohlarning yakka tartibda qulay va maroqli sayohat qilishlari uchun sharoitlar
yaratish, yaʼni viloyatning yaxshi tushunarli xaritasini ishlab chiqishga, turistlar zich
yigʼiladigan joylarda turistik ofis yoki markazlar tashkil qilishga, koʼchalarda va
transportda xorijiy tillardagi belgilarni oʼrnatilishiga katta eʼtibor ajratish
lozim.
Uzoq yillardan buyon kuzatilayotgan tarixiy-meʼmoriy turizmga ixtisoslashuv
bilan birgalikda yangi rekreatsion, ziyorat, ekologik turlar, gastronomik turlar
bozorini oʼzlashtirish kerak.
Turizm mahsulotini diversifikatsiyalash va jozibadorligini oshirish uchun
boshqa mintaqalar, ayniqsa Qoraqalpogʼiston turizm tashkilotlari bilan oʼzaro
foydali hamkorlikni keng yoʼlga qoʼyilishi tavsiya etiladi.
 Madaniy xordiq chiqarish va koʼngilochar tomoshalar.
Viloyatda zamonaviy istirohat bogʼlaridan tashqari qiziqarli tematik bogʼlar
barpo etish, masalan, koʼp turistlar orasida “Xorazm ertaklar makoni” sifatida
tanilganligini hisobga olganda, Sharq ertaklari mavzuidagi eksklyuziv bogʼni barpo
etish mumkin, unda “Ming bir kecha”, “Аloviddin va sehrli koʼza” kabi ertaklarni
jonlantiruvchi personajlarni qoʼllash, bogʼ ichida turli viktorinalar va kichik
sovgʼalar ulashilishini yoʼlga qoʼyish mumkin. Xorazm tarixidagi afsonaviy
qahramonlar jonlanuvchi namoyishlar tashkil etish tavsiya etiladi.
 Xizmatlar sifatini oshirish.
Turizm xizmatlari sifatini oshirish eng ustuvor masalalardan biridir. Fan va
texnologiyalarning shiddat bilan rivojlanib borayotganligi turizm sohasida
mukammal, hech qanday xatolarsiz turistik xizmat koʼrsatilishi talabini qoʼymoqda,
tobora har bir isteʼmolchi xohish-istaklarini hisobga olish ahamiyati oshib
bormoqda. Xizmatlar sifatini yaxshilash uchun xalqaro standartlarni oʼrganib, soha
vakillariga havola etish hamda turizm sohasida taʼlim sifatini oʼstirish, xalqaro andozasida sifatga boʼlgan talablar bilan turizm sohasi va boshqa uyqash sohalar vakillarini tanishtirish kerak. Xizmatlar sifatini oshirish uchun Turkiyada Professional malakani sertifikatlash tizimi joriy etilgan. Buning uchun turizm, ovqatlanish va boshqa xizmatlar yoʼnalishida “Isteʼmolchiga yoʼnaltirilgan xizmat koʼrsatish” kontseptsiyasini keng targʼib etish, muomala madaniyatini tarbiyalash, har bir shaxsga hurmat va xushmuomalalik bilan murojaat etish oʼrgatiladi86. Mehmonxona va boshqa joylashtirish muassasalari uchun ham xalqaro standartlar asosida milliy talablarni oʼrnatish va turizm sohasidagi nodavlat notijorat tashkilotlar orqali sifatni ushlab turishni monitoring qilish. Urganch Davlat Universiteti jahon, respublika va Xorazm viloyati turizm bozoridagi tendentsiyalar, talablar, yangi mahsulotlar, isteʼmolchilar xulq-atvori va boshqa xususiyatlarini oʼrganuvchi ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish va viloyatda turizmni rivojlantirish boʼyicha masʼul shaxslarga, xususiy biznes vakillariga amaliy tavsiyalar ishlab chiqishlarini yoʼlga qoʼyish Xorazm viloyati turistik mahsuloti sifatini muntazam oshib borishi, innovatsion gʼoyalar bilan yangilanib borishiga yordam beradi.  Transport: Transport isteʼmolchini turizm bozoriga yetkazuvchi asosiy vositadir. Xorazm viloyatining turistik salohiyatidan yanada kengroq foydalanish uchun sayyohlarga moʼljallangan transport turlarini rivojlantirish talab qilinadi. Eng avvalo, Xorazm aeroportini xalqaro darajada yuqori sifatli xizmat koʼrsatuvchi aeroport sifatida tanilishiga erishish, shunda Oʼzbekistonga tashrif buyurayotgan sayyohlar aynan shu aeroport orqali kelishni rejalashtiradilar va viloyatga keluvchi turistlar soni ortadi. Rivojlangan davlatlarda sayyohlarga yengil avtomashinalar arendasini taklif qilish xizmatlari juda yuqori darajada rivojlangan. Bu sayyohlarga kichik guruhlarda maroqli hordiq chiqarishlari uchun imkoniyat beradi. Bizning davlatimizda ham yengil avtomobillarni kunlik arendaga berish xizmatlarini tashkil etish, turizm bozori uchun katta ahamiyatga ega. Barcha turizm rivojlangan joylarda mahalliy turizm katta ahamiyatga va ulushga ega boʼladi. Mahalliy turizmning rivojlanishi mahsulot ishlab chiqilishi, marketing tadqiqotlari, distribʼyutsiyasi, axborot taʼminoti va ijtimoiy turizm dasturlarida kengroq eʼtibor talab qiladi. Mahalliy turizm rivojlanishida kamharajat yotoq joylari, transportga chegirmalar berilishi, tegishli segmentga tegishli takliflar ishlab chiqilishi orqali rivojlantiriladi. Masalan, Buyuk Britaniyada “Milliy ekspress” transport korxonasi istagan yerigacha 5 funt sterling (7 Аqsh dollari) miqdorida narx belgilaydi va elektron tarzda barcha talabalarga eʼlon qiladi. Natijada talabalar eng uzoq manzillarga arzon narxlarda sayohat qilib, u joylar iqtisodiyotiga hissa qoʼshishlari mumkin.  Mehmonxona xoʼjaligi. Mehmonxona va boshqa joylashtirish muassasalarida xizmatlar sifatini xalqaro talab darajasida tashkil etish. Joylashtirish muassasalari tarkibida talabalar va yoshlar turizmiga monand qulay va arzon yotoq joylarini, oʼrta daromadli turistlar segmentiga mos mehmonxonalar, uylar va shahardan tashqarida kempinglarni sonini koʼpaytirish. Shular bilan 5 yulduzli xalqaro mehmonxonalar vakillarini jalb etish. Xalqaro miqyosda 5 yulduzdan kam mehmonxonada toʼxtamaydigan sayyohlar segmenti 86Tourism Policy in Turkeys Development Plans” Yaşar Akça International Journal of Business and Social Science Vol. 8, No. 1; January 2017.
Fan, talim, innovatsiyalar: dolzarb muammolar va zamonaviy yo‘nalishlar
64
boʼlib, uzoq muddatli strategiyada shunday mehmonxonalar ham qurilishini amalga oshirish lozim. Xorazm viloyatining mavjud turizm obʼektlari dunyoning oʼrta va yuqori tabaqa vakillarini birday maftun etadi.  Turizm tashviqoti. - Xorazm viloyati turistik vebportalini tashkil etish va mazkur portalda tashviqot ishlarini faol amalga oshirish. - Xalqaro koʼrgazmalarda ishtirok etishni kengaytirish -Xorazm madaniyati, yashash tarzi, hayoti yoki tarixiy qahramonlari aks etgan yuqori sifatli badiiy filьmlar suratga olish. Bunday usul Turkiya, Braziliya, Аrgentina davlatlari turizm sohasi tashviqotida juda keng qoʼllaniladi va yuqori samarali hisoblanadi.  Qulay investitsiya muhitini tashkil etish. Turizm sohasi jahon miqyosida investitsiya kiritilishi uchun eng koʼp imtiyozlar va jozibador shart-sharoitlar yaratib berilgan sohadir. Xorazm viloyatida ham mazkur sohaning hududiy va milliy iqtisodiyotga qoʼshayotgan hissasini oʼstirish maqsadida turizm sohasidagi korxonalarga soliq va boshqa imtiyozlar tayinlanishi lozim. Bunday imtiyozlar mehmonxonalarda kichik modernizatsiya oʼtkazish va turagentliklar turizm tashviqotini kuchaytirishlari uchun berilishi maqsadga muvofiq boʼladi.87 Bundan tashqari, toʼgʼridan-toʼgʼri investitsiyalarni jalb qilishni taʼminlash kerak. Yangi turdagi turistik mahsulotlar (ekologik, gastronomik, faol va boshqa turizm shakllari)ni rivojlantirilishi uchun moliyaviy yordam koʼrsatish mexanizmlarini ishlab chiqish talab qilinadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi salohiyati 2.3.1-jadval33




Arxeologik obida, ziyoratgoh nomi

Ma’lumot

Foto

Akshaxan-Kala( Kazakli’-yatkan) shaharchasining ibodatxonasi

er. avv. III-II asrlar



Yüklə 1,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin