Ichki va ziyorat turizmi tushunchasi va uning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati



Yüklə 1,64 Mb.
səhifə13/16
tarix07.06.2023
ölçüsü1,64 Mb.
#126439
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
dissertatsiya 2-iyun

2.1.1-jadval19
2019-yil 1-fevraldan boshlab fuqarolari uchun 30 kun muddatga vizasiz rejim joriy qilinadigan mamlakatlar ro’yhati

1. Avstraliya Ittifoqi

16. Monako Knyazligi

31. Polsha Respublikasi

2. Avstriya Respublikasi

17. Belgiya Qirolligi

32.San-Marino Respublikasi

3. Argentina Respublikasi

18. Daniya Qirolligi

33.Serbiya Respublikasi

4. Bosniya va Gersegovina

19. Ispaniya Qirolligi

34.Sloveniya Respublikasi

5. Vatikan

20. Niderlandiya Qirolligi

35. Xorvatiya Respublikasi

6. Lyuksemburg Buyuk Gersogligi

21. Norvegiya Qirolligi

36. Chili Respublikasi

7. Vengriya

22. Shvetsiya Qirolligi

37. Ruminiya

8.Bruney-Dorussalom davlati

23. Latviya Respublikasi

38. Slovakiya Respublikasi

9. Gretsiya Respublikasi

24. Litva Respublikasi

39. Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi

10. Irlandiya

25. Mo‘g‘uliston

40. Braziliya Federativ Respublikasi

11. Islandiya

26. Yangi Zelandiya

41.Finlyandiya Respublikasi

12. Italiya Respublikasi

27.Portugaliya Respublikasi

42. Chernogoriya

13. Kanada

28. Bolgariya Respublikasi

43. Chexiya Respublikasi

14. Andorra Knyazligi

29. Kipr Respublikasi

44.Shveysariya Konfederatsiyasi

15. Lixtenshteyn Knyazligi

30. Malta Respublikasi

45.Estoniya respublikasi

Quyida vizasiz borish mumkin bo‘lgan davlatlar ro‘yxati keltirilgan:


Shuningdek, 33 ta davlatda soddalashtirilgan viza tartiblari o‘rnatilgan. O‘zbekiston fuqarolari ushbu davlatlarga oldindan viza olmasdan borishlari mumkin. Biroq vizalar belgilangan mamlakatga kelganda yoki oldindan onlayn tarzda olinishi lozim bo‘ladi20.

Davlat nomi

Muddati

  • 1.Ozarbayjon

90 kungacha

  • 2. Antigua va Barbuda

  • 180 kungacha

  • 3.Armaniston

180 kungacha

4.Barbados

28 kungacha

5. Gaiti

90 kungacha

6. Belarus

90 kungacha

7. Gruziya

360 kungacha

8.Dominika

21 kungacha

9.Indoneziya

30 kungacha

10.Qozog‘iston

30 kungacha

11.Qirg‘iziston

60 kungacha

12.Malayziya

30 kungacha

13. Mikroneziya

30 kungacha

14. Moldova

90 kungacha

15. Namibiya

90 kungacha

16. Niue

talab etilmaydi

17. Kuk orollari

talab etilmaydi

18. Rossiya

talab etilmaydi

19. Sant-Vinsent va Genadin orollari

30 kungacha

20. Tojikiston

30 kungacha

21. Turkiya

30 kungacha

22. Ukraina

30 kungacha

23. Filippin

30 kungacha

24. Ekvador

90 kungacha

O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyuruvchi xorijiy fuqarolarning ayrim guruhlari uchun qo‘shimcha (elektron bo‘lmagan) kirish vizalari toifalarini joriy etilgan



Vatandosh” — O‘zbekiston Respublikasida tug‘ilgan shaxslar va ularning oila a’zolari uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan va uning hududida doimiy yashovchi qarindoshlarining taklifnomasi asosida beriladigan 2 yillik viza



Student visa” — O‘zbekiston Respublikasining ta’lim muassasalari, tasarrufida ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning iltimosnomasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan ta’lim muassasalariga qabul qilingan xorijiy talabalarga beriladigan bir yillik viza




Academic visa” — O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasidagi ilmiy-tadqiqot tashkilotlari, oliy ta’lim muassasalari, vazirlik yoki idoralar iltimosnomasiga ko‘ra 3 oydan 2 yilgacha bo‘lgan muddatga beriladigan viza




Medical visa” — tibbiy muassasaning taklifiga binoan davolanish uchun O‘zbekiston Respublikasiga kiruvchi xorijiy fuqarolar uchun 3 oygacha bo‘lgan muddatga beriladigan viza




Piligrim visa” — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita va turistik faoliyat subyektlarining arizasiga ko‘ra O‘zbekistonning madaniy-tarixiy va diniy merosi, an’analarini o‘rganish maqsadida kiruvchi xorijiy fuqarolar uchun 2 oygacha muddatga beriladigan ziyorat viza




“Investment visa” — xorijiy investitsiya kiritish vaqtida O‘zbekiston Respublikasida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining kamida 8 500 baravarida xo‘jalik jamiyatlarining aksiyalari va ulushlarini sotib olish, muddatini uzaytirish muddati uch yilgacha




2.1.2-rasm 2022-yilda ichki turizm ko’rsatkichlar
Ko‘rinib turibdiki, 2022-yilda mehnat jamoalari sayohati; 2-“Ayyollar daftari” ga kiritilgan xotin-qizlar sayohati; 3-notinch va kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida «Oilaviy sayohat» turistik paketlari, 4 -yoshlar hamda nuroniylar sayohati, 5-mahalliy aholi sayohati o‘rin olgan.

«O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil» dasturi doirasida 2022 yilda 11,4 millionta ichki sayyohat amalga oshirildi. Qayd etilishicha, bu ko‘rsatkich 2021 yilga nisbatan 1,9 barobar ko‘p. Eslatib o‘tamiz, 2022 yil 1 sentabrdan ichki sayohat xarajatlarining bir qismi keshbek sifatida qaytarilishi yo‘lga qo‘yilgan. «O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil» dasturi doirasida 2022 yilda 11,4 millionta ichki sayyohat amalga oshirildi.Bu yil yurtboshimiz tomonidan xam katta e’tibor qaratilmoqda.Mahalliy sayyohlarni xam ortishi yanada quvonarli xolat.


Mazkur tizimga ko‘ra, «O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!» dasturi doirasida «Sayohat qil va keshbek ishla» shiori asosida respublika hududlari bo‘ylab ichki sayohatlarni amalga oshirgan mamlakat fuqarolariga xarajatlarining bir qismi qaytarib beriladi.21 Bu esa sayohatchilarni yanada o‘ziga tortadi va endilikda sayohatchilar mehmonxona va yo‘l xarajatlarini bir qismini keshbek orqali qaytarib olishlari mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-apreldagi “Ichki turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 232-sonli qaroriga muvofiq Madaniyat va turizm vazirligi hamda Davlat soliq qo‘mitasi hamkorligida “Keshbek” tizimi taqdim etilmoqda.Endi sayohat avvalgidan ko‘ra arzonroq bo‘ladi. Bu xam sayohat qiluvchilarni sonini ortishiga va ichki turizmni rivojiga ta’sir qiladi. “Sayohat uchun keshbek” platformasi bilan ishlash juda oson.


Buning uchun Siz:
Soliq.uz mobil ilovasini yuklab olasiz;
 – mobil ilova xizmatidan foydalanish uchun FaceID orqali shaxsingizni tizimda tasdiqlaysiz;
– sayohat yo‘nalishini va boshlanish sanasini tanlaysiz; 
keshbeklarni yig‘ish uchun fiskal cheklarni skanerlash orqali avia, temir yo‘l yoki avtobus biletlarini ilovaga kiritasiz; 
Keshbek tizimi Davlat soliq qo‘mitasining maxsus mobil ilovasi (SoliqUz) bilan integratsiya qilingan bo‘lib, xarajatlar haqqoniyligi mobil ilova yordamida tekshirilib, xarid chekining matritsali shtrix kodini (QR-kod) hamda mahalliy turistlarning doimiy yashash joylarini ko‘rsatish orqali sayohatlar ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Sayohat xarajatlarini qaytarish sayohat qilish davomida bir vaqtning o‘zida quyidagilar nazarda tutilganda amalga oshiriladi: -avia, temir yo‘l va avtobusdan foydalanish;
– joylashtirish vositalari xizmatlaridan foydalanish
– madaniyat tashkilotlariga tashrif buyurish.
Sayohat xarajatlarini qaytarish har bir turistga quyidagi miqdorlarda amalga oshiriladi:
– aviaqatnov orqali borib-kelish chiptasi narxining 15 foizi, lekin 150 ming so‘mdan oshmagan miqdorda; 
– temir yo‘lda yoki avtobusda borib-kelish chiptasi narxining 15 foizi, lekin 80 ming so‘mdan oshmagan miqdorda; 
– joylashtirish vositasida tunab qolish xarajatining 15 foizi, lekin 80 ming so‘mdan oshmagan miqdorda; 
– teatr, muzey, sirk va badiiy galereyalarga har bir tashrif chiptasi narxining 50 foizi, lekin 20 ming so‘mdan oshmagan miqdorda.
Sayohat xarajatlari faqatgina platforma orqali amalga oshirilgan ichki sayohatlar uchun uning yakuni bilan mahalliy turistlarning bank kartalariga qaytariladi.22
Kirish turizm xizmatlari eksporti yillar kesimida (ming nafar)2.1.1-jadval23

Xorijiy turistlar

2016

2017

2018

2019

2020

2021

2022

18yoshgacha

3,9

4,9

9,9

33,7

1,8

1,2

11,1

19-30 yosh

11,5

14,0

28,3

96,8

5,3

3,1

27,6

31-55yosh

28,5

31,6

64,1

218,8

12,0

32,9

72,4

55 yoshdan yuqori

2,1

10,3

20,9

71,5

3,9

2,6

26,4



2.1.2- jadval

2.1.3-rasmlar24

Umumiy qilib aytadigan bo‘lsak, ilmiy-tadqiqot muassasalari va mutaxassislarning maʼlumotlariga ko‘ra, bugungi kunda turizmning rivojlanish yo‘nalishlari va istiqbollari tabiat qonuniyatlari va barqarorligi bilan bogʼliq holda shakllanmoqda. Afsusuki O‘zbekistonda o‘tayotgan bir-xaftalik sayohatni 2 kuni Xiva shaxrimizga to‘g‘ri keladi vaholanki o‘lkamizda borib ko‘rish yoki dam olish uchun vaqt o‘tkazish uchun joylar ko‘p. Xozirda turistik firmalar va turoperatorlar ushbu kunlarni uzaytirishga xarakat qilishmoqda. Shuni tan olib aytish kerakki turistlarni uzoqroq olib qolish va va xizmat ko‘rsatish borasida Samarqand va Buxoro bizdan ancha ilgarilab ketgan. Shu sababdan xam u yerda xizmat ko‘rsatish soxasida bizdan ancha ustunlikni ko‘rish mumkin. Xiva esa yodgorliklar ko‘pligi va asosan tarixiy shaharni yaxshi saqlanganligi bilan ustunlikka ega.Bu yerga tashrif buyuruvchilar ko‘z oldida o‘tmish hayotini to‘la gavdalantira oladilar va katta taassurot bilan qaytadilar.Shuning uchun xam biz turizm soxasiga va qadimiy boyligimizga e’tiborni kuchaytirishimiz lozim.



So‘nggi yillarda O‘zbekistonda turizmning ilmiy va metodologik asoslarini ochib berishga qaratilgan bir qator ilmiy izlanishlar olib borildi, nomzodlik va magistrlik dissertatsiyalari himoya qilindi, ilmiy va o‘quv adabiyotlar nashr qilindi. Аnʼanaviy ustoz-shogird tizimida turizmnning nazariy jihatlari o‘rganildi va amaliy jihatdan muhim ahamiyat kasb etdi. Ma’lumotlarni tahlil qiladigan bo‘lsak, so‘ngi yillarda O‘zbekistonga va Xorazm viloyatiga qo‘shni davlatlardan tashrif buyuruvchilar soni ortganini ko‘rishimiz mumkin. 2019-yil turizmni eng baland cho‘qqisi bo‘lgan desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Shundan keyin pandemiya sabab biroz pasayish bo‘lganini ko‘rishimiz mumkin.Shunga qaramay to xozirgacha qo‘shni davlatdan keluvchi sayyohlar yetakchilik qilmoqda.


Xorazm viloyati ma’daniy me’ros, madaniyat va ziyorat obyektlari


Yüklə 1,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin