I.Bob bo‘yicha xulosalar
Umumiy qilib aytadigan bo’lsak turizm sanoatini rivojlanishi bir qancha muammolarni yechilishiga yordam beradi. Ya’ni aholi daromadlarini oshishi xamda ishsizlikni kamaytirish kabi iqtisodiyotda yechimini kutayotgan bir qancha kamchiliklarni bartaraf qilishda yordam beradi. Diniy ziyoratgohlar kam mablag‘ hisobiga katta daromad manbaiga aylanishi shubhasiz. Mamlakatimizning barcha viloyatlaridan o‘nlab, yuzlab diniy qadamjolar mavjud va biz ulardan yetarlicha foydalanmayapmiz va ularni ziyorat etish marshrutlari aniq tuzilmagan. Achinarli holati shundaki, islom dunyosida katta xizmat qilgan, avliyo darajasiga ko‘tarilgan siymolarimiz abadiy qo‘nim topgan maskanlarini faqatgina mahalliy darajada, ya’ni tuman yoki viloyat miqiyosidagi bilamiz, xolos. Binobarin, bunday muqaddas ziyoratgohlarni respublika va xalqaro darajadagi diniy ziyoratgoh ob’ektlariga aylantirish mumkin. Buning uchun muqaddas ziyoratgohlarni kengroq targ‘ib qilishimiz va ular xaqida ko‘proq ma’lumot yig‘ishimiz kerak. Vaholanki, mamlakatimiz diniy ziyoratgohlarga boy mintaqa hisoblanib, kelajakda diniy turizmni rivojlantirishga yanada e’tiborni yanada kuchaytirish ham moddiy, ham ma’naviy yuksalishida muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘zbekistonda sayyohlik sohasini innovatsiya va raqamlashtirish orqali o‘zgartirish zaruriyati mavjud. Egallanmagan imkoniyat sifatida endi rivojlanayotgan agro va etno turizm kabi bozor segmentlarini rivojlantirish lozim. Turizmni rivojlantirishning jahon amaliyoti shuni ko‘rsatadiki, mazkur industriyani yuqori daromadli sohaga aylantirish uchun davlat va xususiy sektordagi barcha ishtirokchilarning sa’y-harakatlarini birlashtirish va mustahkamlash zarur.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, xorij tajribalari shuni ko‘rsatadiki turizmni rivojlantirishda raqamlashtirlgan zamonaviy texnologiyalardan foydalanish katta samara beradi. Chunki bu xam zamon talabi xam rivojlanishning oson usuli. Bugungi kunda turistik xizmatlarni 80% idan ko‘pi aynan raqamli texnologiya va internet orqali amalga oshiriladi. Afsuski bizda xam kamchiliklar yetarli va biz ularni bartaraf etishimiz zarur.
Dostları ilə paylaş: |