Ichki va ziyorat turizmi tushunchasi va uning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati



Yüklə 1,64 Mb.
səhifə14/16
tarix07.06.2023
ölçüsü1,64 Mb.
#126439
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
dissertatsiya 2-iyun

O‘lchov birligi

2016

2017

2018

2019

2020

2021

2022

Madaniy me’ros obyektlari va muzeylar ,turizm namoyish obyektlari

dona

398

400

402

404

411

422

432

Shundan;









Arxeologiya madaniy me’ros obyektlari

dona

36

36

36

36

36

36

36

Arxitektura madaniy me’ros obyektlari

dona

136

136

136

136

136

136

136

Monumental san’at yodgorliklari

dona

81

81

81

81

81

81

81

Diqqatga sazovor joylar

dona

6

6

6

6

6

6

6

Muzeylar

dona

12

14

16

18

25

25

25

Ziyorat turizm obyektlari

dona

8

8

8

8

8

8

8

Masjidlar

dona

97

97

97

97

97

98

98

Cherkov

dona

2

2

2

2

2

2

2

Sinagoga

dona








Buddizm

dona








Kinoteatrlar

dona

4

4

4

4

4

14

24

Teatrlar

dona

2

2

2

2

2

2

2

Ko‘ngilochar va tematik parklar

dona

14

14

14

14

14

14

14

2.1.2-jadval25
2.2 O‘zbekistonda ziyorat va ichki turizmni tartibga solish jihatlari
Turizmni tartibga solishning muhim vositasi bo‘lib, turistik faoliyatni litsenziyalash, standartlashtirish va sertifikatlash belgilanadi. Turizm sohasini huquqiy tartibga solish turistik biznesni samarali tashkil etish, turistik mahsulotlar sifati va raqobatbardoshligini oshirish, turistlarning xavfsizligini taʼminlash hamda barcha toifadagi(Yoshi,millati,jinsi) dan qat’iy nazar turistlar uchun jozibadorlikni oshirish obʼektiv shart-sharoitlarini yaratishni nazarda tutadi.Davlatning turizm sohasidagi siyosatini uni tartibga solish, muvofiqlashtirish, rivojlanishi uchun shart-sharoitlarni yaratish maqsadida turizm sohasida hokimiyat organlar tomonidan amalga oshiriladigan ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, ekologik va madaniy tavsifdagi usullar va tadbirlar tizimi sifatida qarash mumkin. muvofiqligini taʼminlash uchun xo‘jalik subʼektlari faoliyati va bozor konʼyunkturasiga davlatning tartibga soluvchi usul va vositalari orqali taʼsiri tushuniladi. Bunda turizm bozori rivojlanishini davlat tomonidan tartibga solish – turizm rivojlanishini tartibga solish siyosatini ishlab chiqish jarayoni, uning asosiy maqsadi, vazifasi va yo‘nalishalarini belgilab olish hamda uni amalga oshirishning usul va vositalarini tanlash bilan bogʼliq ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar hisoblanadi. Hududiy turistik siyosatning ustuvor yo‘nalishlariga turizm sohasida iqtisodiy faoliyat rivojlanishining asosiy maqsadlarini aniqlash, turizm infratuzilmasining rivojlanishi, muayyan hududlarda korxonalarni joylashtirish bo‘yicha xususiy sektorni ragʼbatlantirish, turizmni rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tadbirlar tizimi kabilarni kiritish mumkin. Bu ustuvor yo‘nalishlarni realizatsiya qilish investorlar uchun muvofiq hududlar jozibadorligini aniqlash va xarajatlar bilan pul tushumlari o‘rtasida mutanosiblikka erishish yo‘li bilan moliyaviy barqarorlikni taʼminlash imkonini beruvchi yo‘nalishlarda amalga oshirilishi zarur. Turizmni davlat tomonidan tartibga solishning mavjud mexanizmlarini har tomonlama qo‘llashga asoslangan uslubiy yondashuvlarning mavjud emasligi yaxlit holda turizm sohasini rivojlanishi va davlatning turistik siyosatini amalga oshirilishiga to‘siq bo‘ladi. Bularning barchasi davlat tomonidan tartibga solish mexanizmlariga tegishli yangi talablar shakllanishini, yaʼni sohada boshqaruv innovatsiyalarini joriy etish, turistik mahsulot raqobatbardoshligini oshirish, rentabellikning yuqori darajasiga erishish, iqtisodiyotning transformatsiyalashuvi davridagi xususiyatlarni hisobga olgan holda tashkilotlar tizimida turizmni to‘g‘ri rivojlanishini taʼminlashni talab qiladi. Turizm sohasining rivojlanishini davlat tomonidan tartibga solishning muhim vositasi turistik siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish hisoblanadi. Davlat turistik siyosati uning umumiy siyosati xarakterli qirralariga xos. Biroq alohida omillari ham mavjud bo‘lib, ular taʼsirida turistik siyosat shakllanadi. Ularga quyidagilar kiradi : − mamlakatning tabiiy sharoitlari (iqlimi, geografik o‘rni, relьefi, o‘simlik va hayvonot dunyosi), qaysikim ular bor yoki yo‘qligiga qarab turizm maqsadlarida qanday maqsadda foydalanishi bilan turistik siyosatga taʼsir o‘tkazadi; − turistik diqqatga sazovor obʼektlarga borish imkonini beruvchi transport sharoitlari; − turizmni rivojlantirishning ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy sharoitlari.26 Tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, turistik siyosat mamlakatda turli hududlarning rivojlanish darajasini mutanosibligiga erishishga yo‘naltirilgan hududiy siyosatning faol komponenti bo‘lib hisoblanadi. Ham ichki isteʼmol bozorida, ham xorijda milliy turistik mahsulotning raqobatbardoshligini oshirish uchun kompleks choralarni ishlab chiqishda davlatning bevosita va faol ishtiroki muhim hisoblanadi. Turizm industriyasini tartibga solish uchun baza bo‘lib, tarmoqning barqaror rivojlanishini taʼminlash bo‘yicha uzoq muddatli strategiyalarni qabul qilish27 O‘zbekistonda turizm sohasiga alohida e’tibor berilib, o‘sib borish tendensiyalari yildan-yilga amalga oshirilmoqda. Shuningdek, ziyorat turizmi, madaniy turizm, tibbiy turizm, gastronomik turizm, yoshlar turizmi, ekoturizm, etnik turizm, sport turizmi va boshqa turizm turlari o‘z faoliyatini olib bormoqda. Madaniy va ziyorat turizmlarini rivojlanishida qadimiy tarixga ega bo‘lgan Samarqand, Buxoro,Xiva, Shahrisabz kabi shaharlarimizdagi tarixiy obidalar, me’moriy, diniy va madaniy yodgorliklar hamda respublikamizdagi boshqa zamonaviy diqqatga sazovor joylar bilan tanishtirish orqali ularga madaniy-ma’rifiy ma’lumotlar berish asos bo‘lib xizmat qiladi. Respublikamizga kirib kelayotgan chet ellik turistlarning 76 foizi Buxoro , Samarqand, Xorazm va Toshkentga tashrif buyurishga qiziqsa , qolgan 24 foizi Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo va Farg‘ona vodiysi viloyatlariga sayohat qilishadi28
O‘zbekiston Respublikasida yaqin istiqbolda ish o‘rinlari yaratish, iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish va hududlarni jadal rivojlantirish, turizmni rivojlantirish kabi eng muhim ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni hal etish uchun keng salohiyatga ega turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. valyuta tushumlari, aholi daromadlari va turmush sifatini oshirish. Bundan tashqari, chet ellik sayyohlar vaqtinchalik roʻyxatga olish (xorijiy fuqaroning taklifnomasiz mustaqil ravishda kelishi va turar joy binolarida yashamasligi bundan mustasno) uchun javobgarlikdan ozod etildi. Hozirgi vaqtda chet el fuqarosini vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazish uchun javobgarlik taklif etuvchi (qabul qiluvchi) shaxslarga va turar-joy binolariga yuklanadi.
2018-yilda yotoqxonalar faoliyatiga qo‘yiladigan talablar soddalashtirildi, 22 ta talab (alohida kirish, yoritilgan yoki yorug‘lik belgisi, xonadon nomi va xona raqamlari ko‘rsatilgan eshik plitasi yoki ko‘rsatkichlari, minimal suv ta’minoti bo‘lgan idishlar, suv ta’minoti mavjud bo‘lishi) kabilar bekor qilindi. Besh qavatdan ortiq binolarda lift, ichki xavfsizlik moslamalari va tutqichlari bo‘lgan eshiklar va qulflar, yuk saqlash uchun maxsus xonalar, xodimlar xonalari, chekuvchilar uchun xonalar, har bir tashrif buyuruvchi uchun maxsus maydon zarurligi), shuningdek yotoqxonaga qo‘yiladigan talablar, ishchilarni tayyorlash. Ushbu soddalashtirishlar O‘zDSt davlat standartiga 3220 ta o‘zgartirish kiritish orqali belgilandi. Yuqorida qayd etilganlardan tashqari, standartga o‘zgartirishlar kiritildi, unga ko‘ra, yotoqxonalarda turar-joylarda, jamoat xonadonlarida, yo‘lak va zinapoyalarda faqat sun’iy yorug‘likdan foydalanishga ruxsat etiladi; 30 dan kam xonali yotoqxonalarda bitta hammom/dush va umumiy hojatxonadan foydalanishga ruxsat beriladi; xonalarni mebel va jihozlar bilan jihozlash talablari ham soddalashtirilgan (ikki kishilik karavot, choyshab mavjudligi).
Mahalliy aholi uchun yangi ish o‘rinlari yaratish, mamlakatimizda ekologik va qishloq turizmini rivojlantirish, sayyohlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar turlarini ko‘paytirish maqsadida avgust oyida oilaviy mehmon uylarini tashkil etishning soddalashtirilgan tartibi tasdiqlandi. Shunday qilib, sertifikatlashtirish talabi bekor qilindi va mehmon uylarini yaratishga minimal talablar belgilandi. Bundan tashqari, kredit foizlarining 50 foizi Turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan to‘langanda kredit berishning qulay tartibi joriy etildi. Natijada o‘tgan davr mobaynida avgust oyidan boshlab 81 dan ortiq yangi mehmon uylari ish boshladi.
Ziyorat va ichki turizmni davlat tomonidan tartibga solish uchun qabul qilingan bir qancha qonunchilik hujjatlarini misol keltirishimiz mumkin. Bosh qonunimiz va boshqa qaror va farmonlarni asosi bo‘lib esa O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 18-iyulda yangilangan 549-son “Turizm to‘g‘risida” gi qonun xizmat qiladi.
2.2.1-jadval29



Qaror, Farmon nomi



Qabul qilingan sana

1

"Turizm faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida"

VMQ 189-son

2017-yil 6- aprel

2

“Turoperator va mehmonxona xizmatlarini sertifikatlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”

VMQ 355-son

2017-yil 5-iyun

3

“Kirish turizmini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"

PQ-3509-son

2018-yil 6-fevral

4

“Ichki turizmni jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to’g’risida”

PQ-3514

2018-yil 7-fevral



5

“O‘zbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”

PF-5326-son 

2018-yil 3-fevraldagi

6

“Ipak yo’li” turizm xalqaro universitetini tashkil etish to’g’risida

PQ-3815

2018-yil 28-iyun

7

"Samarqand viloyatining turizm salohiyatidan samarali foydalanish va uni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"



VMQ 828-son

2019-yil 30-sentyabr

8

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Turizm tarmog‘ini jadal rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida"



PQ-4095-son

2019-yil 5-yanvar

10

2019 — 2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini rivojlantirish
KONSEPSIYASI



PF-5611-son

2019-yil 5-yanvar

11

"Har yilgi «Ipak yo‘lida turizm» Toshkent Xalqaro turizm yarmarkasini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"

VMQ 904-son

2019-yil 5-noyabr

12

“O‘zbekiston respublikasida ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”

PF-6165-son

2021-yil 9-fevraldagi

13

“2017-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”

PF–6155-son

2021-yil 3-fevral

14

“Ichki turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 

PQ-232-son 

2022-yil 30-aprel

15

 Turizm, madaniy meros va sport sohalarida davlat boshqaruvini takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida” 



PF-75-son



2022-yil 18-fevral

16

«Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi»ni tashkil etish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 

VMQ

2022 yil 20- mayda

17

"Muzeylarda xizmatlar sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"

PQ-261 son

2022-yil 27-may

18

“Turizm, sport va madaniy meros sohalarida davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 


PF-6199-



2021-yil 6-aprel

19

“Turizm va madaniy meros vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”



PQ-135son

2022-yil 18-fevral

20

Ichki turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida

PQ-232

2022-yil 30-aprel

21

Samarqand viloyatining turizm va transport salohiyatidan samarali foydalanish, viloyatni “Samarqand-Yangi O’zbekistonning turizm darvozasi” konsepsiyasi asosida rivojlantirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida

PQ-455

2022-yil
24-dekabr

22

Respublikaning turizm salohiyatini jadal rivojlantirish hamda mahalliy va xorijiy turistlar sonini yanada oshirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida

PQ-135

2023-yil 26aprel

Mazkur qonun hujjatlari va hujjatlar muhim ahamiyatga ega bo‘lib, turizm sohasining har bir tarmog‘i hamda ziyorat turizmini rivojlantirish va yuksaltirishning asosiy poydevori hisoblanadi. Yuqorida keltirib o’tilgan turizm sohasida qabul qilingan hujjatlar mintaqada turizmni samarali tashkil etishga qaratilgandir. O’zbekistonda turistik hududlarning salohiyatidan samarali foydalanish, an’anaviy turizm bilan birgalikda boshqa turizm turlarini taklif qilish va har bir hududni turizmga ixtisoslashtirish maqsadida 2022-2025-yillar davomida: Darhaqiqat, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning “2018-2019-yillarda turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida turizmni rivojlantirish bo‘yicha quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirishga qaratilgan qator ko‘rsatmalar berilgan:


• logistika masalalarini hal etish, shu jumladan charter reyslarini tashkil etish orqali O‘zbekiston Respublikasidagi muqaddas qadamjolarga ziyorat (ziyorat) turizmi yo‘nalishida turistlarni jalb etish;
• bosqichma-bosqich Buxoro va Samarqanddagi turistik zonalar singari Toshkent, Urganch va Farg‘ona shaharlarida turistik zonalarni, shuningdek, Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida tog‘ klasterlarini tashkil etish;
• yaratilgan turistik zonalar va tog‘ (tog‘ etaklari) turistik klasterlariga, shuningdek, yangi mehmonxonalar qurish yoki ularga mahalliy mehmonxona xo‘jaligini boshqarishga o‘tkazish uchun yetakchi mehmonxona brendlarini mamlakatga jalb etish.
Shu munosabat bilan xorijiy sayyohlar uchun viza tartiblarini soddalashtirish va ziyorat (ziyorat) turizmini tashkil etish bo‘yicha muntazam ravishda takliflar kiritish ko‘zda tutilgan. Ushbu maqsadga erishish uchun mazkur davlatlar bilan ikki tomonlama munosabatlarning rivojlanish dinamikasi, jahon turizm bozori kon’yunkturasidan kelib chiqib, xorijiy davlatlar fuqarolari uchun viza va ro‘yxatga olish tartib-qoidalarini bosqichma-bosqich soddalashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash bo‘yicha doimiy faoliyat yurituvchi ishchi guruh tashkil etilgan .Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 29-mart kuni mamlakatimiz turizm salohiyatini oshirish masalalari muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.Turizm ham iqtisodiy, ham ijtimoiy-madaniy ahamiyatga ega keng qamrovli soha. U daromadliligi bo‘yicha dunyoda uchinchi o‘rinda turadi. Yana bir muhim tomoni, kam xarajat bilan ko‘p ish o‘rinlari yaratish imkonini beradi. Mamlakatimizda bu soha izchil rivojlanmoqda. Jumladan, 2022-yilda yurtimizga tashrif buyurgan xorijiy turistlar soni 2021-yilga nisbatan 3 baravar oshgan. Soha eksporti 1 milliard 600 million dollarni tashkil etgan. Ichki turizm dasturlari doirasida 11 milliondan ziyod aholi sayohat qilgan. Samarqandda yangi turizm markazi barpo etilgani natijasida u yerga qo‘shimcha 2 million sayyoh kelgan.Aslida mamlakatimizda bu sohadagi salohiyat bundan ancha yuqori. Yurtimizga kelmoqchi bo‘lgan sayyohlar juda ko‘p. Lekin, ularni qiziqtiradigan joylar haqida kontent kam, turistlarni 4-5 kun olib qoladigan dasturlar yetishmaydi. Samolyot va poyezdga biletni bir necha oy oldindan sotib olishda noaniqliklar ko‘p. Yig‘ilishda soha rivojiga to‘siq bo‘layotgan shu kabi muammolar tanqidiy tahlil qilinib, muhim chora-tadbirlar belgilandi. Uzoq xorijliklar uchun O‘zbekistonning darvozasi bu – aeroport. So‘nggi yillarda 5 ta yangi xususiy aviakompaniya tashkil qilindi, aviatsiya parkimiz 44 taga yetdi. O‘tgan yili Samarqand aeroporti “beshinchi osmon” rejimida ishlashiga o‘tgani hisobiga, haftalik aviaqatnovlar soni 46 tadan 78 taga, yo‘lovchi oqimi esa 6,5 mingdan 10 mingtaga ko‘paydi. Lekin, ichki reyslar taqchilligi haftasiga Nukus va Urganchga 20 tani, Samarqandga 15 tani, Buxoro va Termizga 11 tani tashkil qilayapti. Shu kabi, temiryo‘lda haftasiga 68 ta qo‘shimcha qatnovga, 350 ta yangi vagonga talab bor. Qoraqalpog‘iston, Jizzax, Namangan va Surxondaryoda sayyohlarga avtobus yetishmaydi. Shu bois yil yakunigacha yana 20 ta zamonaviy samolyot olib kelib, aviaqatnovlarni ko‘paytirish bo‘yicha ko‘rsatma berildi. Jami mahalliy reyslar soni 2 baravar oshirilib, 100 taga yetkazilishi, ayrim yo‘nalishlar bo‘yicha aviachipta xarajatining bir qismiga subsidiya berilishi aytildi.  Shuningdek, bu yil 8 ta elektr poyezd olib kelinadi. Turoperator, mehmonxona va tashuvchilarga 10 va undan ortiq o‘rindiqli avtotransportlar olib kirishda bojxona imtiyozlari beriladi. Qamchiq dovonida mikroavtobus, Jizzax dovoni, Chimyon va Chorvoqda turistik avtobus va mikroavtobuslar qatnoviga ruxsat beriladi. Turizmda yana bir muhim omil bu mehmonxona. Bu borada keng imkoniyat yaratilgani hisobiga, so‘nggi besh yilda mehmonxona o‘rinlari 2 baravar oshib, 60 mingtaga yetgan.
Davlatimiz rahbari xorijiy konsalting kompaniyalarni jalb qilib, mehmonxonalardagi sharoitlarni xalqaro standartlar darajasiga olib chiqish, ular uchun qo‘shimcha kredit resurslari ajratish zarurligini ta’kidladi.
Yig‘ilishda turizm dasturlarining mazmuniga ham e’tibor qaratildi. Qayd etilganidek, xorijiy sayyohlarning O‘zbekistonda bir kun ko‘proq qolishi yillik turizm eksportini 300 million dollarga oshiradi.
Misol uchun, Xorazmda xorijiy turistlar Buxoro va Samarqandga qaraganda 2 baravar kam bormoqda. Lekin, Xorazmda sayyohlarni 3-4 kun olib qolish uchun barcha imkoniyat mavjud.
Yoki, o‘tgan yili 31 ta tuman va 143 ta mahalla turizmga ixtisoslashtirilib, ularda alohida soliq rejimi joriy qilingan edi. Bu imtiyozlardan 4 mingga yaqin korxona foydalanib, tovar aylanmasi 1,5 baravar oshgan.
Sayyohlarni ko‘proq vaqt olib qolishda yetishmayotgan narsa bu qiziqarli dasturlar va targ‘ibot. Shu bois yig‘ilishda bu borada ko‘maklashishga 11 ta oliy ta’lim muassasasi biriktirildi. Ular 31 ta tuman va 143 ta turizm mahallasining tarixi, yodgorliklari va diqqatga sazovor joylari haqida ma’lumotlar majmuini yaratadi. Ular asosida 12 ta tilda turistik paketlar ishlab chiqiladi. Turizm va servis obyektlari ishchilari o‘qitiladi.
Mutasaddilarga mehmonxona, madaniyat, tabiat, etno va gastronomik markazlarni bog‘laydigan turizm klasterlari tashkil etish, “turistlar uchun mehmondo‘st muhit sertifikati”ni joriy qilish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Yurtimizda turizm dasturlari asosan aprel-may va sentyabr-oktyabr oylariga moslashgan. Lekin bu mavsumni uzaytirish uchun yetarli imkoniyat bor.
Masalan, qishda Toshkent va Jizzax viloyatlarida chang‘i, boshqa joylarda yozda cho‘milish maskanlarini tashkil etib, turistik mavsumga yana ikki oy qo‘shish mumkin. Shuningdek, yozda 22 ta qo‘riqxona, 24 ta milliy tabiat bog‘i va tabiat yodgorliklari imkoniyatidan ham foydalansa bo‘ladi.
Shu kabi manbalar asosida, yozgi va qishki mavsumlarga mo‘ljallangan loyihalar ishlab chiqish, turistik mavsum bo‘lmagan kunlarda sayyohlar uchun qiziqarli festival va madaniyat tadbirlari tashkil qilish vazifasi qo‘yildi.
Yana bir masala – mamlakatimizda 8 mingdan ziyod madaniy meros obyektlari va 122 ta muzey bor. Yoshlar uchun adabiyot, tarix, geografiya, tasviriy san’at kabi fanlarni ushbu maskanlarda tashkil etish maqsadga muvofiqligi aytib otildi. Bu yil yurtimizda Jahon turizm tashkiloti Bosh assambleyasining yig‘ilishi o‘tkaziladi. Samarqand 2023-yilda Jahon turizm poytaxti bo‘ladi. Davlatimiz rahbari bu yil Vatanimizning boy madaniyati va turistik salohiyatini jahonga targ‘ib qilish yili bo‘lishi kerakligini ta’kidladi. Shu maqsadda marketing va reklama bilan sayyohlarni jalb qilish uchun 100 milliard so‘m ajratilishi belgilandi. “O‘zbekiston tashrif qog‘ozi”ni ishlab chiqib, turizm brendini yangilash, xalqaro telekanallar va internet platformalarida O‘zbekiston haqidagi reklama roliklarini ko‘paytirish muhimligi qayd etildi. Umuman, bu yil 7 million xorijiy va 15 million ichki sayyohlarni jalb qilish, soha eksportini 2,5 milliard dollarga yetkazish imkoniyati borligi ko‘rsatib o‘tildi. . 30
Islom hamkorlik tashkilotining XI sessiyasi doirasida ilk bor O‘zbekiston shaharlaridan biri – Xiva 2024-yil “Islom dunyosining turizm poytaxti” deya eʼlon qilishga doir qaror qabul qilindi. 31
Umuman olganda, ziyorat va ichki turizmni rivojlantirishda yurtboshimiz tomonidan aytib o‘tilganidek sohadan olinadigan daromad va yurtimizda salohiyati juda yuqori. Yildan-yilga ichki va ziyorat turizmiga qiziquvchilar soni ortib bormoqda chunki muqaddas joylarni ziyorat qilishga o‘tmishda o‘tgan ajdodlarimizni xotirasiga xurmat va ehtiromni avvallo xalq orasida so‘ngra esa xalqaro miqyosda targ‘ib qilishimiz maqsadga muvofiqdir. Bunda esa davlat organlarining, soha vakilllarining hissasi katta. Shuningdek, “O‘zstandart” agentligi, Vazirlar Mahkamasi qoshidagi din ishlari bo‘yicha qo‘mita mahsulotlar va xizmatlarni ixtiyoriy sertifikatlash tizimini, jumladan, “Halol”, “Kosher” tizimini ishlab chiqadi va amalda joriy etilishi bo‘yicha chora-tadbirlar rejasining mas’ul ijrochilari hisoblanadi. » va «Vegan». Sababi, ziyorat qilish yoki mashhur allomalar maqbaralarini ziyorat qilish uchun kelayotgan sayyohlar asosan musulmonlar bo‘lib, ular “ishonchli” va “toza” oziq-ovqat va ichimlikka muhtoj. Ular nima yeyayotganiga juda e'tiborli bo'lib, mehmonxona yoki restorandan "halol" sertifikatini talab qiladi.

Yüklə 1,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin