Ichki yonuv dvigatellari uchun moylar


Motor moylariga qo’shiladigan qo’shilmalar



Yüklə 46,78 Kb.
səhifə4/6
tarix19.10.2023
ölçüsü46,78 Kb.
#157371
1   2   3   4   5   6
10-ma\'ruza TVQM

6.4. Motor moylariga qo’shiladigan qo’shilmalar

Yaqin vaqtlargacha moylarning ekspluatatsion xossalari xom-ashyoni to’g’ri tanlash, uni qayta ishlash va tozalash texnologiyasini yaxshilash yo’li bilan oshirilar edi. Lekin texnika rivojlangani sari surkov moylarining sifatiga qo’yiladigan talablar ham ortib bormoqda. Bu talablarni eski usullar bilan qondirish mumkin bo’lmay qoldi. Moylarning sifatini yaxshilash uchun ularga qo’shilmalar qo’shish moylash materiallarining ekspluatatsion xossalarini keskin oshirishning yangi vositasi bo’lib qoldi.


Yuqori haroratlarda avtomobillarning ishonchli ishlashini ta’minlash uchun moylarga turli xil qo’shilmalar qo’shiladi. Moylarga qo’shiladigan qo’shilmalar bu murakkab birikmalar bo’lib, ulami surkov moylarining sifatini yaxilash va ularga yangi xususiyatlar berish uchun qo’shiladi. Ularning miqdori foizning yuzdan bir ulushidan 20-30 foizgacha yetadi.
Qo’shilmalar vazifasiga ko’ra oksidlanishga qarshi, korroziyaga qarshi, yuvuvchi, dispersiyalovchi (maydalovchi), yeyilishga qarshi, qovushqoqlikni oshiruvchi, ko’pirishga qarshi va boshqa turlarga bo’linadi.
Moylarga qo’shiladigan qo’shilmalarga quyidagi talablar qo’yiladi:

  • moylarda yaxshi erish;

  • uzoq muddat saqlanganida, harorat o’zgarganida va suv ta’sir etganida ajralib chiqib, cho’kma hosil qilmasligi;

  • dvigatelning moy tozalash qurilmalarida filtrlanmasligi;

  • moylarning ayrim ekspluatatsion xossalarini yaxshilab, boshqalarini yomonlashtirmasligi;

  • issiqlik va kimyoviy ta’sirlarga turg’un bo’lishi.

Oksidlanishga qarshi qo’shilmalar. Uzel va agregatlarni ishlatishda to’planadigan oksidlanish mahsullari qurum, lok hosil bo’lishining, shuningdek, detallarning korrozion yeyilishi tezlashishining asosiy sababchisidir. Shuning uchun harorat ta’siriga chidamli moylar ishlab chiqarish zarurati tug’iladi. Bunga oksidlanish jarayonini sekinlashtiruvchi oksidlanishga qarshi qo’shilmalar qo’shish yo’li bilan erishiladi. Oksidlanishga qarshi qo’shilmalar moyning oksidlanish jarayoni boshlanishini kechiktirib, ishlash davrini kengaytiradi, oksidlanganda hosil bo’lgan gidrooksidlarni buzib yuboradi va buning natijasida zanjirli reaksiyani to’xtatib qo’yadi, uglevodorodlarning oksidlanish mahsulotlariga ta’sir ko’rsatib, yangi moddalar hosil qiladi, bu moddalar oksidlanishga qarshi xususiyatga ega bo’lib, oksidlanish jarayonini to’xtatadi. Oksidlanishga qarshi qo’shilmalar sifatida alkinfenolli qo’shilmalar ko’proq tarqalgan bo’lib, ularning eng samaralisi ionol, amin tipidagi birikmalar va tarkibida oltingugurt, azot, fosforli birikmalar mavjud qo’shilmalardir.
Antikorrozion qo’shilmalar metall detallar sirtida korrozion aktiv moddalarning metallga ta’siriga to’sqinlik qiluvchi pardalar hosil qiladi. Bu pardaning qalinligi, xususiyatlari va hosil bo’lish tezligi qo’shilmaning kimyoviy tarkibi va ta’sir sharoitiga bog’liq. Bu parda sirtni yeyilishdan, tirnalish, qirilish va toliqib yemirilishdan saqlaydi. Qo’shilmalaming ikkinchi ta’sir yo’li - bu oltingugurtli yonilg’ini yonish va moyni oksidlanish natijasida hosil bo’lgan korrozion-agressiv mahsulotlarni neytrallashdir.Antikorrozion qo’shilmalar sifatida quyidagi birikmalar ishlatiladi: tributilfosfit, trifenil fosfit, oltingugurtlashgan moy va boshqalar.

Yüklə 46,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin