Ichki yonuv dvigatellari uchun moylar



Yüklə 46,78 Kb.
səhifə6/6
tarix19.10.2023
ölçüsü46,78 Kb.
#157371
1   2   3   4   5   6
10-ma\'ruza TVQM

Depressor qo’shilmalar. Havo harorati past bo’lganida odatdagi moylar o’zining oquvchanlik xususiyatini yo’qotishi tufayli ularni ishlatib bo’lmaydi. Shuning uchun qotish harorati nisbatan yuqori bo’lgan moylarga depressor qo’shilmalar qo’shiladi. Depressor qo’shilmalar havo harorati pasaygan paytlarda moy tarkibidagi parafin kristallarining o’sishini to’xtatib turadi. Buning natijasida moyning qotish harorati 15-20°C ga pasayadi va moy o’zining oquvchanlik xususiyatini saqlab qoladi. Bunday qo’shilmalar sifatida dialkilnaflalin, paraflou, santopur, polimetakrilat D va boshqa qo’shilmalardan foydalaniladi.
Ko’pirishga qarshi qo’shilmalar. Ish jarayonida motor moyi kuchli ko’pirishi mumkin, buning natijasida ishqalanuvchi yuzalami moylash sifati sezilarli darajada yomonlashadi. Moyning ko’pirish darajasi moyning qovushqoqlik va zichligiga, shuningdek, haroratga bog’liq. Ko’pirishga qarshi qo’shilmalar moylarning sirt tarangligini kamaytiradi va bu bilan ularning havo va suv aralashganida, masalan, chayqalganida, ko’pirishiga to’sqinlik qiladi. Ko’pirishning oldini olish maqsadida moyga polimetilsiloksan (PMS-200A), polidimetilsiloksan, polietilsiloksan va boshqa qo’shilmalar qo’shiladi. Bu qo’shilmalar moyga yuvuvchi qo’shilma bilan birgalikda qo’shiladi.
Ko’p funksiyali qo’shilmalar. Surkov moylarining ekspluatatsion xususiyatlarini yaxshilash maqsadida ularga birdaniga turli xil xususiyatlarga ega bo’lgan bir nechta organik birikmalar qo’shiladi. Bu qo’shilmalar moyning bir qator xususiyatlarini yaxshilash maqsadida qo’shilganligi tufayli ular ko’p funksiyali qo’shilmalar deb yuritiladi. Ularni moylarga aralashtirish zarurati dvigatelning ishonchli va uzoq muddat ishlashini ta’minlash uchun moy bir qator ekspluatatsion xususiyatlarga (oksidlanishga qarshi, qurum hosil bo’lishiga qarshi, antikorrozion, yemirilishga qarshi) ega bo’lishligidan kelib chiqadi.
Yüklə 46,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin