Termodinamik jarayonlarni o‘rganish yo‘llari
2. Termodinamikaning birinchi qonuni issiqlik miqdori, ichki energiyaning o‘zgarishi va tashqi kuchlarga qarshi bajarilgan foydali ish o‘rtasidagi munosabatni belgilaydi.
3. Jismga uzatilayotgan yoki undan olib ketilayotgan issiqlik miqdori jarayonning turiga bog‘liq bo‘ladi.
Ideal gaz — molekulalari oʻzaro mutlaqo taʼsirlashmaydigan gaz; bunda gazni tashkil etuvchi molekulalarning xususiy hajmlari eʼtiborga olinmaydi. Har qanday real gaz zichligi juda kichik boʻlgan hollarda u oʻzining tabiati boʻyicha I. g . ga yaqinlashib boradi. T-raning katta qiymatlarida, yaʼni molekulalarning oʻrtacha kinetik energiyalari molekulalarning oʻzaro taʼsirlashishi natijasida vujudga kelgan oʻrtacha potensial energiyalaridan juda katta boʻlganda ham real gazlarni I. g . lar deb qarash mumkin. I. g . ning ichki energiyasi shu gazni tashkil etuvchi barcha molekulalarning xaotik (tartibsiz) ilgarilama va aylanma harakat kinetik energiyalari bilan molekulalardagi atomlarning xaotik tebranma harakati kinetik va potensial energiyalarining yigʻindisiga teng . Aniq massa t ga ega boʻlgan I. g . ning muvozanatli holatini bosim r, hajm V va t-ra T dan iborat makroskopik parametrlar orqali toʻla ravishda ifodalaniladi. Bu parametrlarning oʻzaro bogʻlanishini ifodalovchi I. g . ning holat tenglamasi pV=~kT odatda Klapeyronmendeleyev tenglamasi deb ataladi, bunda M — gazning molyar massasi. Koʻpgina amaliy masalalarni hal etishda real gazlarga I. g . lar uchun keltirib chiqarilgan, oddiy koʻrinishga ega boʻlgan qonuniyatlarni katta aniqlik bilan tadbiq etish mumkin.[1] Barometrik formula - ogʻirlik kuchi maydonidagi gaz (atmosfera) bosimining balandlikka qarab oʻzgarishini ifodalaydigan formula. Hamma balandliklarda temperatura birday hisoblanganda (izotermik hol): bunda: r — gaz bosimi, s — gazning molekulyar ogʻirligi, R — gaz doimiysi, g — ogʻirlik kuchi tezlanishi, T — mutloq temperatura. Barometrik formula balandlik ortib borgan sari gaz (atmosfera) bosimining kamayib borishini koʻrsatadi. Balandlik katta boʻlsa, temperaturani oʻzgarmas deb belgilaydi. Atmosferaning ayrim qatlamlarida temperatura A balandlikka qarab chiziqli oʻzgaradi.
Samolyot qanday balandlikda uchayotganini koʻrsatuvchi asbob — altimetrning ishlash tarzi atmosfera bosimining balandlikka qarab oʻzgarib borishiga asoslangan.
Adabiyotlar: 1. I.V.Savelyev. "Umumiy fizika kursi." I-qism. Toshkent: O’qituvchi,1973 y.
2. I.V.Savelyev. "Umumiy fizika kursi." II-qism. Toshkent: O’qituvchi,1973 y.
3. I.V.Savelyev. "Umumiy fizika kursi." III-qism. Toshkent: O’qituvchi,1973 y.
4. S.X. Astanov, M.Z. Sharipov, N.N. Dalmuradova, M.Sh.Ivayev "Fizik kattaliklar va ularning o'lchov biriliklari" elektron o'qitish kursi EHM uchun yaratilgan dastur. O'zbekiston Respublikasi davlat patent idorasi GUVOHNOMA № DGU 00975 Toshkent, 12 iyul 2005 y.
5. A.G.G’aniev, A.K.Avliyoqulov, G.A.Almardonova “Fizika” I qism Toshkent 2007 y.
6. S.X.Astanov, M.Z.Sharipov, N.N.Dalmuradova, R.V.Metanidze “Umumiy fizika kursining elektr bo’limidan” elektron darslik.