Ideal kristalda elektronlar harakati


IDEAL KRISTALDA ELEKTRONLAR HARAKATI



Yüklə 85,17 Kb.
səhifə2/6
tarix07.01.2024
ölçüsü85,17 Kb.
#206377
1   2   3   4   5   6
SAVOLAR

IDEAL KRISTALDA ELEKTRONLAR HARAKATI.

    1. Ideal kristallar to’g’risida umumiy xulosalar.

Qattiq jismlar o`zlarining xossalariga qarab ikki turga bo`linadi. Ulardan birlari kristall jismlar deb ataladi, ikkinchilari esa amorf jismlar deb ataladi. Amorf jismlar shakllarini saqlash qobiliyatiga ko`ra qattiq jismlarga tegishli bo`ladi, biroq boshqa xossalari jihatidan suyuqliklardan farq qilmaydi. Masalan, amorf jismlar suyuqliklar kabi izotrop bo`ladi, ya`ni ularning fizik xossalari hamma yo`nalishlar bo`yicha bir xil. Bu tur moddalar o`z tabiatiga ko`ra qovushoqligi juda katta bo`lgan suyuqliklarga o`xshash bo`ladi. Shu sababli ular odatdagi va past temperaturalarda oqa olmaydi. Biroq temperatura ortganda ularning qovushoqligi kamayib borib, suyuqliklarga xos oqish qobiliyatiga ega bo`lib boradi.
Haqiqiy qattiq jismlarda, ya`ni kristall jismlarda temperatura ortishi bilan bunday yumshoqlanish ro`y bermaydi. Kristall jismlar ham temperatura ortganda suyuq holatga o`tadi. Biroq, bunday o`tish har bir kristall modda uchun aniq bir temperaturada - erish temperaturasida ro`y beradi. Kristall jismlarni amorf jismlardan farqlovchi yana bir muhim xususiyati ularning anizatropligi, ya`ni kristall jismlar fizik xossalarining turli yo`nalishlar uchun bir xil emasligidir. Kristall va amorf jismlar xossalaridagi farqlar ularning ichki tuzilishidagi o`ziga xoslik bilan tushuntirilishi mumkin.
Kristall jismlarda ularni tashkil qilgan atomlar (yoki boshqa zarralar) bir-biriga nisbatan aniq bir tartibda joylashgan bo`lib, bunday tartib jismning butun hajmiga tegishli bo`ladi. Bunday tartib uzoq tartib nomini olgan. Amorf va jumladan suyuq jismlarda faqat yaqin qo`shni atomlargina tartibli joylashgan bo`lishi mumkin (yaqin tartib). Shuni qayd qilib o`tish lozimki, ba`zi kristall jismlarda, masalan, metallarda anizotroplik hamma vaqt ham nomoyon bo`lavermaydi. Bunga sabab, bu jismlarning juda ko`p mayda kristalchalardan tashkil topganligidadir. Bunday jismlar monokristallardan (zarrachalari butun hajm bo`yicha tartib bilan joylashgan) farqli ravishda polikristallar deb ataladi. Kristallanish jarayonida mo-no-yoki polikristallarning hosil bo`lishi, bu jarayon qanday sharoitlarda o`tishga bog`liq bo`ladi.

Yüklə 85,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin