Foydali о‘simliklarning О‘zbekistonda о‘rganilishi. Hozirgi kunda О‘zbekiston florasida uchraydigan dorivor о‘simliklardan 110 dan ortiq turlari, ya’ni 2,5% tibbiyotda har xil kasalliklarni davolashda keng qо‘llanilmoqda, lekin respublikamiz hududida dori-darmonlik xusuciyatiga ega bо‘lgan о‘simliklarning 1154 dan kо‘proq turlari tarqalganligi tо‘g‘risida (Q.H.Hojimatov va boshqalar, 2004) ma’lumotlar berganlar.
“О‘zbekiston florasi” nomli 6 jildli asarda qayd qilinishicha, О‘zbekistonda yovvoyi, madaniy о‘simliklarning 146 oilaga mansub 4500 ga yaqin о‘simlik turi bо‘lib, ularning 577 turi dorivor shifobaxsh о‘simliklar hisoblanadi.
О‘zbekiston florasi foydali shifobaxsh turlarga juda boy. Bunday turlarni ilmiy asoslab о‘rganish bо‘yicha olimlarimiz kо‘plab ilmiy izlanish va tadqiqotlar olib bordilar va hozirda ham bu ishlar keng kо‘lamda davom etmoqda.
A.S.Ginzberg, D.M.Shcherbachev, A.F.Gammerman va boshqa olimlarning dorivor о‘simliklarni о‘rganish sohasidagi xizmatlari katta bо‘ldi. Professor A.F.Gammerman farmakognoziya fanining asoschilaridan biridir. Uning «Farmakognoziya» darsligi 1978 yilgacha shu fanga oid yagona darslik bо‘lgan va olti marta qayta nashr etildi.
Professorlar F.A.Satsiperov, A.F.Gammerman va I.A.Muravyevlar dorivor mahsulotlar sifatini yaxshilash sohasida katta xizmat qilishdi. Ular dorivor mahsulotlar uchun standartlar tuzdilar va tovarshunoslik analizi usullarini ishlab chiqdilar.
О‘zbekiston Respublikasining foydali о‘simliklarini о‘rganish, ularning zahirasini aniqlash, tayyorlash, о‘stirish va xorijiy mamlakatlardan keltirilgan turlarini ekib kо‘paytirish ishlari bilan Toshkent farmatsevtika instituti, Toshkent, Andijon, Samarqand, Buxoro tibbiyot va pedagogika, qishloq xо‘jalik va boshqa institutlar, Toshkent, Samarqand va Nukus dorilfununlari hamda respublika Fanlar Akademiyasiga qarashli О‘simlik moddalari kimyosi, Bioorganik, Botanika va boshqa ilmiy tekshirish institutlari hamda Botanika bog‘ining tegishli kafedralari va laboratoriya xodimlari shug‘ullanib kelmoqdalar. Bu borada О‘zbekistonning quyidagi atoqli olimlarining xizmatlari salmoqlidir: S.Y.Yunusov, O.S.Sodiqov, Q.3.Zokirov, X.A.Abduazimov, P.X.Yо‘ldoshev, N.Q.Abdubakirov, R.L.Xazanovich, A.Y.Butkov, I.I.Granitov, I.P.Sukervanik, A.A.Asqarov, I.Q.Komilov, N.S.Kelginbayev, M.B.Sultonov, A.G.Kurmukov, U.B.Zokirov, S.S.Azizova, F.S.Sadriddinov, P.K.Zokirov, S.S.Sahobiddinov, S.A.Hamidxо‘jayev, T.P.Pо‘latova, A.Y.Ibragimov, X.M.Komilov va boshqalar.
G‘arbiy Tyan-Shan hududi florasida uchraydigan dorivor о‘simliklarni о‘rganish bо‘yicha tadqiqotchi olimlardan A.Y.Butkov (1969), R.S.Vernik (1984), G.X.Hamidov (1987), О‘.P.Pratov (1998, 2006), SH.Kamolov (1989), I.I.Malsev (1990), A.M.Maxmedov (1991), T.A.Umarov (1992), N.F. Rusanov (1993), K.Tayjanov (1994), U.Raxmonqulov (1999), Q.Hojimatov (1999), F.Muxamedjanova (2002) va boshqalar ilmiy tadqiqotlar olib bordilar.
Tadqiqotchi O.Q.Hojimatov G‘arbiy Tyan-Shan florasida uchraydigan dorivor turlarni о‘rganish va tadqiqot etish uchun 1990-2007 yillar davomida muntazam ravishda ilmiy izlanishlar olib bordi va о‘tkazilgan tadqiqotlar natijasida 2008 yilda “G‘arbiy Tyan-Shanning dorivor о‘simliklari (О‘zbekiston Respublikasi hududidagi)” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi.
Efir moylari tarkibini о‘rganishda, tarkibida efir moyi bо‘lgan о‘simliklarni qidirib topishda hamda chet mamlakatlardan keltirilgan efir moyli о‘simliklarni о‘stirishda B.N.Rutovskiy, G.V.Pigulevskiy, I.P.Sukervanik, N.G.Kiryalov, E.V.Vulf, V.I.Nilov, S.N.Kudryashov, M.I.Goryayev kabi olimlar va ularning shogirdlarining xizmati katta.
1936 yildan boshlab Toshkent Davlat universitetining kimyo fakultetida G.V.Lazuryevskiy va O.S.Sodiqov О‘zbekistonda yovvoyi holda о‘sadigan alkaloidli о‘simliklarni tekshira boshladilar.
1943 yilda S.Y.Yunusov boshchiligida О‘zbekiston Fanlar akademiyasi kimyo instituti qoshida alkaloidlar laboratoriyasi tashkil etildi. Kо‘p о‘tmay bu laboratoriya mamlakatimizdagi alkaloidlarni о‘rganuvchi eng yirik markazga aylandi. Bu yerda kо‘pgina malakali mutaxassislar yetishib chiqdi. 1943—1976 yillarda laboratoriya xodimlari tomonidan 160 tur о‘simlik tо‘liq о‘rganildi va ulardan 590 ta alkaloid ajratib olindi. Shulardan 295 tasi о‘simliklardan birinchi marta ajratib olingan yangi alkaloiddir.
1976 yilgacha sobiq Ittifoq bо‘yicha 430 ta alkaloidning kimyoviy tuzilishi aniklangan bо‘lsa, shundan 245 tasining tuzilishi S.Y.Yunusov rahbarligidagi laboratoriya xodimlari tomonidan tasdiqlangan. Hozir ham bu laboratoriyada ilmiy tadqikot ishlari qizg‘in davom etmokda.
Ilgarilari sabzavotchilik qishloq xо‘jaligining tarmog‘i bо‘lgan bilan sabzavot turlari, navlari juda kam bо‘lib, asosan mayda dehqon xо‘jaliklarining tomorqa yerlarida jamlangan edi. Xо‘jaliklarda hamma ishlar qо‘lda bajarilar va mavsumiy ishchilarni ayovsiz ishlatishga asoslangandi.
Xalq seleksiyasi asosida sabzavot-poliz ekinlarining kо‘pgina qimmatli navlari yaratilgan bо‘lsada, lekin urug‘chiligi yaxshi rivojlanmagan edi.
Mamlakatimizda ilmiy sabzavotchilikning rivojlanishi A,.T.Bolotov, A.YE.Grachev, R.I.Shreder, M.V.Ritov, N.I.Kichunov, S.I.Jegalov, N.I.Vavilov, V.I.Edelshteyn kabilarning nomlari bilan bog‘liq.
О‘zbekiston sabzavotchiligining rivojlanishida R.R.Shreder, K.I.Pangalo, N.N.Balashev, V.I.Zuev, V.N.Yermoxin, D.T.Abdukarimov katta hissa qо‘shgan, qо‘shmoqda.
R.R.Shreder - taniqli olim va О‘rta Osiyo dehqonchiligining bilimdoni, Turkiston qishloq xо‘jalik tajriba stansiyasiga (hozirgi R.R.Shreder nomidagi О‘zbekiston Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ITI) boshchilik qilib, sabzavot ekinlari navlarini va ularni о‘stirishning mahalliy usullarini о‘rganish borasida kо‘p ishlarni amalga oshirgan. Shu bilan u О‘rta Osiyo sabzavot ekinlari va kartoshka bо‘yicha ilmiy tadqiqot ishlariga asos solgan.
Butunrossiya о‘simlikshunos instituti (VIR) ning О‘rta Osiyo filiali (hozirgi О‘zbekiston о‘simlikshunoslik instituti) da taniqli polizshunos olim K.I.Pangalo uzoq yillar ishlab, butun dunyo qovun navlarining kolleksiyasini (400 dan ortiq) tо‘plagan va о‘rgangan. U О‘rta Osiyodagi poliz ekinlari navlarining birinchi klassifikatsiyasini ishlab chiqdi va ularning ilk bor ta’rifini berdi. О‘zbekiston sabzavotchiligi, polizchiligi va kartoshkachiligini dunyoga mashhur qilishda, uni zamonaviy asosda tashkil etishda, ilmiy mutaxassis-rahbarlar tayyorlashda yuqori hosil olish nazariy va amaliy usullarini ishlab chiqishda professorlar N.N.Balashev, V.I.Zuev, kartoshkaning tezpishar, yuqori hosilli, aynish va issiqqa chidamli, ikki hosil beradigan navlarini yaratish hamda viruslardan holi urug‘chiligini tashkil etishda professor D.T.Abdukarimov xizmati diqqatga sazovordir.
О‘zbekiston mahalliy qovun-tarvuz va sabzavot ekinlarining navlarini yaxshilash, istiqbollarini tanlash va yaratish, ularni keng joriy etishda V.F.Bel-Kuznetsova, P.N.Dudko, V.I.Zuev, V.A.Yermoxin, A.S.Hakimov, S.Quchqorov, A.Yusupov, A.Obidov, T.G.Muminov, YE.V.Yermolova, A.S.Shukina, X.CH.Bо‘riyev, S.Mejidov, V.Berejnova, M.Aramov, R.A.Hakimov, R.S.Raximova kabilar katta ishlarni amalga oshirdi.