Budjet kodeksining 120-moddasiga ko‘ra, budjet tizimi budjetlari xarajatlar qismining ijrosi quyidagilarni nazarda tutadi:
Budjet ijrosi jarayonida budjet tashkilotlari va budjetdan mablag‘ oluvchilarga turli darajadagi budjetlardan budjet mablag‘larini ajratishga yo‘l qo‘yilmaydi.
“Budjet tizimi to’g’risida”gi qonunga muvoviq davlat budjeti va uning tuzilmasiga kiruvchi budjetlarni ijro etish O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, joylardagi ijroiya organlari va Moliya vazirligi vakolatiga kiradi.
15 O‘zbekiston Respublikasi Budjet kodeksining VII bo‘lim, 19-bob, 109-moddasi asosida keltirildi.
rasm.Budjet tizimi budjetlari xarajatlari ijrosini tashkil etish16
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi davlat budjetining ijro etilishini tashkil qiladi. Moliya vazirligi va davlat boshqaruvi boshqa organlarining davlat budjetini ijro etish bo’yicha ishlarni muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi, davlat maqsadli jamg’armalari mablag’larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi. Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va joylardagi ijroiya organlari mablag’larning tegishli budjetlaga to’liq va o’z vaqtida kelib tushishi va ularning belgilangan maqsadlarda xarajat qilinishi ustidan nazoratini amalga oshiradi.
4. Budjet jarayonini takomillashtirishda budjet nazoratini samarali tashkil etish.
Respublika budjeti, Qoraqalpog’iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlarni bevosita ijro etish moliya organlari tizimi (O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Qoraqalpog’iston Respublikasi Moliya vazirligi, tegishli hokimyatlar moliya boshqaemalari va bo’limlari) tomonidan amalga oshiriladi.
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va boshqa moliya organlari davlat budjeti va tuzilmasiga kiruvchi budjetlarning qonunchilikda belgilangan parametrlari doirasida ijro etilishi uchun mas’ul hisoblanadi. Davlat budjeti daromadlari va xarajatlarini boshqarish O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
16 O‘zbekiston Respublikasi Budjet kodeksining VII bo‘lim, 19-bob, 120-moddasi asosida keltirildi.
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi davlat budjeti ijrosini ta’minlaydi, respublika budjetini ijro etadi, Qoraqalog’iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlarning ijro etilishiga rahbarlik qiladi. Bu organ davlat budjetida nazarda tutilgan barcha daromadlarning kelib tushishini ta’minlash hamda budjetdan ajratilgan mablag’larning qat’iy belgilangan maqsadlardan oqilona va tejamkorlik bilan ishlatilishi yuzasidan chora-tadbirlarni tashkil etadi va amalga oshiradi.
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi respublika budjetining vazirliklar, idoralar, budjet tashkilotlari va xo’jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan ijro etilishi, O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki va boshqa banklarning budjet kassa ijrosi qoidalariga rioya etilishi, kapital qo’yilmalar va budjetdan ajratiladigan mablag’lar hisobidan amalga oshiriladigan boshqa tadbirlarning banklar tomonidan moliyalanishini nazorat qiladi. Yo’naltirilgan sertifikatlarni tayyorlash, rasmiylashtirish, berish, ijro etish va hisobini yuritish tartibi hamda turli darajadagi budjetlarning ijrosi to’g’risidagi buxgalteriya hisobini yuritish tartibini belgilaydi va h.k.