BUDJET JARAYONINI SAMARALI TASHKIL ETISH YO\'LLARI
5. Budjet tizimi budjetlari xarajatlari ijrosi Davlat budjetining ijro etilishida soliq va bojxona xizmati organlari katta rol o’ynaydi. Soliq organlari soliqlar, majburiy to’lovlarning to’g’ri hisoblab yozilishi, ularning O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo’l jamg’armasiga, Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo’l jamg’rmasiga, Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga to’liq va o’z vaqtida kelib tushishini nazorat qiladi. Bojxona organlari zimmasiga bojxona to’lovlarini to’g’ri hisoblab yozilishi, to’liq va o’z vaqtida to’lanishini nazorat etish vazifasi yuklatilgan.
Davlat budjetini ijro etishda budjetning kassa ijrosi, ya’ni pul mablag’laini qabul qilish, saqlash va budjetdan ajratilgan mablag’larni oluvchilarga berish, “Budjet tizimi to’g’risida”gi qonunda O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan amalga oshirilishi belgilab qo’yilgan.
Respublika banklari davlat budjetiga xizmat ko’rsatish bo’yicha kassa operatsiyalarni bajarishadi:
Respublika va mahalliy budjetlar daromadlariga kelib tushadigan mablag’larni qabul qiladi va tegishli hisobvaraqlarga kiritadi;
Davlat soliqlari va daromadlari bo’yicha tushumlardan mahalliy budjetlarga mablag’lar ajratadi;
Respublika va mahalliy budjetlar mablagdarim hisobvaraqlarda mavjud bo’lgan summalar doirasida beradi va h.k.
Banklar ko’rsatilgan operatsiyalarni bajarar ekan, respublika budjeti daromadlari va xarajatlari hisobini yuritadi, belgilangan muddatlarda respublika budjetining daromadlar bo’yicha kassa ijrosi to’g’risida hisobot; korxonalar, tashkilotlar va muassasalar tomonidan budjetga soliqlarni o’tkazish uchun topshiriqnomalar hamda davlat mqsadli jamg’armalariga badallarning o’z vaqtida taqdim etilishi nazorat qiladi; respublika va mahalliy budjetlarda turgan muassasalar va tashkilotlarga hisob-kitob va kassa xizmatini ko’rsatadi, Markaziy bankning amaldagi ko’rsatmalariga muvofiq ravishda budjet mablag’lari va budjetdan tashqari mablag’lar berilishini nazorat qiladi.
2006-yil 1-yanvardan boshlab mamlakatimizda davlat budjetini ijro etishning g’aznachilik tizimi joriy etildi.
Davlat budjetining g’azna ijrosi davlat budjetining barcha daromadlarini yagona g’azna hisobvarag’iga kiritishdan, shuningdek davlat budjetining xarajatlarini shu hisobvarag’idan to’lashdan iborat.
Davlat budjetining ijro etilishida g’aznachilikning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Davlat budjetining kassa ijrosi;
Davlat budjetida mablag’lar nazarda tutilgan yuridik yoki jismoniy shaxslar nomidan va ularning topshirig’iga binoan to’lovlarni amalga oshirish;
Davlat budjeti ijrosining qanday borayotganligi to’g’risidagi hisobotlarni yig’ish, qayta ishlash va tahlil qilish;
O’zbekiston Respublikasi davlat ichki va tashqi qarzlariga xizmat ko’rsatish, O’zbekiston Respublikasi kafolatlarini bajarish va h.k.
G’aznachilik yagona g’azna hisobvarag’idagi va g’aznachilikning boshqa bank hisobvaraqlaridagi davlat budjeti mablag’larini ularni davlat budjetining xarajatlarini belgilangan muddatlarda amalga oshirish uchun yo’naltirish, shuningdek davlat budjeti bo’sh mablag’larini bank depozitlari va boshqa aktivlarga vaqtincha joylashtirish hamda ular hisobidan respublika budjetiga, Qoraqalpog’iston Respublikasi budjetiga, mahalliy budjetlarga, shuningdrk davlat maqsadli jamg’armalariga budjet ssudalari berish yo’li bilan boshqaradi.
rasm. Davlat budj eti ij ro si b o’yicha hiso bo t taqdim etish ta rtibi17
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yilning har choragida Davlat budjeti ijrosining O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi taqdim etadigan yakunlarini ko‘rib chiqadi.
Respublika budjetidan xarajatlari rejalashtirilgan budjet tashkilotlari va budjetdan mablag‘ oluvchilar budjetdan ajratiladigan mablag‘lardan hisobot
17O’zbekiston Respublikasi Budjet kodeksi
davrida foydalanganlik to‘g‘risidagi hisobotlarni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga shu vazirlik uchun belgilangan muddatlarda taqdim etadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetidan hamda mahalliy budjetlardan xarajatlari rejalashtirilgan budjet tashkilotlari va budjetdan mablag‘ oluvchilar budjetdan ajratiladigan mablag‘lardan hisobot davrida foydalanganlik to‘g‘risidagi hisobotlarni tegishli moliya organlariga O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi belgilagan muddatlarda taqdim etadi. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat budjetining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni, shuningdek, davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi yillik hisobotni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot yilidan keyingi yilning 1-apreligacha taqdim etadi.
Vazirlar Mahkamasi Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi yillik hisobotni tashqi audit o‘tkazish va baholash uchun O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasiga hisobot yilidan keyingi yilning 5-apreligacha yuboradi. Hisob palatasi yillik hisobotga doir xulosani hisobot yilidan keyingi yilning 10-mayidan kechiktirmay O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuboradi.
Vazirlar Mahkamasi Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi yillik hisobotni O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining xulosasi bilan birga hisobot yilidan keyingi yilning 15-mayidan kechiktirmay O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga taqdim etadi.
Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tegishli hisobot davri uchun taqdim etilgan Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining siyosiy partiyalar fraktsiyalari, deputatl ar guruhlari va qo‘mitalarida muhokama qilish asosida ko‘rib chiqadi. Ko‘rib chiqilgan yillik hisobot Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida ko‘rib chiqiladi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qaroribilan tasdiqlanadi, shundan keyingina davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlari ijrosi to’g’risida yillik hisoboti O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy web-saytiga joylashtiriladi.
joylashtiriladi.
Iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishning bugungi bosqichida budjet daromadlari ishlab chiqarishning rivojlanishi, xo‘jalik sub’ektlarining va aholi daromadlarining oshib borishi, soliq bazalarining kengayishi, mulk shakllarining ko‘payishi bilan ortib bormoqda. Lekin bu davrda jamiyatning ko‘ptomonlama ehtiyojlari ham kamaygani yo‘q, aksincha, budjet tomonidan moliyalashtirilishi ob’ektiv zaruriyat bo‘lgan, mohiyat jihatidan yangidan-yangi tadbirlar, loyihalar, yo‘nalishlar paydo bo‘ldi. Ularni to‘liq hajmda moliyalashtirish yanada ko‘proq mablag‘larni taqozo etadi. Lekin daromadlarni muttasil oshirib borish (xususan, soliqlarni oshirish orqali) imkoniyati amaldagi soliq qonunchiligi bilan chegaralangan. Shu bilan birga, soliqlarni asossiz ravishda oshirish iqtisodiy sub’ektlarning xo‘jalik faoliyatiga jiddiy putur yetkazadi, ularning ishlab chiqarishni rivojlantirish, uning samaradorligini oshirishga bo‘lgan qiziqishlarini so‘ndiradi. Bunday sharoitda budjet xarajatlarining budjet daromadlari bilan balanslangan bo‘lishiga har doim ham erishib bo‘lmaydi.
Davlat budjeti xarajatlari tom ma’noda davlatning ijtimoiy-iqtisodiy siyosatining moliyaviy mazmunini aks ettiradi. O’zbekiston Respublikasi davlat budjetining xarajatlarining keyingi yillardagi tarkibiy tahlili ko’rsatadiki, xarajatlar nominal mazmunda (mutlaq ko’rsatkichlarida) ortib borayotganligini kuzatish mumkin.lekin, uning yalpi ichki mahsulotga nisbatan salmog’ining kamayib borish tendensiyasi kuzatilmoqda.
Davlat budjeti xarajatlarining tarkibidagi ijtimoiy-madaniy tadbirlar xarajatlari yil sayin oshib borgan. Keying 5 yil mobaynida jami budjet xarajatlari tarkibida ijtimoiy sohaga qilinayotgan xarajatlar 2012-yilda 58.3 foizdan 2015- yilda 59.1 foizgacha o’sib borgan.Ushbu holat jahondagi barchadavlat orasida eng yuqori ko’rsatkichni tashkil etadi. Ushbu xarajatlarning o’sib borishi bilan birga, ularning davlat budjeti xarajatlaridagi yuqori salmoqni tashkil etadi. 18 18 Moliya huquqi. E.Hojiyev, O. Kamalov, B.Artikov.-T.:O’zbekiston Respublikasi IIV akademiyasi, 2012. 130-bet.