Kam uglerodli po’lat buyumlarning metall elektrodlar bilan elektr yoy yordamida payvandlashda struktura o’zgarishlari Aniqlanganki, kam uglerodli poiatlarni suyultirib, metall elektrodlar bilan payvandlashda kichik hajmli suyuq metall vanna va unga yondoshgan joylari havoda soviyotganda struktura o’zgarishi F–F3 holat diagrammasi bo’yicha kechadi. Bujida chok metallidan to payvandlanuvchi metallgacha boigan zonalarni quyidagi uchastkalarga ajratish mumkin:
I. CHpk metalli uchastka. Payvandlashda bu uchastkada metall elektrodning va payvandlanuvchi metallarning payvandlash joylarining eritishidagi hosil bo’lgan kichik vannaning havoda sovib kristallanishida bu uchastka hosil bo’ladi. SHu sababli bu uchastka strukturasi kam uglerodli quyma po’lat strukrasiga yaqin bo’lib, uzunchoq dendrit kristallardan iborat ‘ladi.
II. CHokka yondoshgan uchastka.Payvandlashda bu hastka metallning ayrim joylarigina erib, qolgan joylari o’ta ziydi. SHu sababli bu uchastka metallni havoda sovishida hosil qilgan strukturasi qisman yirik donali ferrit va perlitlardan iborat bo’ladi.
Kam uglerodli po’latlarning metall elektrodlar bilan elektr yoy yordamida payvandlashda struktura o’zgarishlari sxemasi.
III. O’ta qizigan uchastka.Payvandlashda bu uchastka metilli o’ta qizib, havoda sovishida struktura donalari ferrit va yirik perlit strukturadan iborat bo’ladi, negaki o’ta qizishida austenit ionalari yiriklashadi.
IV. Normallangan uchastka. Payvandlashda bu uchastka metalli As3 kritik temperaturadan 30–50 yuqoriroq temperaturada qizib, havoda sovishida ferrit va perlitni mayda donali strukturasidan iborat bo’ladi.
V. CHala qayta kristallangan uchastka.Payvandlashda bu uchastka metalli As, va As3 kritik temperaturalar orasida qizib, havoda sovishida yirik donali ferrit va perlit donalari hosilbo’ladi.
VI. Rekristallangan uchastka. Payvandlashda bu uchastka metalli As, kritik temperaturadan pastroq haroratda qizib, havoda sovishida strukturada o’zgarishlar bormaydi. (Agar po’lat zagotovka payvandlashgacha sovuqlayin bosim bilan ishlangan boisa, fizik puxtalikdan holi boiadi.) 500 dan past temperaturagacha qizigan uchastkalarda po’latning strukturasida hech qanday Kam uglerodli po’latlarning metall elektrodlar bilan elektr yoy yordamida payvandlashda struktura o’zgarishlari sxemasi.