16
usullarning qo‘llanilishi xosdir. Dastlabki bosqichda
axborotni himoyalash
uchun kodlashtirish va steganografiya usullari qo‘llanildi. Qo‘llaniladigan
shifrlarning aksariyati joyini o‘zgartirish va bir alfavitli o‘rin almashtirishga
kelar edi. Birinchi bo‘lib qayd qilingan shifrlardan biri berilgan matndagi har bir
harfni alfavit bo‘yicha aniqlangan sondagi o‘ringa siljitish asosida ishlovchi
almashtirish Sezar shifridir. Boshqa shifr, grek yozuvchisi Polibian muallifligiga
tegishli Polibian kvadratidir. Bu usulda alfavitning kvadrat jadvali (grek alfaviti
5x5 o‘lchamda bo‘ladi) yordamida tasodifiy ravishda to‘ldirilgan. Joriy tekstdagi
har bir harf kvadratda undan pastda turgan harf bilan almashtiriladi.
Rasmiy kriptografiya
(XV asr oxiridan XX asr boshlarigacha)
bosqichi
rasmiylashgan va qo‘lda bajariluvchi shifr kriptotahlilini paydo bo‘lishi bilan
bog‘liq. Yevropa davlatlarida bu Tiklanish davriga to‘g‘ri keldi. Bunda fan va
savdoni rivojlanishi axborotni himoyalashni ishonchli usuliga bo‘lgan talabni
oshirdi. Bu bosqichdagi muhim rol birinchilardan bo‘lib, ko‘p
alfavitli
almashtirishni taklif etgan italiyalik arxitektor Leon Batista Albertiga tegishlidir.
XVI asr diplomati Blez Vijiner nomidan olingan joriy shifr joriy matn harflarini
kalit (bu protsedurani maxsus jadvallar yordamida osonlashtirish mumkin) bilan
ketma-ket «qo‘shish» dan tashkil topgan. Uning «Shifr haqida traktat» nomli ishi
kriptologiyada birinchi ilmiy ish hisoblanadi. Dastlabki chop etilgan ishlardan
biri o‘sha vaqtda taniqli bo‘lgan shifrlash algoritmini umumlashtirgan va
ta’riflagan nemis abbati Iogann Trisemusga tegishlidir. U ikkita uncha katta
bo‘lmagan, lekin juda muhim bo‘lgan polibian kvadratini to‘ldirish
usuli
(kvadratning birinchi pozitsiyalari kalit so‘zlar, qolganlari esa alfavitning boshqa
harflari bilan to‘ldiriladi) va hafrlar juftligi (bigramma) orqali shifrlash usullarini
yaratdi. Ko‘p alfavitli almashtirishni oddiy, lekin chidamli bo‘lgan usuli bo‘lgan
Pleyfer shifri XIX asr boshlarida Charlz Uitston tomonidan yaratildi. Uistonga
yana «Ikkilik kvadrat» nomli takomillashgan shifrlash usuli ham tegishlidir.
Pleyfer va Uiston shifrlari birinchi jahon urushiga qadar ishlatildi. Chunki ular
qo‘l orqali bajariladigan kriptotahlilga yetarlicha qiyinchilik tug‘dirar edi.
XIX asrda gollandiyalik Kerkxoff kriptografik tizimlar uchun hozirgacha
17
dolzarb bo‘lgan, «shifrlarning maxfiyligi algoritmlarning
maxfiyligiga emas,
balki kalitning maxfiyligiga asoslanishi kerak» degan bosh talabni shakllantirdi.
Natijada yaratilgan usullar nisbatan yuqori kriptobardoshlilikni ta’minladi va
shifrlash jarayonini avtomatlashtiruvchi (mexanizatsiyalash ma’nosida) rotorli
kriptotizimlarni yaratilishiga olib keldi. Yana shunga o‘xshash tizimlardan biri
1790 yilda AQSh ning bo‘lg‘usi prezidenti Tomas Jeferson tomonidan yaratildi.
Bunda rotorli mashina yordamida ko‘p alfavitli almashtirish amalga oshirilar edi.
Rotorli mashinalar XX asrning boshlaridagina amaliyotga keng tarqaldi.
Dastlabki amaliyotda qo‘llanilgan mashinalardan biri nemis «Enigma»si bo‘lib,
u 1917 yilda Edvard Xebern tomonidan ishlab chiqilgan va Artur Kirx
tomonidan takomillashtirilgan. Tuzilishiga ko‘ra “Enigma”
oddiy avtomobil
odometrini eslatardi: uchta rotordan (shifrdisk) iborat bo‘lib, elektr moslamalar
yordamida oldinma keyin joylashgan edi. Operator ochiq tekstdagi biror bir
harfni qurilmaga yozmoqchi bo‘lsa, qurilmadagi mos klavishani bosishi kerak
bo‘lar edi. Klavisha bosilganidan so‘ng signal uchta shifrdiskda joylashgan aloqa
tugmalaridan o‘tadi. Shundan so‘ng hosil bo‘lgan ma’lumot reflektor bo‘limiga
o‘tar, undan esa boshqa yo‘l “elekt yo‘l” orqali ortga qaytar edi. Shundan so‘ng
birinchi disk bir pozitsiyaga o‘zgarar edi. Shu sababdan
kiritilayotgan keyingi
harfning shifri butunlay boshqa qoidaga asosan hosil bo‘lar edi. Operator 26 ta
harfni kiritganidan so‘ng birinchi disk o‘zining boshlang‘ich holiga qaytar,
ammo ikkinchi disk bir pozitsiya o‘zgarar edi. “Enigma” qurilmasi yordamida
ma’lumotni tezda shifrlash uchun to‘rt kishidan iborat brigada guruhi zarur edi:
birinchisi ochiq tekstni o‘qib turgan, ikkinchisi tekstni klaviatura yordamida
terib turgan, uchinchisi indikatordan chiqqan shifrlangan ma’lumotni o‘qib
turgan, to‘rtinchisi esa o‘qilayotgan shifrtekstni telefon
yoki boshqa qurilmalar
orqali uzatib turgan. “Enigma” shifr tekstlarining kalitlari bo‘lib rotorlarning
boshlang‘ich holi va elektron kommutatsiya zanjirlari keltirilar edi. Kalitlarni
topish kombinatsiyasining ehtimoli 92 ta nollardan iborat bo‘lgan raqam edi.
Rotor mashinalar ikkinchi jahon urushi vaqtida faol ishlatildi. Enigma
nemis mashinasidan tashqari Sigaba (AQSh), Typex (Buyuk Britaniya), Red,
18
Orangle va Purple (Yaponiya) kabi qurilmalar ham amaliyotda keng qo‘llanildi.
Rotorli tizimlar - formal kriptografiyaning cho‘qqisi edi.
Bunda juda chidamli
shifrlar oson amalga oshirilgan edi. Rotorli tizimlarga 40-yillarda EHM laming
paydo bo‘lishi bilan muvaffaqqiyatli kriptografik hujum qilish imkoni paydo
bo‘ldi.
Dostları ilə paylaş: