Ii-bob germaniyada reformatsiya va lyuter faoliyati



Yüklə 484 Kb.
səhifə7/9
tarix18.05.2023
ölçüsü484 Kb.
#116648
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Germaniyada reformatsiya

Reformatsiya (lotinchareformatio oʻzgartirish, isloh qilish) — 16-asrda Gʻarbiy va Markaziy Yevropada tarqalgan ijtimoiy harakat. Asosan, zamindorlarga qarshi harakterda boʻlib, katolik cherkovi (zamindorlarning asosiy gʻoyaviy tayanchi)ga qarshi kurash tu sini oldi. 1517-yil Germaniya da M. Lyuterning katolik cherkoviga qarshi chiqishi bilan boshlangan. Protestantizm mafkurachilari katolik cherkovi, uning iyerarxiyasi va umuman ruxrniylarning zarurligi amalda inkor qilingan gʻoyalarni ilgari surdilar; katoliklarning Muqaddas rivoyati rad qilindi, cherkovning yer boyliklari va boshqalarga boʻlgan huquklari inkor etildi. Protestantizmning asosiy oqimlari: byurger oqimi (LyuterJ. Kalvin, U. Svingli); katolik cherkovini yoʻqotish talabini tenglik urnatish uchun kurash bilan bogʻlagan xalq oqimi (T. Myunser, anabaptistlar); uz hokimiyatini mustahkamlash va cherkovga tegishli yerlarni tortib olishga intilgan, dunyoviy hokimiyat manfaatlarini ifodalovchi qirolknyazlik oqimi. Protestantizmning gʻoyaviy bayrogʻi ostida 1524—26 yillarda Germaniyada Dehqonlar urushi, Niderlandiya va Angliya inqiloblari boʻlib utdi. Protestantizm protestantizmta asos soldi (Protestantizm tor maʼnoda — protestantizm ruhida diniy islohotlar utkazish
Reformatsiya –lotincha so‘z «reformatiyon» bo‘lib, qayta tuzish ma’nosini bildiradi. Bu g‘arbiy, markaziy Ovropada tipik jamoatchilik harakatidir. Bu harakat XVI asrda antifeodal xarakterga ega bo‘lib, katolik cherkoviga qarshi kurash shaklida o‘tadi. Reformatsiya Germaniyada Lyuterning chiqishi bilan boshlanadi. Reformatsiyaning g‘oyasi katolik cherkovini va undagi ruhiy kuchlarni yo’qotish haqidagi tezisni ilgari suradi. Diniy haqiqat yagona manba sifatida avliyo yozuvida e’lon qilinadi.
Reformatsiyaning asosiy yo’nalishlari:
1) Byurgerchilik va burjua oqimining tarafdori cherkovini yo‘q qilish talabini birlashtiradi, hamda feodal ekspluatatsiyani yo‘q qilish g‘oyasini oldinga suradi, bu bilan ular tenglikni yuzaga keltirishga harakat qiladilar, bunday yo‘nalishlar xalq yo‘nalishi deb nom oladi; 2) Bu yo‘nalishni yana bir o’ziga xos xususiyati shundaki, ular qirollar, knyazlar, monaxlar va dindorlarning manfatini ko‘zlab cherkov yerlarini tortib olishni o’z oldiga maqsad qilib qo‘yadilar.
Shunday qilib, nemis milliy tilining tashkil topishi tarixida reformatsiya davri, dehqonlarning urushi (1524-1525), va Germaniyada o‘sha davrlarda sodir bo‘layotgan ba’zi bir siyosiy harakatlarning ta’siri katta axamyatga ega bo‘lgan.
Reformatsiya Germaniyada o‘sha davr uchun xarakterli bo‘lgan diniy shakldagi umumiy siyosiy masalalarni keng xalq ommasining jonli tortishuviga, ya’ni muhokamasiga aylantirishda, jamiyatning hamma tabaqalarini qo‘zg‘atishda revolyutsion xarakterdagi buyuk sotsial kuch bo‘lib hisoblanadi. Bu davrda nemis tili birinchi marta siyosiy kurash quroli, targ‘ibot tili bo‘lib qoladi. Masalan, tabiiy fanlar olimi, Paratselsa 1526-1528 yillarda Bazel universitetida tibbiyot sohasida nemis tilida ma’ruza o‘qigani uchun universitetdan haydaladi.
Dastlabki kapitalistik rivojlanish davriga kelib bilimga bo‘lgan intilish yanada kuchayadi, ma’lumotli kishilarga bo‘lgan zarurat yanada oshadi, natijada XVI-asrdan boshlab nemis tili o‘zini hukumronlik pozitsiyasini egallay boshlaydi.
Maktablarda lotin tili siqib chiqarila boshlanadi, uning o‘rnini to‘lig’icha nemis tili egallaydi. Bu davrga kelib keng ommaga tushunarli bo‘lishiga intilib, Gutten va Reyhlin kabi gumanist olimlar o’z asarlarini nemis tilida yozishga harakat qiladilar.
XVI asrdan boshlab grek alfaviti o‘rniga nemis tilidagi matnlarni bosish uchun lotin alfaviti qo‘llanila boshlanadi. O‘sha davrda iqtisodiy jihatdan ravnaq topgan Saksoniya reformatsiyaning o'chog'iga aylanadi. Savdo, hunarmandchilikning rivojlanishi bilan Galle, Leyptsig va boshqa shaharlarning madaniy-ma’rifiy markaz sifatida roli oshadi8.
Reformatsiyaning Tyuringiyadagi eyslebenlik Vittenberg universitetining professori Martin Lyuter boshqaradi. (1483-1554). (1817 yildan boshlab ushbu universitet Martin Lyuter nomi bilan ataladi).
Nemis tilining asosini yaratishda Marin Lyuter tomonidan 1522-1534 yillarda tarjima qilingan «Bibliya» (yahudiy va xristiyanlarning muqqadas kitobi) muhim rol o‘ynaydi. Lyuter bibliyani tarjima qilgan yolg‘iz tarjimon emas. 1461 yildan to 1520 yillargacha bibliya 14 marta yuqori nemis tiliga va 4 marta quyi nemis tiliga tarjima qilingan. Lyuter bibliyaning tarjimasi jaroyonida quruq dabdabali usullardan voz kechib, devonxona usullariga tayanadi: U ko‘pincha Saksoniya devonxonasida saqlangan hujjatlar uslubiga yondoshgan, shu sababli u bu to‘g‘risida shunday yozgan: «Mening maxsus nemis tilim y'o‘q. Men umumiy nemis tilidan foydalanganman. Meni janublik ham, shimollik ham bir xil tushunsin. Men Saksoniya devonxonasi tilida gaplashaman».


  1. Yüklə 484 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin