Ii-bob. Komputerlarning texnik ta’minoti. 2-ma’ruza Mavzu: Kompyuterlarning texnik tarkibi, asosiy va qo’shimcha qurilmalari Reja



Yüklə 0,67 Mb.
səhifə31/38
tarix10.05.2022
ölçüsü0,67 Mb.
#56958
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   38
Kompyuterning qushimcha qurilmalar 1-semestr

Operatsion sistema tushunchasi

Operatsion sistema-kompyuter ishga tushirilishi bilan yuklanuvchi shunday bir dasturki, bu dastur foydalanuvchiga EHM bilan muloqot qilish vositasi bo'lib xizmat qiladi, uning barcha qurilmalari ishini boshqarish imkonini beradi.

Operatsion sistema yordamida tezkor xotiradan foydalanish, disklardagi axborotlarni o'qish yoki axborotlarni disklarga yoyish, amaliy dasturlarni ishga tushirish va shu kabi turli ishlarni amalga oshirish mumkin. Operatsion sistemaga ehtiyoj borligining asosiy sababi- undagi dasturlarsiz bu kabi ishlarni bajarish uchun quyi bosqichdagi yuzlab yoki minglab elementar amallarni bajarishga to'g'ri keladi.

Operatsion sistemaning asosiy vazifasi-foydalanuvchini uning bajarishi va umuman bilishi ham kerak bo'lmagan ana shu zerikarli hamda juda murakkab ishlardan xolis etish, kompyuter bilan muloqot qilishda qulayliklar yaratishdir. Bundan tashqari, operatsion sistema fayllarni ko'chirish yoki bosmaga chiqarish, kerakli dasturlarni tezkor xotiraga yuklab ishga tushirish va boshqaruvni ularga uzatish, operativ xotirani dastur ishi so'ngida bo'shatib, boshqaruvni yana o'ziga olish kabi ishlarni ham bajaradi.




Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin