Buyruqlar tili prosessori. Har qanday operasion sistema o’zining buyruqlar tiliga ega bo’lib, ular yordamida foydalanuvchi u yoki bu turdagi amallarni ifoda qiladi. Foydalanuvchi buyruqlar tilida tuzilgan dasturini tahlil qilishni va bajarishni uchun operasion sistema tarkibiga kirgan maxsus dasturlar – buyruqlar tili prosessori orqali amalga oshiradi.
Buyruqlar tili prosessori – foydalanuvchi bilan kompyuter o’rtasida muloqot o’rnatuvchi maxsus dasturdir. Buyruqlar tili prosessori alohida buyruqlardan tashqari, foydalanuvchi tomonidan ilgari tuzilgan ancha murakkab ko’rinishdagi buyruqlar ketma-ketligini ham tahlil qiladi va bajaradi.