2. WINDOWS operatsion sistemasining grafik interfeysi
1. Grafik interfeys ishini tashkil etish jihatlari.
Ob'ektning belgilanishi-ob'ekt nomi va nishoni. WINDOWS ekrani elementlari; ishchi stoli, masalalar paneli, "Ishga tushirish" paneli.
Ishchi stoli-bu ekranning asosiy qismi, unda fayl va papkalar kabi muhim ob'ektlar joylashgan.
1-rasm. Windows ishchi stoli.
"Мой компьютер", "Сетевое окружение", "Карзина", "Internet", "Мои документы" ish stolidagi asosiy ob'ektlar bilan tanishib chiqamiz. Masalan: "Мой компьютер"-tashqi xotira qurilmasi bilan ishlash (disk va diskyurituvchilar bilan) hamda kompyuter parametrlarini sozlash imkonini beradi.
"Сетевое окружение"-bu lokal hisoblash tarmog'iga ulangan kompyuterlar bilan ishlash, shu bilan birga o'zaro axborot uzatishga ko'maklashadi.
"Карзина"- o'chirilgan ob'ektlarni saqlash uchun maxsus papka.
"Internet" (Internet Explorer)-Internet global axborot tarmoqlari ishi uchun dasturlar.
Kontekst menyu-belgilangan ob'ekt ustida bajarilishi mumkin bo'lgan harakatlar ro'yxati.
Har qanday ob'ektning kontekst menyusini chaqirish uchun klaviatura maxsus tugmachasi yoki "sichqoncha"ning o'ng tugmasini bosish kifoya.
Ishchi stolining kontekst menyusini chaqirish "sichqoncha"ning o'ng tugmasini stol tekisligida harakatlantirmoq bilan amalga oshiriladi.
Ishchi stoli kontekst menyusi buyruqlari tafsiloti:
-tartiblash (ishchi stolida nom, tur, o'lchov, sana, avtomatik tartiblashni o'rnatish bilan saralash);
-belgini o'rnatish (tasodifan surilib qolgan belgilarni o'zaro teng oraliqqa qo'yish);
-hosil qilish (ishchi stolida fayl va papkalar hosil qilish);
-xususiyat (ishchi stoli parametrlarini sozlash).
Ob'ektning kontekst menyusini chaqirish- "sichqoncha"ning o'ng tugmasini belgi bo'yicha qimirlatish bilan amalga oshadi.
Ob'ektning kontekst menyusi va asosiy buyruqlarining tafsiloti:
-ochish (ob'ektni ochish);
-nusxalash (ob'ektni nusxalash yoki ko'chirish uchun kompyuter xotirasining maxsus bo'lagi);
-qirqish (ob'ektni navbatdagi ko'chirish uchun buferda saqlash);
-qayta nomlash (ob'ekt nomini o'zgartirish);
-chetlatish ("Savatcha"ga ob'ektni tushirish);
-xususiyat (ob'ekt xususiyati parametrlarini ko'rish va o'zgartirish).
Dostları ilə paylaş: |