2. „Завершение работы“ buyruqlari.
Ushbu dasturni ishlatish uchun „Пуск“ menyudan „Завершение работы“ buyrug'i tanlanadi.
„Завершение работы“ buyrug'i oynasida ishni tugallashning to'rt rejimi bor:
-kompyuterni o'chirish-kompyuter ishini to'liq yakunlash, foydalanuvchi ish-layotgan hamma ob'ektlarni yopish;
-kompyuterni qayta yuklash -oynalarning operatsion sistemasi bilan saqlangan xolda qayta yuklash;
-MS DOS rejimidan maxsus OS MS DOS rejimiga o'tish;
-sistemaga boshqa nom bilan o'tish-OSga boshqa foydalanuvchining o'z nomi bilan kirishi.
Ishni tugatish uchun „Да“, uni bekor qilish uchun „Нет“ tugmasi bosiladi.
Masalalar panelining „Пуск“ menyusi. „Панел задач“ ning vazifalari va ularni sozlash.
„Панел задач“da quyidagi asosiy elementlar joylashgan:
- “Пуск“menyu;
- klaviatura alfavitining (RuG'En) indikatori;
- soat indikatori.
Ishchi stolida fayl, papka, dasturlar oynasini ochganda ochiq ob'ektlar ro'yxati shakllanadi. Kontekst menyu quyidagi buyruqlarni o'z ichiga oladi: (oldindan ishchi stolida biron-bir ob'ektning oynasini ochib ko'ring)
- Kaskadlar-ishchi stolidagi ketma-ket o'rnatilgan oynalar;
- Yuqoridan pastga - ishchi stolidagi ustma-ust o'rnatilgan oynalar;
- o'ngdan-chapga -ishchi stolidagi chapdan o'ngga o'rnatilgan oyna.
Oynalarni tiklash uchun masalalar panelida "sichqoncha"ning o'ng tugmasini bosish kerak.
„Свойства“menyusi ikki xatcho'pdan iborat:
a) masalalar paneli parametrlari;
b) „Пуск“menyu.
Birinchi xatcho'p quyidagi parametrlarni kiritish imkonini beradi:
- hamma oynaning yuqorisini o'rnatish;
- bosh menyudagi kichkina belgilarni ekrandan avtomatik yo'qotish;
- soatlar-masalalar panelidan soatlar indikatorini yo'qotish.
Kerakli parametrni o'rnatish uchun "sichqoncha"ni oynaning parametr nomi bo'ylab chap tugmasini bosish kerak, so'ng OKni "sichqoncha" yordamida ishga tushirish kerak.
Yangi dasturni qo'shish uchun ekrandagi yo'riqnomadan foydalanish lozim. Dasturni yo'qotish uchun esa "yo'qotish" tugmasidan foydalaniladi.
„Документы“lar menyusini tozalash uchun "tozalash", so'ng OK dan foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: |